|
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar
|
bet | 2/4 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 96,39 Kb. | | #245343 |
Bog'liq Аудит СММ-51 Audit1.Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: a) moddiy xarajatlar; b) mehnat xarajatlari; c)boshka xarajatlar,shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar. 2.Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmasdan, davr sarflari tarkibida hisobga olinib, asosiy faoliyatdan olingan foyda hisobidan qoplanadigan xarajatlar: a)sotish xarajatlari; b)boshqaruv xarajatlari(ma’muriy sarf-xarajatlar); c)boshqa muomala xarajatlari va zararlar. 3.Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda yoki ko’rilgan zararlarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan, uning moliyaviy faoliyatiga doir xarajatlar: a)foizlar bo’yicha sarflar; b)xorijiy valyuta muomalalari bo’yicha salbiy kurs tafovutlari; c)qimmatli kog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash; d)moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlar. 4.Foyda solig’ini to’lagunga qadar bo’lgan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan favqulodda zararlar.
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishni rejalashtirish
Har qanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan kelib chiqadi. Tannarx auditining maqsadi xususan quyidagilardan iborat: buxgalteriya hisobida tannarx bilan bevosita bog’liq xarjatlarning holatini ekspertiza yo’li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarining xaqqoniyligini tekshirish.
Tannarx auditini rejalashtirish ham quyidagi bosqichlarga bo’linishi lozim:
a) mahsulot tannarx auditini dastlabki rejalashtirish; b) mahsulot tannarx auditining umumiy rejasini tayyorlash va tuzish; c) mahsulot tannarx auditi dasturini tayyorlash va tuzish.
Rejalashtirish chog’ida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:
- kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish xollarida) va haqiqiy mexnat xarajatlari; - ahamiyatlilik darajasi; - auditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni va malakasi; - auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash; - auditorlik guruxining barcha a’zolariga yo’l - yo’riq ko’rsatish, ularni mijozning moliya-xujalik faoliyati bilan tanishtirish; - auditorlik guruxi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari sifati ustidan nazorat o’rnatishi; - auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.
Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish xamda ishlarning kutilayotgan hajmini aniq hisobga olish uchun eng avvalo:
- auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi; - o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi; - maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi; - tekshiriladigan Kompaniyalarda asosiy mahsulot tannarxini hisobga olgan holda yangi konunlar, nizomlar, yo’riknomalar va boshka aloqador me’yoriy hujjatlarning auditga ta’sirini o’rganishi; - tekshiriladigan korxonaning xarajatlar hisobi tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik darajasini aniqlash; - ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini tahlil qilishi; - ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlanishi lozim.
|
| |