|
Sinxron kompensator va uning elektr ta’minoti sistemasida quvvat koeffitsienti ni yaxshilashi
|
bet | 4/4 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #157369 |
Bog'liq ELMASH M1Sinxron kompensator va uning elektr ta’minoti sistemasida quvvat koeffitsienti ni yaxshilashi
Sinxron kompensator elektr ta'minoti sistemasida reaktiv quvvatni rostlovchi sinxron mashina bo'lib, u asosan asinxron motorlar va transformatorlar tarmoqdan oladigan reaktiv quvvatni kompensatsiyalash uchun xizmat qiladi. Valida mexanik yuklamasi bo‘lmagan salt ishlayotgan sinxron motorga sinxron kompensator deyiladi. Uning qo’zg‘atish toki nominal qiymatdan katta bo’lganda elektr tarmog‘iga kuchlanishdan oldinda keluvchi reaktiv tok beradi va elektr tarm og‘ining quwat koeffiisienti coscp ni oshiradi (24.6-rasm). Elektr energiyasi uzoq masofaga uzatilganda elektr uzatish liniyasida induktiv yuklama katta bo‘lganligi uchun liniya oxirida kuchlanish ancha pasayadi, yuklama kamayganda esa liniyaning sig‘im qarshiligi ta'sirida kuchlanish nominal qiymatdan ancha katta bo’ladi.
Liniyaning yuklamasi katta boMganda sinxron kompensator kattaroq qo‘zg’atish toki bilan, yuklama kamayganda esa kichikroq qo‘zg‘atish toki bilan ishlab elektr tarmog’ining oxirida kuchlanishni =const bo’lishini ta'minlaydi. Bunda qo‘zg‘atish toki avtomatik usulda rostlab turiladi. Demak, sinxron konpensatorlar kuchlanishning o‘zgarmas holda qolishini ta’minlash uchun ham ishlatilar ekan. Bunda tarmoqdan o‘tuvchi reakliv tokning qiymati kamayadi, bu esa quvvat isrofini kamaytiradi.
Sinxron kompensator induktiv (orqada qoluvchi) lokining eng katta qiymati qo‘zg'alish toki nolga teng bo‘lganga to‘g‘ri keladi, sig’imiy (oldinda keluvchi) tokining me’yoriy qiymati kom pensator aktiv qismlarining qizishi bilan chegaralanadi. Odatda, oldinda keluvchi tokning keyinda keluvchi tokka nisbati 1,5÷2bo'ladi. Kompensatorning quvvati eng katta oldinda keluvchi tok bilan aniqlanadi. Sinxron kompensatorlarda θ burchagi nolga yaqin bo‘ladi, rotorlari ayon qutbli, aylanish chastotasi esa 750-1000 ayl/min bo‘ladi. Sinxron kompensatorlarda ham sinxron motorlarga o‘xshagan ishga tushirish chulg‘ami bo‘lib, u qutblar uchida joylashgan bo’ladi va asinxron usulda ishga tushiriladi. Yuklama momenti nolga teng bo‘lgani uchun sinxron kompensalorlarning ishga tushirilishi yengil kechadi.
Sinxron kompensatorning U-simon xarakteristikasi asosiy ish xarakteristikasi hisoblanadi. Bu xarakteristika sinxron motorning R=0 dagi U-simon xarakteristikasi kabi bo‘ladi-yu, lekin uning minimum nuqtasidagi tokning aktiv tashkil etuvchisi 24.3-rasmdagiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Bunga sabab, rotor konstruksiyasining sinxron motornikidan quyidagilar bilan farqidir, ya'ni: valining yuklama ulash uchun chiqib turadigan qismi bo‘lmasligi, undan tashqari, valning diametri nisbatan kamroq qilib tayyorlanishi; sinxron kompensatordan o‘ta yuklanish qobiliyati talab qilinmaganligidan uning maksimal momenti ni havo oraligini kamaytirish hisobiga pasaytirilishi (bunda Xj oshadi), bu esa, qo‘zg‘atish chulg‘ami o’lchamlarini kamaytirishga imkon beradi. Bularning hammasi sinxron kompensator gabaritlarini kamaytirishga olib keladi.
Sinxron kompensator ishlab chiqaradigan reaktiv quvvatining qiymati qo‘zg‘atish tokiga bog‘liq bo‘ladi. O'ta qo‘zg‘atish rejimida ishlayotgan kompensator tarmoq kuchlanishidan oldinda keluvchi tok bilan ishlab, tarmoqqa reaktiv quvvatni beradi. Chala qo‘zg‘atisli rejimida esa esa tarmoq kuchlanishidan orqada qoluvchi tok bilan ishlab, tarmoqdan reaktiv quvvatni iste'mol qiladi. Liniyaning quvvat koeffitsiyenti ni oshirish uchun sinxron kompensator o‘ta qo‘zg‘atish rejimida ishlashi kerak. Oo‘zg‘atish toki shunday rostlanishi kerakki, bunda yakor toki I, tarmoq kuchlanishi U, dan 90° oldinda kelishi va yuklama toki ning reaktiv tashkil etuvchisi ga teng bolishi kerak, natijada tarmoq faqat yuklama tokining aktiv tashkil etuvchisi bilan yuklanadi, ya’ni . Tarmoq kuchlanishini =const qilib turish uchun, sinxron kompensatorning EYK bo’lishi lozim. Agar tarmoq kuchlanishi sinxron kompensator ulangan joyda nominal qiymatidan katta, ya’ni bo'lsa, u holda sinxron kompensator tarmoqni orqada qoluvchi reaktiv tok bilan yuklaydi. Sinxron kompensatorning quw ati katta bo‘lsa, tarm oq kuchlanishining tebranishi 0,5÷1% dan oshmaydi. Sinxron kompensatorlar asosan ayon qutbli mashina bo‘lib, quwati 2,8 MV*A dan 160 MV*A gacha, aylanish chasiotasi esa 750ayl/min yoki lOGO ayl/min bo‘ladi. T a’kidlash lozimki, so'nggi vaqtlarda M DH mamlakatlarida (Rossiya, Ukraina) rotorining konstruksiyasi noayon qutbli sinxron mashina (turbogenerator) asosida quwati 320 MV*A bo‘lgan bo‘ylama-ko‘ndalang qo‘zg‘atishli kompensator ishlab chiqilgan va samarali ishlatilmoqda
Xulosa qilib aytganda sinxron motorning tuzilishi umumiy holda sinxron generatorniki kabi bo‘lishiga qaramasdan, uning konstruksiyasida ayrim farqlar mavjud ekan. Sinxron motorlar asosan ayon qutbli qilib tayyorlanadi; havo oralig’i generatornikiga nisbatan kamroq qilinadi. Sinxron motorlar katta quvvatli nasoslarda, ventilatorlarda, havo haydagichlarda, kompressorlarda. sharli tegirmonlarda, prokat stanlarida va un tayyorlash tegirmonlarida foydalanish mumkin. Valida mexanik yuklamasi bo‘lmagan salt ishlayotgan sinxron motorga sinxron kompensator deyiladi. Sinxron kompensator ishlab chiqaradigan reaktiv quvvatining qiymati qo‘zg‘atish tokiga bog‘liq bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Hoshimov 0.0., Imomnazorov A .T Elektr yuritma asoslari. 1- qism
- Salimov J.S., Pirmatov N. D. Elektr mashinalari. Kasb-hunar kollejiari uchun o’quv qo'llanma
- J. S. Salimov, N. B. Pirmatov «Elektr Mashinalari”
|
| |