32-mavzu: Mening ko’makdoshlarim
I. Kirish:
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, kelajakda o’z orzulari
Sinf soati mashg’ulotning maqsadi: O’quvchilarga oilaviy qadriyatlar oilaning ma’naviy iqlimi deganda nimani tushunishi,oila sha’nini, uning obro’-e’tiborini saqlash oila a’zolaridan nimalarni talab etishi,oilaviy muhitning sog’lomligi nimalarga va kimlarga bog’liq ekanligi haqida tushunchalar berish
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Mashg’ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg’ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko’rgazmali va boshqalar.
Mashg’ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko’rsam tezroq o’rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg’ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko’rgazmalar va tarqatma materiallar, o’quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg’ulotning borishi:
Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
Uyga vazifani so’rash: a) Savol – javob o’tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
II. Asosiy qism:
Hurmatli o’quvchi, insonning shakllanishi, hayotda o’z o’rnini topishi, el-yurt hurmatiga sazovor bo’lishida u voyaga yetadigan oila muhiti hal qiluvchi rol o’ynaydi. Chunki oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy qadriyatlar saqlanadi va rivojlantiriladi. Har bir oila ahil va totuv bo’lsa, demakki, jamiyatda ham tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, yurtda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Chunki oilani bekorga jamiyatning kichik ko’rinishi demaydilar. Xuddi jamiyatda bo’lgani singari unda ham o’zining boshlig’i, shuningdek, uning izmi va ko’rsatmalari bilan u yoxud bu ishni bajaruvchi a’zolari bo’ladi. Dono, tadbirkor, uzoqni ko’ra biladigan rahbardan jamiyat taraqqiyotini boshqarish talab etilsa, oila kattalari ham o’z uyining tinchligi, farovonligi, farzandlar kamoliga shunchalik mas’uldirlar.Oilada inson tarbiyasiga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo’lgan barcha insoniy jihat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi.
Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo’l qo’ymaslik uchun avvalo har qaysi xonadondagi ma’naviy iqlimni o’zaro hurmat, axloq-odob, insoniy munosabatlar asosida qurish ayni muddao bo’lur edi.Sohibqiron bobomiz Amir Temur o’g’il uylantirishda kelin tanlashdan tortib farzandlarni tarbiya qilishgacha bo’lgan jarayon-larga shaxsan o’zi jiddiy e’tibor bergani bejiz emas, albatta. «Taassufki, ba’zi ota-onalar o’z farzandining qiziqishi va intilishlariga, uning ong-u tafakkurida har kuni bir o’zgarish ro’y berib, ko’zida yangi-yangi savollar paydo bo’layotganiga ahamiyat bermaydi.
|