SHIFOKOR QASAMYODI HAQIDA




Download 490 Kb.
bet44/60
Sana21.03.2017
Hajmi490 Kb.
#761
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
SHIFOKOR QASAMYODI HAQIDA

Hozirgi zamon tib ta'Iimotida shifokorlik bioetikasi va deontologiyasi alohida o'rin tutadi. Bu fanni shifokorlar faqatgina mehr, g'oyaviy ishonch bilan o'rganishdan tashqari, uning turli tamoyillarini o'z qonlariga singdirishlari zarur.

Deontologiya chin odamiylikning shunday bir mahsuliki, unda shifokorning kasb mahoratigina shakllanmasdan, iymoni, ongi, burchga sadoqati ham takomil topadi.

O'zbekiston tibbiyot oliygohlarida deontologik tarbiyaning asosiy o'zagini asrlar bo'yi sinovdan o'tgan shifokorning ruhiyati ramzi-shifokorlar qasamyodi tashkil qilishi shart.

Buyruqbozlik, ikkiyuzlamachilik, iymonsizlik avj olgan mustabid tuzumida boshqa insoniy fazilatlar kabi shifokor qasamyodi ham o'z mohiyatini yo'qotish darajasiga yetgandi. Shu boisdan ba'zi bir bemorga mehrsiz, ilmiga amal qilmaydigan, shifokorlikni shunchaki kun kechirish vositasiga aylantirgan iste'dodsiz, insof-diyonatni unutgan kimsalar paydo bo'lib, tibbiyotdan odamlar e'tiqodini qaytarib yuborishgan edi.

Odamlar ongida chuqur ma'naviy o'zgarishlar yuz berayotgan, qadriyatlarimiz qayta tiklanayotgan bugungi kunda olijanob kasb egalari bo'lmish shifokorlar qasamyodi ham o'zgacha b'r ma'no kasb etishi tabiiy, bunga zarurat ham tug'ilib qoldi.

Biz uchun eng muhimi tibbiyotdagi tarixiy qadriyatlarimizni davom ettirish, ularni bugungi ilmiy taraqqiyot an'analari bilan uzviy bog'lab boyitishdan iborat. Aslini olganda, Gippokrat deontologiyasining rivojlanishi ma'naviy jihatdan o'rta Osiyo xalqlarining madaniyati bilan uzviy bog'liq. Nemis olimi S.Shtraxmayer (1973)ning ma'lumotlariga ko'ra, arab xalifaligida barcha shifokorlar uchun Gippokrat qasami majburiy bo'lgan. Biroq, arab tilida keng tarqalgan bu qasamyodda yunon tilidagi asl nusxadan chekinilgan. Mashhur musulmon fan arbobi, Buqrot qasamyodining tarjimoni Xurayin ibn Ishoqning e'tirof etishicha qasamyod qayta chuqur ishlanib, xristian-nestorian gumanizmi shaklini olganini ta'kidlaydi.

O'rta asrlarda arab dunyosida shifokorlar burchi va axloqini belgilovchi Maymonid qasamyodi mashhur bo'lgan. Bu qasamyodda hakimlar va tabiblar burchi, odobi va mas'uliyati borasida qimmatli fikrlar aytilgan. Xususan, shifokorlarni boy va kambag'al, do'st va dushman, pok va gunohkor bandalarga birday xizmat qilishga: o'z ustida doimo ishlab, bilimlarini chuqurlashtirishga da'vat etilgan.

«Maymonid qasamyodi» tibbiyot deontologiyasi asosini tushunishda muhim qadam edi. Shuning uchun uning g'oyaviy mohiyati O'zbekiston shifokorlarining yangi qasamyodining asosiy manbai bo'lishi tabiiydir. Shu bilan birga, qasamyodni yangidan tuzayotganda, biz tibbiyot deontologiyasining avvalgi manbaiga ham, yana hammadan oldin «yaxshi fikr, yaxshi so'z, yaxshi ish» nomli mashhur uchlikni o'z ichiga olgan Sharqning muqaddas kitobi - «Avesto»ga ham murojaat qildik. Oxirgi manbalardan esa «Rus tib xodimlarining kulliyot va'dalari» va fransuz talabalari qasamyodidan ham foydalandik.

