Yurak qon tomir tizimi kasalliklarida mantiqiy tashxis
1. Bosh aylanishi, bosh og'rig'i, quloq shang'illashi, ko'z oldi tinib ketishi, yurak sohasidagi og'riq, yurakning tez-tez urishi, ba'zan burundan qon ketishi, hansirash kabi belgilar arterial qon bosimi ko'tarilganidan dalolat beradi. Bunday hollarda qon bosimini
o'lchash, kardiologga murojaat qilish tavsiya etiladi.
2.To'sh suyagi orqasida qo'qqisdan siquvchi og'riqning bo'lishi, og'riqni chap yelka va qo'lga berilishi, og'riqni bir necha soniyadan bir necha daqiqalarga davom etishi, bemor harakatidan to'xtab, o'tirib vahima (tahlika)ga tushishi (oiim xavfini o'ylab) va nitroglitserin, erinit, validol kabi dorilarni ichishni taqozo qiladigan holatga «stenokardiya» deyiladi (yurak ishemik kasalligining boshlanishi). Bu holda bemor kardiologga uchrashi, qon bosimini olchatishi va elektrokardiogramma qildirishi va qonda protrombin (qonning ivishi jarayonini ko'rsatkichlaridan biri) aniqlanishi kerak.
-
Agar to'sh suyagi orqasida qattiq og'riq, kuyish, chap qo'l, chap ko'qrak ostiga uzatilib, 2-3 soatlab davom etsa (hatto 2-3 kunlab, validol, nitroglitserin yordam bermaydi), yurak tez, notekis ura boshlasa, ba'zan ko'ngil aynab, qusish kuzatilsa, bu miokard infarkti (ya'ni, yurak muskulida nekroz o'chog'i paydo bo'lishi) alomatidir. Bunday paytda EKG qildirish, arterial qon bosimni tez-tez o'lchash, darhol shifokorni yoki tez tibbiy yordamni chaqirtirish va kardioreanimatsiya bo'limiga zudlik bilan yotqizish kerak.
-
Tana haroratining ko'tarilishi aksari tizza-tirsak, yelka, boldir-panja bo'g'imlarini qizarib, shishib, harakatda og'rishi, og'riqning «ko'chib yurishi» revmatizm xastaligida kuzatiladi, agar bemor yurak sohasidagi og'riqqa, yurak o'ynashi, hansirashdan shikoyat qilsa, bu yurakning revmatizm natijasidagi shikastlanish (miokardit)ini ko'rsatadi.
|