|
/// BOB
QASAMYODLAR, NAQLLAR VA O'GITLAR B uqrot (gippokrat) qasamyodi
|
bet | 50/60 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 490 Kb. | | #761 |
/// BOB
QASAMYODLAR, NAQLLAR VA O'GITLAR B uqrot (gippokrat) qasamyodi
Appolon hakam Asklepiy, Gigiya, Panatsiya hamda boshqa barcha xudo va ma'budalar guvohligida ushbu qasamimni yozma va og'zaki ravishda bildiraman.
Har qanday sharoitda kuchim va aqlim yetguncha o'z burchimni halol va pok bajarishga, menga vrachlik san'atini o'rgatgan kishilarni o'z ota-onamday ko'rishga va erishgan yutuqlarimni u bilan baham ko'rishga, zarur bo'lib qolganda esa unga jonimni berishga qasam ichaman. Uni avlodlarini o'z jigarlarimday ko'rishga va ular xohlagan taqdirda esa bu san'atimni ularga hech qanday shartnomasiz va beminnat o'rgatishga, barcha pand-nasihatlarni, hamma bilimimni begonalarga emas, balki shu tibbiyot qasamiga va majburiyatiga bog'liq bo'lgan kishilargina, o'z farzandlarimga, ustozimning farzandiga, nogironlarga yetkazishga qasam ichaman. Men bor kuchimni va aqlimni kasallarning foydasiga, ularni har qanday zarar va adolatsizliklardan saqlashga sarf qilaman.
Men hech kimga, hech qachon o'limga olib keladigan narsalarni bermayman. Shu kabi fikrlarga yo'l qo'ymayman, xuddi shunday, hech qaysi ayolga homilani olishga yo'l qo'ymayman. O'z hayotim va san'atimni pok va benuqson saqlayman. Bemorni davolayotganimda, shuningdek, davolay olmasam ham, odamzot hayotiga taalluqli nimaiki ko'rmay, eshitmay, sir saqlayman. O'z qasamimni buzmasdan bajarayotgan mendek kishiga vrachlik san'atida va hayotda abadiy baxt va shon-sharaflar bo'lsin. O'z qasamini buzgan kishilarga esa buning aksi bo'lsin.
|
| |