Deontologik asoslarga muhim qo'shimchalardan shunday hujjatlar kiritildiki, unda so 'nggi o'n yiliarda paydo bo Igan asosiy muammo -bemorda tajriba o 'tkazish mumkin bo 'Imagani ko 'rsatildi.

Biz tomonimizdan yangi tuzilgan O'zbekiston shifokorlik qasamyodi asosida odob ruhi - ahillik va mehr-oqibat bilan hayot kechirish haqidagi ta'limot yotadi.

MEHR CHASHMASI

Inson - tirik tabiatning tojdori. Binobarin, odamiylik, mehr-shafqat, muhabbat, o'zgalar baxtidan quvonish, baxtsizlik yuz berganda yurakdan achinish, hamdardlik bilidirish, tasalli berish, ko'ngil ko'tarish faqat oliy fazilatli insongagina xos bo'lgan xislatlardir.

Ilmiy tibbiyot asoschisi Buqrot har bir shifokor o'z kasbiga so'nggi damgacha sodiq qolishi uchun qasamyod qilmog'i darkor, deya ta'kidlagan bo'lsa, mashhur rus terapevti Maksim Petrovich Konchalovskiy «Iste'dodsiz rassom, qobiliyatsiz aktyor bo'lish mumkin, ammo yomon shifokor bo'Lsh mumkin emas, bu - jinoyat», degan edi.

Inson umriga tahdid qilayotgan turli-tuman kasaliiklarni batamom tugatish, yurak va o'pka xastaliklariga davo topish, yurak, buyrak, hatto jigarni ko'chirib o'tkazish itransplantatsiya) muammolarini muvafaqiyatli hal etish, odam irsiyati jumboqlarini ildam va ijobiy hal etish kabi g'oyat katta mas'ulyat fidoyi shifokorlar zimmasida.

Ayni paytda shuni ham unutmaslik lozimki, ko'p hollarda tabibning dori-darmonidan ko'ra, bir og'iz shirin so'zi bemorning shifo topishiga ko'proq ko'mak beradi. Negaki, shifo topish bemorning o'zini qanday his qilishi bilan chambarchas bogiiq.

Agar siz rassomning o'zi chizayotgan rasmiga bo'lgan mehrini, tabibning o'zi davolayotgan bemorga nisbatan mehri bilan taqqoslasangiz va diqqat qilsangiz, haqiqiy shifokor bilan soxta shifokorning farqini bilib olasiz. Biz ham ana shu tabibning tabibligini ko'rsatib turadigan jihati- uning bemorlarga munosabati haqida bir oz to'xtalmoqchimiz.

Shifoxonaga kelgan bemor (umuman har bir inson) o'zining ichki ruhiyatidan kelib chiqib, atrofdagilardan, aniqrog'i, shifokor va hamshiralardan, xullas har bir kishidan mehr-shafqat kutadi. Bemorga ayniqsa, hakim (shifokor)ning munosabati kuchliroq ta'sir qiladi.

Mudrovning shifokorlarga qarata aytgan gapini eslaylik: «Shuni unutmangki, siz bemorni tekshirayotgan chog'ingizda u ham sizni o'rganadi, kuzatadi».

Darhaqiqat, e'tiborga, bir og'iz shirin so'zga tashna bemor o'zi bilan suhbat boshlagan shifokorning ko'rinishi, nigohi, chehrasi, tovush ohangi, suhbatni mazmunli boshqara bilishiga qarab, unga baho beradi. Agar muloqotimizning birinchi daqiqalaridayoq biz bemorga ochiq chehra bilan yuzlanib, uning ko'nglini ochguvchi so'zlar bilan murojaat etib, unda tez tuzalishiga ishonch hosil qila olsak, qisqasi, so'z san'atkorligi orqali o'z shifokorlik kasbimizga,

o'zimizga maftun eta olsak, bu davolash jarayonini boshlashdagi birinchi yutug'imiz bo'ladi.

Taassuflar bo'lsinkim, keyingi paytlarda faqat shifokorlardagina emas, umuman ko'pchilik o'rtasidan mehr-oqibat, odamiylik, olijanoblik, insonparvarlik his-tuyg'ulari ko'tarilib boryapti. Bu holat ayniqsa, shifoxonalarda davolanayotgan ba'zi bir mushtipar onaxonlarimiz va aziz otaxonlarimizning qarovsiz, e'tiborsiz qolayotganliklarida ko'rinadi. Bu ajdodlarimizga xos bo'lmagan bir qabihlikdir. Bu illatning mumkin qadar tezroq oldini olmoq lozim.

