|
Sinf rahbarining asosiy vazifalari
|
bet | 3/50 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 9,33 Mb. | | #273422 |
Bog'liq 7-Sinf soati ish reja va konspekti 2024 -2025-yilFaoliyat yo’nalishlari
Vatanparvarlik ruhida arbiyalash
o’quvchilarni Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash
o’quvchilar ongiga buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi
bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirish
sinfda o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish
topa oladigan shaxs sifatida shakllanishlari uchun zarur ko’nikmalarni
rivojlantirish
o’quvchilarni o’zbek va boshqa xalqlarning madaniy, milliy an’analariga humat ruhida tarbiyalash
Ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik
barkamol avlodni tarbiyalashda "Oila - mahalla - ta’lim muassasasi" hamkorligidagi jamoat kengashi faoliyatini keng tatbiq etish
o’quvchilarni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilash
o’quvchilarning ta’lim muassasasiga belgilangan maktab formasida kelishlarini nazorat qilish
o’quvchilarning kundalik.com elektron platformasidan foydalanishini nazorat va tahlil qilish, o’quv qurollarining mavjudligi va to’g’ri tartibli saqlashlarini kuzatib borish, natijalarini ota-onalar bilan muhokama qilish
o’quvchilarning turli salbiy diniy oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, ularda bu borada immunitet shakllanishi uchun targ’ibot ishlarini olib borish
ota-onalar bilan hamkorlikda ota-onalar majlislari, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish
darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlashda ularning ota-onalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishvahuquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilish
O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish:
o’quvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlariga qarab fan
to’garaklari, sport seksiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o’lkashunoslik yo’nalishidagi to’garaklarga, klublarga jalb qilish
qobiliyatli va iste’dodli o’quvchilarni rag’batlantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko’maklashish
milliy madaniyatning asosi bo’lgan musiqa va qo’shiq, kino, adabiyot, xalq og’zaki ijodi, teatr, naqqoshlik va me’morchilik kabi xalq amaliy san’ati turlari vositasida o’quvchilar dunyoqarashini kengaytirish
o’quvchilarni yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, kuzgi, qishki va bahorgi ta’til kunlarini mazmunli o’tkazishi uchun ota-onalar bilan hamkorlikda sharoit yaratish
turli (bayramlar, ko’rik-tanlov, sport musobaqalari, uchrashuvlar, kechalar va boshqalar] ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda sinf o’quvchilarining faol ishtirokini ta’minlash
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab
|
| |