|
Smeta tuzish. Reja
|
bet | 4/15 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 62,21 Kb. | | #102538 |
Bog'liq Smeta tuzish.Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-oktabr,
92-son
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 92-son buyrug‘iga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda), “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 453-modda) qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 560-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-iyuldagi 358-son “Davlat budjeti hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi, 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1999-y., 9-son, 51-modda), 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 22-son, 223-modda), 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 52-son, 523-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) budjetdan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasini va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek shtatlar jadvalini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
|
| |