V. Tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish




Download 62,21 Kb.
bet11/15
Sana21.11.2023
Hajmi62,21 Kb.
#102538
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Smeta tuzish.

V. Tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish
1-§. Umumiy qoidalar
49. Tashkilotlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali, shuningdek amaldagi xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o‘zgartirishlar ular moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng amalga kiritiladi.
50. Tashkilotlarning tasdiqlangan smetasi va shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish moliya yilining 1-apreligacha tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(50-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda)
Moliya organlarining rahbarlari, qaramog‘ida quyi tashkilotlari bor bo‘lgan yuqori tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda, har bir tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini belgilangan muddatda ro‘yxatga olishni butunlay tugatishni hisobga olgan holda belgilaydilar.
51. Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta va vaqtinchalik xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagicha amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti tasarrufidagi tashkilotlar — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti tasarrufidagi tashkilotlar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarida;
shaharlar va tumanlar budjeti tasarrufidagi tashkilotlar — shaharlar va tumanlar moliya bo‘limlarida.
Moliya organlari smeta va shtatlar jadvali ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tashkilotlar hisobini yuritishlari shart.
511. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘yicha xarajatlar smetalari umumiy vazirlik va idoralar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi hamda ro‘yxatga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi bo‘linmalarning xarajatlar smetalari va shtatlar jadvallari yuqori turuvchi vazirlik va idoralar tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda ro‘yxatga olinadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazirlik va idoralar moliya xizmatlari boshliqlari va mas’ul xodimlari tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali ro‘yxatdan to‘g‘ri o‘tkazilganligi uchun javobgar bo‘ladilar.
(511-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda)

Download 62,21 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 62,21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



V. Tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish

Download 62,21 Kb.