|
So 'zning otasi
|
bet | 51/60 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 490 Kb. | | #761 |
Maymonid qasamyodi
«Ey, qudratli va himmatli Olloh, mening qalbimni sen yaratgan barcha narsalarga va hakimlik san'atiga bo'lgan muhabbatga to'ldirgin.
Meni boylik va shon-shuhratga intilishdan asragin, toki shifokorlik burchimni bajarishimga halaqit bermasin.
Mening qalbim kuchini shunday oshirgilki, toki u boy va kambag'al, do'st va dushman, pok va gunohkor bandalarga birday xizmat qilishga hamisha tayyor boisin.
Shunday qilginki, mening ko'zim faqat dard chekayotgan kimsanigina ko'rsin. Shunday qilginki, ongim barcha og'ir sharoitlarda ravshan qolsin, chunki tib ilmi buyuk va qimmatlidir, u sen yaratgan narsalarning hayoti va sog'lig'ini saqlash maqsadidadir.
Shunday qilginki, bemorlarim menga va mening amaliyotimga ishonsinlar, men bergan ko'rsatma va maslahatlarga amal qilsinlar. Ulaming qalblarini yolg'ondan va shifokorlikdan xabari bo'lmagan yaqin qarindoshlarining turli maslahatlaridan hamda qilmishlaridan saqlagin.
Ey, Olloh menga o'jar va qo'pol bemorlar bilan yaxshi munosabatda bo'lishga sabr-toqat bergin.
Shunday qilginki, men hamma narsada me'yorda bo'lay, lekin fanga bo'lgan muhabbatim cheksiz bo'lsin.
Meni hamma narsani bilaman, degan fikrdan uzoqlashtirgin.
Menga nur, xohish va imkoniyat berginki, toki bilimimni yanada chuqurlashtirib, azob chekayotganlar foydasiga qo'llay.
|
| |