YUNON VRACHLAR- SULOLASINING 18-AVLODI
Gippokrat Yunoniston (Gretsiya)ning Kos orolida tug'ilib, o'sha yerda mashhur Kos tibbiyoti maktabiga asos solgan. Otasi otasining otasi kabi vrach bo'lgan. Gippokrat shifokor sifatida Gippokratlar sulolasining 18-avlodidir. Bu narsa «ona suti bilan kirgan»dek gap bo'lib, u zamonlarda aksincha bo'lishi ham mumkin emas edi. U otasidan «boshlang'ich» bilim olib, Yevropa bo'ylab sayohat qilganida, ko'p shifokorlar tajribasini o'zlashtirgan. Sharq mamlakatlarida ham bo'lib, Sharq tabobatini ham yaxshi o'rgangan.
Gippokrat Perika boshqaruvi zamonida tug'ilgan bo'lib, bu davr Demokrit, Fidiy, Sofokl, Yevropid, Gerodotlar eng gullab-yashnab ijod qilgan davrdir. Shuning uchun uning tibbiy bilimi mustahkam falsafiy asosga ega bo'lib, o'z g'oyalarini adabiyot va san'atning mumtoz namunalaridan olgan.
Odamlar shu oila vakillari tomonidan yaratilgan 72 tibbiy ilmiy ishni Gippokratga tegishli deb hisoblashgan. Lekin Gippokratning mustaqil ishlari soni atigi 20 ta edi.
Gippokratning tibbiyot oldidagi buyuk xizmatlari nimalarda ko'rinadi? U vrachlardan birinchi bo'lib buyuk kuzatuvchilik va mantiqiy iqtidorini namoyon qilgan, ya'ni kasallik negizini aniqlagach, uning kechish jarayonini oldindan ko'ra bilgan. Gippokrat ilk bor tibbiyot nazariyasini uning amaliyoti bilan bog'lagan. Shuningdek, inson salomatligi atrof-muhit holatiga va bemorning shaxsiy xususiyatlariga, hayot sharoitlariga va yoshiga bog'liqligini ta'kidlagan. Birinchi marta Gippokrat bemorni davolaah uchun parhez buyurish kerakligini kor satgan, kasallikni nafaqat davolash, balki uning yuzaga kelishi oldini olish g 'oyasini ilgaii surib. shu bilan kasalliklar profilaktikasiga asos solgan.
Gippokrat - amaliyotda birinchi bo'lib bemorda eshitish, to 'qillatish, paypaslash usullarini qo llagan genial shifokor, jarrohiy asboblar bilan ustalik bilan ishlagan o 'ziga xos belakror jarroh. U odam harakat a'zolari tizimi - suyaklar, bo'g'imlar, boylamlar, mushaklarni yaxshi bilganligiga shubha yo'q. Surtma dorilardan foydalangan, bog'Iamlar qo'ygan va shuning uchun tan jarohati xastaliklari, suyak, bo'g'im chiqishlari, siniqlarni yaxshi davolagan. Bularning hammasi Gippokratning ko'p janglarda shifokor sifatida qatnashganligidan dalolat beradi.
U shifokorlardan birinchi bo'lib haqiqiy shuhrat mazasini tatib ko'rdi. Shifokorlar o'z kasbiy qasamyodini «Gippokrat qasamyodi» deb atashganligiga hayron bo'lish kerak emas.
Gippokrat o'zidan oldin yig'ilgan xalq tabobati tajribalarini umumlashtirgan va shifokorning bemor to'shagi yonida o'zini tutishi qonun-qoidalarining dastlabki ilmiy asoslarini yaratgan.
