• KOMPANIYALARDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI AUDITINING MAQSADI, VAZIFALARI VA AXBOROT MANBALARI
  • Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda quyidagi vazifalar mavjud
  • Smm-51 guruh Abduraimov Abduvoxid Abduraxmanovich audit fanidan mustaqil ta’lim uchun nazorat ishi




    Download 96,39 Kb.
    bet1/4
    Sana20.05.2024
    Hajmi96,39 Kb.
    #245343
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Аудит СММ-51 Audit


    SMM-51 guruh
    Abduraimov Abduvoxid Abduraxmanovich
    AUDIT FANIDAN
    MUSTAQIL TA’LIM UCHUN NAZORAT ISHI
    Kompaniyalarda asosiy ishlab chiqarish xarajatlari auditi
    Reja
    • Kompaniyalarda asosiy ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari.
    • Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishni rejalashtirish.
    • Kompaniyalarda asosiy ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazish tartibi.

    KOMPANIYALARDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI AUDITINING MAQSADI, VAZIFALARI VA AXBOROT MANBALARI


    Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
    O’zbekiston Respublikasi me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlagan holda, ishlab chiqarish xarajatlarining yuzaga chiqishi va javobgarlik markazlari bo’yicha hisobga olish va soliq to’lanadigan bazaning aniq hisob-kitobini yuritish va bu orqali ishlab chiqarish xarajatlari hamda korxona sarflarini boshqarishni tashkil etishdan iborat.
    Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda quyidagi vazifalar mavjud:
    -ishlab chiqarish xarajatlarini o’rganish va ularning holatiga baho berish; -mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha belgilangan rejaning bajarilishi va dinamikasini nazorat qilish; -ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementi va kalkulyatsion moddalari bo’yicha o’rganish va ularga baho berish; -tannarxning o’zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan hisoblash; -ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo’yicha tahlil etish; -tannarxni pasaytirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va boshqalar.
    Asosiy xarajatlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarining to’g’ri va asoslangan hamda me’yorlarga muvofiqligini tekshiriladi. Mahsulot (ish,xizmat) larning rejadagi va hisobot kalkulyatsiyasining to’g’riligini xarajat moddalari bo’yicha tekshiriladi. Natijada reja va haqiqiy tannarx o’rtasidagi tafovutlarni moddalar bo’yicha tahlil qilinib, tafovutlar sababini aniqlanadi. Xom ashyo va materiallar sarflashning to’g’riligi, baholar to’g’riligini tekshirish metodlari, mahsulot (ish,xizmat) birligiga to’g’ri keladigan sarf me’yoriga rioya qilinishi tekshiriladi. Brak (yaroqsiz) dan ko’rilgan yo’kotishlar va ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarini yopishning to’g’riligini tekshirish.
    «Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq barcha xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:

    Download 96,39 Kb.
      1   2   3   4




    Download 96,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Smm-51 guruh Abduraimov Abduvoxid Abduraxmanovich audit fanidan mustaqil ta’lim uchun nazorat ishi

    Download 96,39 Kb.