«Qarisi bor uyning parisi bor», deydi dono xalqimiz. Shuning uchun ham «Dam g'animat, diydor g'animat» o'gitini unutmagan holda birog'iz shirin so'zga maxtal bo'lib yotgan bemor ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar ko'nglini ovlashga o'z vaqtida ulgurishimiz kerakki. keyinchalik tag'in yoshi ulug'larning:

Men ham edim seningdek,

Sen ham bo'Iarsan meningdek.

Yoki

Och holini to'q bilmas,



Kasal holini sog'.

kabi hikmatlarini eslab, xijolat tortmaylik...

«Odam yaxshilik qilishni yerdan topib olmaydi, odamlardan o'rganadi», deydi Chingiz Aytmatov. Birov uchun qayg'urish, o'zganing tashvishini o'z tashvishidek his qilish, birovning g'amiga sherik bo'la bilish bu barchaning insoniy burchidir. «Azaga yoki xasta odamni ko'rgani borgan kishilarga borganidan qaytgunicha boshidan obi rahmat suvi tomib turadi», deydilar momolarimiz. Yana shu o'rinda bemor va xastalarni yo'qlash, eslash haqidagi Muhammad alayhissalomning hadislaridan esga olishni joiz topdik.


  • Ochlarga ovqat bering, bemorlarni borib ko'ring va hojatmandning hojatini chiqaring.

  • Mo'minlarning bir-birlarida oltita haqlari bor: salom berish, chaqirsa borish, maslahat so'rasa - berish, aksirsa javob aytish, kasal bo'lsa - borib ko'rish, o'lsa - borib dafnda qatnashish.

  • Bemorni ko'rib kelish uchun yo'lda kelayotgan odam o'zini jannat bog'larida yuribman. deb hisoblayversin.

  • Ikki ne'mat borki, ko'p odamlar unga yetisha olmay hasrat qiladilar, biri - tani sog'liq, ikkinchisi - xotirjamlik.

  • Kimki boshiga musibat tushgan odamdan hol so'rab, ta'ziya bildirsa, o'sha musibatli odamga berilgan savob miqdoridagi savobga ega bo'ladi.

  • Xayri-ehsonni bechora holga berishlik sadaqa hisoblansa, uni qarindoshga berishlik ham sadaqa, ham muruvvatdir.

Keyingi vaqtlarda jumhuriyatimizda betoblar, shikastlanganlar, yetimlar, urushdan nogiron bo'lib keiganlar, hech kimi yo'q, qarigan chog'larida yakka qolgan qariyalarimiz taqdirlarini o'yiab, juda yaxshi xayrli ishlar qilinyapti. Hatto 2002 yil Qariyalarni qadrlash yili, deb Prezidentimiz tomonidan e'lon qilindi. Teleko'rsatuvlar orqali berilgan «Navro'z telemarafoni» va «Hayot quvonchlari va tashvishiari» ko'rsatuvlarida tasvirlangan qariyalar uylaridagi manzaralar, o'z davrida azizu mukarram bo'lib yurgan ota va onaxonlarimiz ko'rinishlarining (juda yaxshi yaratib qo'yilgan sharoitlarga qaramay) naqadar ayanchliligi har qanday insonning eng nozik dil pardalarini titratib, beixtiyor ko'zlaridan yosh qalqitmay qo'ymaydi.

O'zbek xalqi asrlar mobaynida o'ta mehnatkash, odamshinavanda, mehmondo'st, mehribon, oqilu dono bo'lib shuhrat topgan va hech kimdan o'z mehr-shafqatini ayamagan. Biz shifokorlar xalqimizning asl farzandi sifatida bunday yaxshi udumlarga sodiq qolsak, o'zgalarni o'z mehr chashmamizdan qondira olsak, juda soz bo'larmidi?!

Inson bilan tirikdir inson,

Muhabbatda hayotning boshi,

Odamzodga baxsh etadi jon

Odamlarning mehr quyoshi.




Download 490 Kb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Download 490 Kb.