NUTQ, ODOB VA TABOB HAQIDAGI HADISLAR
-
Alloh taologa so'zlarni eng yaxshi ko'ringani to'g'ri so'zdir.
-
Ba'zi bir so'zni sehri bor, ba'zi bir she'rda hikmat bor.
-
Quloqqa ozor beradigan so'z so'zlama.
-
Kishining jamoli (chiroyi) - tilidir.
-
So'zda turish, ahdiga vafo qilish - iymondandir.
-
Musulmonning yaxshisi - uning qo'lidan yoki tilidan boshqa musulmonlar ozor topmaganidir.
-
Tilini yaxshilagan bandaga Alloh rahmatini bersin.
-
Yaxshilikni chehralari ochiq, xushro'y odamlardan kutinglar.
-
Odamlarga keng qalbli bo'linglar, shunda odamlar ham sizga shunday bo'lurlar.
-
Inson xatoni ko'proq o'z tili bilan sodir qiladi.
-
So'zni qisqa qilishga buyurdim, chunki so'zni qisqa qilmoq yaxshidir.
-
Kishilarga shirin gapiringlar va taom beringlar.
-
Salomni keng tarqatinglar-orangizda do'stlik paydo bo'ladi.
-
Salomni oshkora qilinglar. Alloh taolo buyurgandek bir-biringizga do'st bo'linglar.
-
Allohga iymon keltirgandan keyin amallarning eng afzali odamlarga muhabbat qo'yuvchidir.
-
Iymonning afzali - sabrli va kechirimli bo'lishdir. Sadaqaning afzali - o'zing sog'lom, dunyoga muhabbating baland, yaxshi yashash orzusida va faqirlikdan qo'rqqan vaqting qilgan sadaqangdir. Sadaqani kechiktirma - to jon xalqumga kelguncha unga buncha, buncha muncha deb o'tirishingdan foyda yo'q.
17.Sadaqaning afzali - sog'lig'ida berilgan sadaqadir. Berayotgan qo'l olayotgan qo'ldan afzal - balanddir. Berishni qaramog'ingdagilardan boshla.
-
Sadaqaning afzali - musulmon bandani ilm o'rganmog'idir va musulmon bandaga ilm o'rgatmog'idir.
-
Mo'minlarning afzali - xulqi yaxshisidir.
-
Gunohi kabiralarning eng kattasi:
-
Allohga shirk keltirishidir; -nohaqqonto'kish;
-
ota-onaga oq bo'lish;
-
yolg'ondan guvohlikka o'tish.
-
Alloh taologa yaxshi ko'ringani - yetimlarga rahm qilgani.
-
Agar bir kishi sizga jonini topshirgan ekan - siz uni o'ldirmang.
-
Agar birov sizlarni ziyorat qilish uchun kelsa, uni izzat-ikrom bilan qabul qiling va ziyofat qiling.
-
Qaysi biringizning g'azabingiz kelsa - jim turing (gapirmang).
-
O'lgan kishilarning yaxshiliklarini gapiringlar, yomonliklarini gapirmanglar.
-
Kechirimli bo'linglar, sizlarga ham kechirimli bo'linadi.
-
Yaxshilikni rahmdil ummatlarimdan istanglar. Ularning atrofida ko'ngilli hayot kcchirasizlar. Yaxshilikni bag'ritosh odamlardan istamanglar, chunki ularga Allohning la'nati yog'ilib turadi. Alloh yaxshilikni yaratadi va unga loyiq kishilarni yaratadi va u kishilarga yaxshilikni sevdiradi va yaxshilik qilmoqlikni xush ko'rsatadi va u kishilarga yaxshilik islaganlarni yo'llaydi. Xuddi qurg'oqqa suv yo'llagandek. Yerni suv bilan tiriltirgandek yaxshilik ahli yaxshilik istovchilari bilan yaxshilikni ro'yobga chiqaradi. Dunyoda yaxshilik qiluvchi - oxiratda yaxshilikka erishuvchidir.
-
Mazlum odamni duoibadidan qo'rq, chunki u Alloh tomonidan qabuldir. Birovga zulm qilma.
-
Beshta narsani besh narsadan avval g'animat bil:
-
O'limdan avval hayotligingni.
-
Kasallikdan avval sog'ligingni.
-
Band bo'lib qolishdan avval bo'shligingni.
-
Keksallikdan avval yoshligingni.
-
Faqir bo'lmasdan oldin boyligingni.
30.Tani sihatlikka duoni ko'p aytinglar.
31.Alloh taolo ochiqqo'llikni va xush xulqliliklarni yaxshi ko'radi. Past xulqlilikni yomon ko'radi. Og'zi buzuq odamni va yomon ish (uyat ish) qiladigan kishilarni yomon ko'radi, har bir ishda
mehribon bo'lish, shafqatli bo'lishlikni yaxshi ko'radi.
32.Albatta sizlar odamlarni hammasiga mol yctkaza olmaysizlar.Lekin ularga ochiq chchralik, xush xulqliligingizni yetkazasizlar.
33. Odamlar orasini buzadigan chaqimchilik so'zlarni so'zlamanglar.
-
Yolg'on gapirmanglar, chunki yolg'on gap iymonga ziddir.
-
Shoshilmaslik Allohdan, shoshilish shaytondan.
-
Kiyim kiyishda, yurish-turishda o'zini kamtarroq olish -iymondadir.
-
Hayo, uyalish - hammasi yaxshidir.
-
Kasal ko'rgani boruvchi kishi jannat bog'ida yurgandekdir.