Minglab shifokor avlodlari o'rganib va bajarib kelgan Gippokrat qasamyodida shifokorlik faoliyatining asosiy axloqiy - etik tamoyillari mujassamlashgan. Unda aniq ravishda shifokorning professional burchi chizgilari keltirilgan. Shu jumladan, bemor odamga uning kim bo'lishidan qat'i nazar beg'araz, samimiy va halol xizmat qilishi kasalga har qanday zarar keltirishdan o'zini tiyishi, xastalik sirini oshkor etmaslik, ta'magirlik, befarqlik, loqaydlik illatlaridan xoli bo'lish kabi sifatlar talab qilinadi. O'tkir faylasuf Gippokrat shifokorning axloqiy-etika sifatlarini yuqori baholagan va «bemorga zarar yetkazmaslik» uchun «me'yor hissi»ga ega bo'lishga chorlagan.
Gippokrat qasamyodi vaqt o'tishi bilan o'z haqqoniyligini ko'rsatdi va uning tarbiyaviy jihatlari hozirgi kungacha o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.
Uning terapiyasi «ziddini ziddi bilan» davolashdan kelib chiqqan. Bu - mehnatdan keyin dan olish, dam olishdan keyin esa mehnat bo'lishi kerak, demakdir.
Gippokrat kasallik bilan kurashda bemor tabiatini, uning «fizis’’ini inobatga olishni o'rgangan, organizmning tibbiy talablarini stimmullash muhimligini ta'kidlagan. U omilga tayangan mistikaga emas, faqat bilim va amaliyotdan kelib chiqardi. U zamondoshlariga dahshat solgan epilepsiya (tutqanoq kasalligi)ni samarali ravishda o'rgandi. Bu kasallikni davolash haqida u «IIohiy kasallik to'g'risida» degan ilmiy ish yozib, bu kasallik ilohiy tabiatga ega emasligini ta'kidlagan.
Gippokrat o'sha zamon uchun progressiv bo'Igan gumoral nazariyaning (lotincha «gumor» - namlik) muallifi bo'lib, uning asosiga 4 falsafiy stixiya - olov, tuproq, havo va suvni qo'yib, ular bilan organizmning 4 asosiy suyuqligini bog'lagan. Uning fikricha, olovga safro, tuproqqa qora o't, havoga qon, suvga shilliq (flegma) mos keladi: safro jigar tomonidan, qora o't taloq tomonidan, qon yurak ishi natijasida, shilliq (flegma) odam miyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Boshlanishda bu suyuqlik spermadan hosil bo'ladi va oziq-ovqat, suyuqliklar bilan quvvatlanib, shu tufayli organizmda hamma fiziologik jarayonlar kechishi ta'minlanadi, deb hisoblagan.
Shuning uchun Gippokrat to'g'ri ovqatlanishga katta e'tibor bergan. Odam sog' bo'lganida 4 suyuqlik muvozanatda bo'ladi, kasallansa, suyuqliklardan biri ortiqcha miqdorda bo'ladi. Shu taxminlar asosida keyinchalik Gippokratda 4 psixotip yoki odam mizojlari haqida ajoyib g'oya tug'ildi. Agar organizmda qon ko'p bo'lsa - inson sangvinik xarakteriga, safro ko'p bo'lsa - xolerik xarakteriga ega bo'ladi; organizmda qora o't ko'proq bo'lsa - odam melanxolik, shilliq ko'p bo'lsa - flegmatik bo'lishi mumkin.
Kasalliklar profilaktikasi va ularni davolashda Gippokrat astrologiyadan kelib chiqardi, o'zining «0ldindan aytish haqida», «Aforizmlar» degan asarlarida u astrologiyani va bemor goroskopini bilmagan shifokorning davolashga haqqi yo'q, deb ta'kidlagan.
Oradan ming yil o'tgach, Gippokratning bemorlarni yil faslini, iqlimining o'ziga xosligini, tuproq va suv holatini, bemorning hayot sharoitlari va yoshini inobatga olib davolash haqidagi g'oyasini «Paramirum» yaratuvchisi, mashhur Paratsels samarali ravishda davom ettirdi.
Garchi Gippokrat zamoni allaqachon o'tib ketgan bo'lsa-da, lekin buyuk shifokor tavsiyalari bugun ham ahamiyatini yo'qotmadi, balki yanada dolzarb bo'lib qoldi.
|