Birinchi kurs talabaiarining tantanali va'dasi
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi kunida talabalar safiga kirar ekanman, tantanali qasamyod qilaman.
-
O'zbekistonning mustaqilligin', uning konstitutsion tuzimini, demokratiya va qonunchiligini, xalq tomonidan saylangan mamlakat Prczidentining obro'-e'tiborini mustahkamlash va saqlashga;
-
Mustaqil O'zbekiston Respublikasi fuqarosining shon-sharafini asrab-avaylashga, jamiyatning siyosiy barqarorligini, fuqarolar osoyishialigi va umummill'y totuvlikni eng yuksak q idriyat sifatida saqlashga;
-
Mustaqil Vatan taqdiri bilan o'z taqdinmni chambarchas bog'lashga, butun faoliyatimni, ona diyorga va uning buyuk kelajagiga baxshida etishga; xalq salomatligini saqlashga, tabiatni muhofaza qilishga;
-
Tariximizni chuqur o'rganish va u bilan g'ururlanishga, insoniyat tafakkuri kamoliga ulkan hissa qo'shgan bobokalonlarimiz - Imom Buxoriy, Al-Farg'oniy, Bahouddin Naqshband, Al-Xorazmiy, Beruniy. Ibn Sino, Ulug'bek, Navoiy, Boburdek ajdodlarimiz merosini, ma'naviy sarchashmalarini chuqur o'rganishga, ular yoqqan chiioqlarini yanada munavvar etishga;
-
Buyuk Davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur vasiyatlariga amal qilishga;
-
Ajdodldr, ota-bobolar e'tiqod qilgan ma'naviy qadriyatlarni hurmat qilishga, odamlar ruhiyatini, ularning quvonch va tashvishlari. maqsad va intilishlarini angiashga, ahil, pokiza bo'lib, adolatli va insof bilan yashashga;
-
Hozirgi zamon bilimlari va ixtisosliklarini hormay-tolmay o'rganishga va egallashga, yetuk mutaxassi bo'lib yetishishga, bu bilan Vatanimning taraqqiyoti va gullab-yashnashiga hissa qo'shishga, uning XXI asrda jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallashiga safarbar etishga;
-
Xalqimizga xos bo'lgan yuksak ma'naviy qadriyatlar va insonparvarlik an'analari - oilaga, mahallaga, yoshi kattalarga, o'qituvchilar, ustozlar, murabbiylarga hurmatni doimo esda tutishga va ulug'lashga;
-
Ota-ona oldidagi farzandlik burchimni unutmaslik va uni to'la ado etishga;
-
Kursdoshlarim, o'rtoqlarim oldida o'zimni kamtar tutishga, ular bilan do'stlik aloqalarini tobora mustahkamiashga;
-
Mehnatsevar, jismonan chiniqqan inson bo'lishga, Vatan va millat oldidagi insoniy va fuqarolik burchimni halol ado etishga, Vatanim, elim-yurtimni ko'z qorachig'imday asrashga;
-
Millati, irqi, dinidan qat'i nazar barcha O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini hurmat etishga qasamyod qilaman.
|