|
KOMPANIYALARDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI AUDITINI O’TKAZISH TARTIBI
|
bet | 3/4 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 96,39 Kb. | | #245343 |
Bog'liq Аудит СММ-51 AuditKOMPANIYALARDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI AUDITINI O’TKAZISH TARTIBI
Ishlab chiqarish xarajatlari guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish,xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi:
1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chegirilib tashlangan holda); 2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari; 3. Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari; 4. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi; 5. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari elementi tarkibiga ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan xom-ashyo va materiallar,butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar,ish va xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar kiradi. Auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o’rash materiallari qiymati ularni sotish,foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin bo’lgan narxda baholanib,mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur.
Shuningdek, mazkur element bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati ularni sotib olish narxidan, shu jumladan qo’shimcha narx(ustama)dan,ta’minlovchi,tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan,shu jumladan brokerlik xizmatlari bilan birga,bojlar va yig’imlardan, yuklash-tushirish hamda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va etkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanishini ham nazarda tutishi zarur. Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish,xizmat)lar tannarxiga olib borilgan moddiy resurslarni baholashning to’g’riligini ham tekshirishi kerak. №4-«Tovar-moddiy zahiralar»nomli BHMSga muvofiq har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt materiallarni baholash usullaridan (FIFO, AVECO)birini tanlaydi va hisob yuritish siyosatida aks ettiradi. Auditor tomonidan hisob siyosatiga mos ravishda material xarajatlari tannarxga olib borilishini ham tekshirish lozim.
Mahsulotlar tannarxining mazkur elementini tekshirishda aniqlanadigan asosiy xato-bu xarajatlarning ishlab chiqarish yo’nalishi tamoyiliga rioya qilmaslikdir. Auditor ish haqi hisoblashga doir dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli,ishbay ishlar uchun naryadlar,hisoblashuv-to’lov vedomostlari)ni tekshirish chog’ida boshqa faoliyat turlari (qurilish,madaniy-maishiy va sh.o’)da band bo’lgan xodimlarning mehnatiga haq to’lash xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulotlar tannarxiga qo’shilish faktlarini aniqlashi kerak. Bunga 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarining krediti bo’yicha ma’lumotlarning ishlab chiqarishga olib borilgan qismini, yig’ma mehnat haqi vedomostining uni hisoblash qismi bo’yicha jami ko’rsatkichlari bilan solishtirish orqali erishiladi. Qoidaga ko’ra, yig’ma vedomostning jami ma’lumotlari, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oladigan schyotlarning debeti bo’yicha ma’lumotlarga qaraganda ko’p bo’lishi lozim.
Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari elementiga byudjetdan tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq ajratiladigan to’lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug’urta fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urta va sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar, bandlik xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi elementi bo’yicha xarajatlar tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham qo’shgan holda dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo’shib, hisoblangan amortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi.
Ta’kidlash joizki, №5 -«Asosiy vositalar»nomli BHMSga muvofiq asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi:
Bir tekis (to’g’ri chiziqli) usul; Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul (ishlab chiqarish usuli); Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati yillar sonining yig’indisi bo’yicha hisobdan o’chirish usuli (kumulyativ usul); Kamayib boruvchi qoldiq usuli.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar ro’yxati «Xarajatlar tarkibi.... to’g’risidagi Nizom»da batafsil keltirilgan. Jumladan, ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko’rsatish xarajatlari; ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilg’i, energiya, dastgohlar, moslamalar va boshqa mehnat vositalari hamda buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish vositalarini ishchi holatida saqlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish vositalarini xo’jalik usuli bilan barcha turdagi (joriy, o’rta, kapital) ta’mirlashlar ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli moddalari bo’yicha mahsulot (ish,xizmat)lar tannarxiga kiritiladi.
Yong’indan saqlash va qo’riqlashni hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning texnikadan foydalanish qoidalarida ko’rsatilgan boshqa maxsus talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari ham tekshiriladi. Idoradan tashqari qo’riqlash xarajatlarini, bunday qo’riqlash talab qilinadigan mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bo’lgandagina, mahsulotlar tannarxiga kiritish mumkin.
Auditorlik tekshiruv o’tkazilayotgan davrga ko’ra, barcha xarajatlar yoki ularning ayrim turlari tekshirilishi mumkin; mahsulotlar tannarxi, har mahsulot sotilganda tayyor mahsulotning chiqib ketishi, ya’ni 2810 - schet “Tayyor mahsulot” schetidan chiqib ketadigan mahsulot qiymatiga nisbatan olinadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini tekshirish uchun korxona «ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxi» shakli va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari taqqoslanadi.
Mahsulotga qilingan xarajatlarni tekshirishda va mahsulotlar tannarxini tahlil qilishda: mahsulotlarning haqiqiy tannarxi reja tannarxi bilan taqqoslanadi; ayrim mahsulot turlaridan zarar ko’rish sabablari; xarajatlarning ayrim mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar turlariga to’g’ri olib borilganligi; buxgalteriya hisobi schyotlarini yopish tartibiga rioya qilinishining asoslanganligi kabilar aniqlanadi.
Bulardan tashqari, umum ishlab chiqarish va ta’mirlash xarajatlarining tannarx ob’ektlariga to’g’ri taqsimlanganligi 2510- «Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schyoti va ushbu xarajatlarni taqsimlash hisob-kitobi ma’lumotlariga muvofiq tekshiriladi. Yoqilg’i-moylash materiallarining sarflanishi tasdiqlangan me’yorlar va bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib, mashina va uskunalarning (yoqilg’i bilan ishlaydigan bo’lsa) hisob varaqalariga asosan aniqlanadi. Shuningdek, me’yoridan oshiqcha sarflangan yoqilg’i-moylash materiallarining qiymati aybdor shaxslar zimmasiga olib borilganligini ham aniqlash zarur. Mahsulot tannarxining to’g’ri hisoblanishi, xususan, xarajatlar bir qismining asossiz ravishda yordamchi xo’jaliklar yoki tugallanmagan ishlab chiqarishga olib borilishi hisobiga tovar mahsulotlar tannarxining sun’iy tarzda pasaytirilish holatlari yo’qligi aniqlanadi.
|
| |