-
Seni kasalingda kelib ko'rmagan odamni sen betobligida borib ko'r, senga hadya bermagan odamga sen hadya ber.
-
Yaxshilik qilmoq - yomon falokatlardan asraydi.
-
Kishi o'z bolasiga yaxshi odobdan ko'ra afzalroq narsa kiygizgan emas.
-
Kimki xulqi yomon boisa, o'zini azoblaydi. Kim kishilar bilan tortishaversa, hurmati ketadi, obro'si tushadi.
-
Qoiidan-u tilidan ozor bermagan kishi musulmondir.
-
Kim rahm qilmasa, unga rahm qilinmaydi.
-
Kim odamlardan uyalmasa - u Allohdan ham uyalmaydi.
-
Baxillikdan ham yomonroq kasal bormi?
-
Yomon suhbatdoshdan yolg'izlik yaxshi, yolg'izlikdan solih suhbatdosh yaxshi, jim o'tirmoqdan yaxshi so'z aytmoq yaxshi, yomon so'zlamoqdan yaxshi so'z aytmoq yaxshi, yomon so'z aytmoqdan jim o'tirgan yaxshi.
-
Salom bermasdan gap boshlagan odamga ijozat bermanglar.
-
Qaysi joyga vabo tushganini eshitsangiz- u yerga kirmanglar. Agar sizlar turgan yerga vabo tushsa, undan qochib chiqmanglar.
-
Taomning barakasi - taom yeyishdan avval va undan keyin qo'lni yuvishdadir.
-
Davo ham taqdiriydir. Alloh tomonidan belgilangan. Alloh taoloning ijozati bilan shifo beradi.
-
Safar qilinglar - sog'lom bo'lasizlar.
-
Misvoq - og'izni tozalovchidir. Robbisini rozi qiluvchidir. Ko'zni ravshan qiluvchidir.
-
Birodaring aksa urganda uch marta tashmid ayt undan ziyodasi esa tumovdir yo nazladir.
-
Ey! Allohning bandalari davolaningiar, chunki Alloh taolo biror kasallikni yaratmagan, mabodo yaratgan bo'lsa, unga davo ham yaratgan. lllo bir kasallikning davosi yo'qdir - u ham bo'lsa qarilikdir.
-
Kimki qo'lida ovqat yuqi bilan uxlasa, biror balo yetsa -o'zini koyisin, o'zidan ko'rsin.
-
Kim tabiblik qilsa-yu, tabobat ilmini bilmasa-u javobgardir.
SO'NGGI SO`Z
Ushbu kitobni tayyorlab bosmaxonaga topshirish arafasida turganimizda, kutilmaganda beshafqat o'lim Erkin Qosimovdek ajoyib insonni oramizdan olib ketdi. Respublikamiz tibbiyoti og'ir judolikka uchradi.
U Toshkent Tibbiyot Akademiyasining professori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sog'liqni saqlash xodimi, yuzlab malakali shogirdlarning ustozi, butun umri, bilimi va tajribasini tibbiyotga, uning rivojiga baxshida etishi barobarida minglab xasta dillarga malham bo'lolgan betakror inson edi.
Erkin Qosimovni nafaqat respublikamizda, balki xorij davlatlarida ham juda yaxshi bilishar, uning nomini yuksak ilm-zakovatli inson sifatida chuqur hurmat va ehtirom bilan tilga olishardi.
Birgina qoiingizdagi mana shu «Shifokorning nutq madaniyati va bemor bilan muloqot san'ati» kitobining o'zi shu vaqtgacha bir necha ming nusxada ikki marta nashr etildi. Kitobni nashrga tayyorlash ishlari yakuniga yetay deb qolgan bir paytda uni qo'lga olib ko'rish Erkin Qosimovga nasib etmaganidan qayg'udamiz.
Erkin Qosimov atrofdagilar bilan muomala va munosabatda o'zi yozganidek nutq madaniyatiga, muloqot san'atiga nihoyatda e'tiborli edi va shu fazilati bilan boshqa hamkasb do'stlariga o'rnak bo'la oldi, desam yanglishmayman. Erkin Yo'ldoshevich Qosimovning xayrli ishlaridan yana biri «Hamshira» jurnalining tashkilotchisi va ushbu nashrga bir necha yillar davomida bosh muharrirlik qilganligidir.
Xalqimizda «Yaxshidan bog' qoladi», degan maqol bor. Agar Erkin Qosimovning o'z mutaxassisligi va tanlagan yo'li atrofida yaratib ketgan bog'iga nazar tashlasak, bu insonning umri zoye ketmaganiga yana bir bor amin bo'lamiz. Bu bog'ning mevalaridan tibbiyotga umrini bag'ishlashga bel bog'lagan izdoshlari, o'sib kelayotgan yosh avlod, shogirdlari, hamkasblari juda ko'p bahramand bo'Iadilar va har gal ushbu kitobni qo'lga olganlarida go'zal qalb egasi Erkin Qosimovni faqat yaxshi nom bilan e'slashlariga shubha vo'q.
Bugun u oramizda yo'q bo'lsa-da,
ustozning barcha ezgu ishlari, qoldirgan ma'naviy merosi, ulkan iajriba maktabi va eng muhimi boshqalarga ibrat bo`la oladigan insoniy sifatlari bilan safimizda barhayot yashaydi.
Abdukarim USMONXO'JAYEV,
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. “Madadi Sino”
sog'lomlashtirish akademiyasining raisi