Smeta tuzish. Reja




Download 62,21 Kb.
bet7/15
Sana21.11.2023
Hajmi62,21 Kb.
#102538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Smeta tuzish.

(231-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda)
2-§. Xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish
24. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari, bo‘limlari va xarajatlar smetalarini tasdiqlash huquqiga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ularga yetkazilgan ajratilgan mablag‘lar hajmlari, belgilangan tartibda rejalashtirilgan yil uchun tasdiqlangan Davlat budjeti parametrlari doirasida o‘z qaramog‘idagi tashkilotlarning kelib tushgan xarajatlar smetalarini sinchiklab ko‘rib chiqishni ta’minlaydilar.
25. Tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetalari zarur hollarda tegishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Bunda, xarajatlar smetalarini ko‘rib chiquvchi tashkilotlar quyidagilarga majbur:
qonunchilik talablariga, shuningdek kelgusi yil smetalarini tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishni ta’minlash;
iqtisod qilish tartibiga amal qilgan holda xarajatlar smetalarida talab etilmaydigan tadbirlar uchun mablag‘lar ajratishga yo‘l qo‘ymaslik;
alohida tadbirlarni o‘tkazish muddatlari va ularni moliyalashtirish imkonini ta’minlashni hisobga olgan holda xarajatlar smetasi bo‘yicha ajratilgan mablag‘larni chorak (oy)larga taqsimlashni ta’minlash;
hisob-kitoblar va asoslantirishlar bilan tasdiqlanmagan summalarni xarajatlar smetalarida qabul qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
26. Agar tashkilotlarning xarajatlar smetalarini ko‘rib chiqish natijasida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirligi, idorasi bo‘yicha, hokimiyatning boshqarma, bo‘limi bo‘yicha jami xarajatlar summasi yoki ish haqi, ish haqiga ajratmalar, kapital qo‘yilmalar va xarajatlarning boshqa turlari bo‘yicha xarajatlar summasi qabul qilingan budjet va tegishli moliya organlari tomonidan ularga yetkazilganiga nisbatan ortiq bo‘lsa, vazirlik, idora, hokimiyatning boshqarma va bo‘limi rahbari alohida tashkilotlarning xarajatlar smetalari bo‘yicha xarajatlarini tegishincha qisqartirishi lozim.
27. O‘z qaramog‘idagi tashkilotlarning xarajatlar smetalarini, markazlashtirilgan xarajatlar uchun xarajatlar smetalari va vazirliklar, idoralar, hokimiyatning boshqarma va bo‘limini saqlash uchun xarajatlar smetalarini ko‘rib chiqqandan keyin O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari jismoniy ko‘rsatkichlar (sinflar, koykalar miqdori, xodimlar soni va shu kabilar) bo‘yicha jamlanma hisob-kitoblarning ilovasi bilan birga Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq bo‘lim, kichik bo‘lim, bob va moddalar kesimida jamlanma xarajatlar smetalarini tuzadilar.
28. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari tashkilotlarning smetalari bo‘yicha ishlarni yakunlashi bilan O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirliklariga va tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimiyatlar tomonidan belgilangan muddatlarga kelgusi yil budjeti bo‘yicha quyidagi materiallarni taqdim etadilar:
barcha smetalar bo‘yicha xarajatlar yig‘indisini budjet tasnifining bo‘limlari, kichik bo‘limlari, boblari va xarajat moddalari hamda yilning choraklari (oylari) bo‘yicha bo‘lingan holatda;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shaklga muvofiq tashkilotlar kesimida setlar, shtatlar va kontingentlar bo‘yicha umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar.
Bir vaqtni o‘zida, moliya organining talabiga asosan alohida tashkilotlar bo‘yicha tekshirish va tanishib chiqish uchun, keyinchalik moliya organi qaytarib beradigan xarajatlar smetasiga ilovalar va hisob-kitoblar taqdim etiladi.
29. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari taqdim etilgan materiallarni jamlangan xarajatlar smetasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasdiqlanayotganda belgilanadigan umumiy xarajatlar hajmiga, belgilangan ish haqi, ish beruvchining ajratmalari, kapital qo‘yilmalar va boshqa xarajatlar turlari bo‘yicha amal qilinganligini, shuningdek Davlat budjetini tuzish bo‘yicha qonunchilik talablarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiradilar.
Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda moliya organlari vazirliklar, idoralar, hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlariga, tasarruflaridagi muassasalarning smetalari bo‘yicha xarajatlarini qisqartirishni taklif qiladilar.
Vazirliklar, idoralar, hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan norozilik yuzaga kelsa, umumlashtirilgan smetalarga aniqlik kiritish masalasi bo‘ysunuviga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki tegishli hokimiyatlar tomonidan hal etiladi.
30. Umumlashtirilgan smetalar tekshirilganidan va zarur bo‘lgan hollarda ularga o‘zgartirishlar kiritilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tashkilotlarga umumlashtirilgan smetalarning tegishli budjetga kiritilgani haqida xabar beradilar va ayrim tashkilotlar bo‘yicha tekshirishga olingan xarajatlar smetalarini qaytarib beradilar.
31. Tumanlar, shaharlar (shaharga bo‘ysunadigan tumanlar) tegishli hokimiyatlarining boshqarmalari va bo‘limlari shu budjetlarda turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetalarini mazkur Nizomda ko‘rsatilgan tartibda ko‘rib chiqadilar va mablag‘larni tuman, shahar budjetiga taqsimlangandan so‘ng tuman va shahar moliya bo‘limi xabar qilgan summalar doirasida xarajatlarni qabul qiladilar.

Download 62,21 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 62,21 Kb.