• IV. Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash
  • III. Vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash




    Download 62,21 Kb.
    bet10/15
    Sana21.11.2023
    Hajmi62,21 Kb.
    #102538
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Smeta tuzish.

    III. Vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash
    43. Tashkilotlar vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash oylar kesimida birinchi chorakdan oshmagan davr uchun amalga oshiriladi. Bunda, har oylik xarajatlar, qoida tariqasida, moliya yilining boshlanishida amalga oshirilishi rejalashtirilmaydigan xarajatlar summasini hisobga olgan holda, o‘tgan moliya yilining oxirgi choragi budjet mablag‘larining uchdan bir qismidan oshib ketmasligi shart.
    44. Vaqtinchalik xarajatlar smetasida o‘tgan moliya yilida amalga oshirilmagan budjet xarajatlari ko‘zda tutilmaydi.
    45. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi xarajatlar smetasi tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi, bunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi birinchi chorak uchun xarajatlar summasi tashkilotlarning vaqtinchalik xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan xarajatlar summasidan kam bo‘lishi mumkin emas.
    IV. Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash
    46. Tashkilotlar ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetani har yili tuzadilar va tasdiqlaydilar. Bunda, tashkilotlar budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarini va xarajatlarini rejalashtirishni qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
    47. Tashkilotlar quyidagi budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzadilar:
    Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi;
    Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi;
    ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushumlar;
    qonunchilikda belgilangan boshqa barcha budjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar.
    Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bundan mustasno, smetalar tegishli moliya organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
    48. Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tashkilotlarning xarajatlar smetasi uchun mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetada budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarining hajmi va ushbu mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
    Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarning daromad qismiga budjetdan tashqari mablag‘larning qonunchilikka muvofiq barcha shakllanish manbalari bo‘yicha kutilayotgan mablag‘lar tushumi va moliya yilining boshiga mablag‘lar qoldig‘i kiritiladi.
    Qonunchilikka muvofiq budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar hisobidan xodimlar birliklari saqlangan hollarda, smetaga mazkur Nizomning III bobida ko‘rsatilgan tartibda tuzilgan shtatlar jadvali ilova qilinadi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkaziladigan budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bilan birga shtatlar jadvali ham ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilinadi.

    Download 62,21 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 62,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash

    Download 62,21 Kb.