|
Sinxron motorning ish xarakteristikalari
|
bet | 3/4 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #157369 |
Bog'liq ELMASH M1Sinxron motorning ish xarakteristikalari
=const, =const va =const bo’lganda sinxron motorning validagi foydali moment , elektr tarmog’dan iste'mol qiladigan quvvati , stator chulg‘amining toki , FIK, ̴ή va quvvat koeffitsienti соsφ larning motor validagi foydali quvvatga bog’liq holda o‘zgarishi, ya’ni , P, I, ή, соsφ=f() bog’liqlikka sinxron motorning ish xarakteristikalari deyiladi. Bu xarakteristikalar valdagi yuk ni noldan nominalgacha o'zgartirib tekshiriladi (24.4-rasm)
Motorning aylanish chastotasi n stator chulg‘amidagi lok chastotasi o‘zgarmas bo‘lganda n==60-f/p= const bo‘lgani uchun n=f) bog‘liqlik absissalar o ‘qiga parallel bo’lgan to‘g'ri chiziqli ko‘rinishga ega bo'ladi. = f) bog’lanish yuqoriga biroz egilgan ko‘rinishda bo‘ladi, chunki quvvat yakor tokining kvadrati ()ga mutanosib bo‘ladi. = f) bog’lanish P, ning oshishi bilan o ‘sadi, chunki FIKning yuklamaga nisbatan o‘zgarishi ή= f) hamma elektr mashinalari uchun umumiy xarakterga ega, ya’ni sinxron motorning o ‘zgaruvchan va o ‘zgarmas isroflari teng bo‘lganda FIK maksimal qiymatga erishadi. Bu qiymatdan chap tomonida magnit isroflari elektr isroflardan katta bo‘lib, o'ng tomonida esa stator chulg‘amidagi elektr isroflar magnit isroflardan ko‘p bo‘ladi. Sinxron motorlarning asinxron motorlarga nisbatan afzalliklari va kamchiliklariga quyidagilar kiradi.
Afzalliklari:
Sinxron motorning cosφ=1 da ishlay olishi tarmoqning quvvat koeffitsientini yaxshilaydi; motorning o‘lchamlari kichiklashadi, chunki sinxron motorning toki shunday quvvatli asinxron motornikiga nisbatan kamligi motorning o'lchamlarini qisqartirishga imkon yaratadi; sinxron motor maksimal momentining kuchlanishga to‘g‘ri mutanosibligi tufayli mazkur motor kuchlanishning o‘zgarishini kam sezadi; valdagi yuklamaning me’yoriy qiymatlarida qanday bo‘lishidan qat’iy nazar sinxron motorning aylanish chastotasi o‘zgarmas bo‘ladi.
Kamchiliklari:
Konstruksiyasining murakkabligi; ishga tushirishning va aylanish chastotasini rostlashning murakkabligi; qo‘zg‘atish chulg‘amini o‘zgarmas lok bilan la'minlash uchun qo'zg'atgich yoki boshqa qurilmalarning talab etilishi; asinxron motorga nisbatan narxining qimmatligi; cho‘tka-halqa qismining mavjudligi tufayli ishonchlilikning nisbatan kamligi ularning kamchiliklari hisoblanadi.
|
| |