Suqrot
Yaxshi gapirish, oddiy qilib aytganda, ovoz chiqara turib yaxshi o'ylash demakdir.
E.Renan
Shuni yodda tutingki, so'zlash qobiliyati hodisalar ichiga kirishning yagona va bebaho vositasidir.
N.Pirogov
Amalda qo'llanilmadimi, har qanday va'z ham behuda va quruq bo'ladi-qo'yadi.
Demosfen
Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi.
R.Emerson
Notiqlikdan maqsad odamlarni ishontirishdir. EChesierfild
Notiqning asosiy san'ati o'sha san'atini ko'zga tashlatmasligidir.
Kvintilian
Til hammaga, donolik esa kamdan-kam odamga nasib etadi.
K. Karon
Mujmal gapirish har kimning qo'lidan keladi, ravshan gapirish esa ayrim kishilarga xos.
G. Galiley
Nutqlarida teranlik yetishmagan notiqlar bu nuqsonlarini ezmalik bilan to'ldiradilar.
Sh.Monleske
Nutqning kuchi oz so'z bilan ko'p ma'noni angiata olishda.
Pluiarx
Nutq san'atida ko'p gapirishdan ko'ra, lo'nda gapirish qiyin.
I. Vinkelman
Ko`nlingdagi niyatingnigina aytsang, hech vaqt ezma bo'lmaysan.
E.Delakrua
Yaxshi gap qisqa boisa, nur ustiga a'lo nur. B. Crasian
Ma'qul gapirsang, hech qachon ko'p gapirmaysan. J.Renyar
Buyuk aql egalariga oz so'zda ko'p ma'no berish xos bolgani singari, aqli kaltalar, aksincha, ko'p gapirib, tayinli bir narsa aytolmaydilar.
F.Laroshfuko
Notiqlik - javohirning o'zginasi, salmogiga qarab nur taratadi.
L. Tolstoy
So'zdagi aniqlik faqat uslub talabi, yaxshi dil talabigina bo'lib qolmay, balki eng avvalo ma'no talabidir: qayerdaki lanj gap bo'lsa, u yerda fikr ham sayoz bo'ladi.
K.Fedin
Notiqning eng ulug' fazilatlaridan bir zarur narsani aytishidagina emas, balki nozarur narsani aytmasligida hamdir.
Sitseron
Agar notiq gapirmoqchi bo'lgan narsasini mukammal bilmasa, notiqligi uch pul.
Sitseron
Nutq predmetni bilishdan kelib chiqmog'i va rivojlanmog'i lozim. Agar notiq uni qamrab ololmagan va o'rganmagan bo'lsa, har qancha notiqligi behuda.
Sitseron
Haqiqiy notiqlik aytilishi zarur bo'lgan jami narsani, faqat o'shani ayta bilishdir.
F.Laroshfuko
Ehtiyot boiib gapirish - notiqlikdan ham ustun.
F.Bekon
Ma'lumki, notiqlik har vaqt ham fikrlash bilan uyg'un kelavermaydi. S. Moem
Gap kam joyda uning salmog'i ko'p.
V.Shekspir
Qisqalik tilni kuchaytiradi.
R.Sauti
Fikrning chuvalmasligi va, aksincha, uning erkin parvozi uchun lo'ndalik kerak.
Goratsiy
Katta nutqlar o'ta zerikarli va uiarni nihoyatda e'tiborsiz tinglaydilar.
F.Bekon
Agar uzayib ketsa, eng yaxshi nutq ham jonga tegadi.
B.Paskal
O'tkir fikr ortiqcha izoh talab qilmaydi: hammasi ravshan boigach, ortiqcha izohning nima hojati bor? Ezmalik kaltabinlik belgisi. Ma'nosidan so'zi ko'p va'z va xatlarning bari odamning kaltabinligini ko'rsatadi.
A.Sumarokov
Odam qanchalik yaxshi so'zlamasin, shuni unutmangki, u keragidan ortiq gapira boshlasa, pirovardida bema'ni gap aytadi.
A.Dyuma (otasi)
Oz so'z bilan o'rnida keltirilgan bir nechtagina misol fikrni nurlantirib yuboradi. salmog'i va qadrini oshiradi, ammo misollar va tafsilotlar ko'payib ketsa, u har doim nutqni bo'shashtiradi.
L. Vovenarg
Jimjimador gapirishdan saqlan. Til oddiy va go'zal bo'lsin. A.Chexov
Oddiygina qilib, aniq aytish nuimkin bo'lmagan fikryo'q. A.Gersen
Ravshanlik - tilning asosiy faziluti. Arastu
To'ppa-to'g'ri, xotirjam aytilgan so'z - eng to'g'ri so'z. V.Shekspir
Chiroyli gapirish odamga kuch, ammo bir zumgina ta'sir etadi. J.Russo
So'z fikr ifodasi va shuning uchun ham u ifodalanayotgan fikrga mutanosib bo'lmog'i kerak.
L. Tolstoy
So'z fikrni ifoda etadi: fikr ravshan bo'lmasa - so'z ham mujmal. V.Belinskiy
Eng ajoyib fikr ham agar yomon ifodalansa, o'z qimmatini yo'qotadi, agar takrorlanaversa, odamni diqqinafas qiladi.
F. Volter
Fikr ravshanligi ifoda ravshanligini ta'minlaydi. G. Flober
O'tkir so'z xuddi xatga tushganday, bolta bilan ham chopilmaydi. N.Gogol
Nimani aniq tasavvur etolmasang, uni shu qadar chalkash gapirasan: noaniq va chalkash ifoda chalkash fikrning belgisi.
N. Chernishevskiy
Oddiygina gapirayotgan notiqqa taqlid etish avvaliga juda osonday tuyuladi, holbuki tajriba shuni ko'rsatadiki, aslida bundan qiyinroq narsa yo'q.
Sitseron
Miyalarida juda ko'p fikrlan boru, ammo gapga chechan bo'lmaganliklari tufayli so'zlay olmasliklarini ta'kidlaganlar hali o'zlarini uncha anglay olmagan kishilardir.
M. Molt en
Kishiga fikr kelsa, u ravshan gapiradi, lekin u fikrni singdirib olsa, yanada ravshanroq gapiradi. V. Belinskiy
G'o'r fikrlarga tilingni xor etma va uni zinhor amalga oshirma.
V.Shekspir
Eng yaxshi til - tiyilgan til, eng yaxshi nutq - puxta o'ylangan nutq.
L. Tolstoy
So'z fikrni to'g'ri ifoda etsagina yaxshi; so'z charm qo'lqop kiyilganidek emas, balki badanning o'zidan o'sib chiqqan teridek bo'lsagina, fikrni to'g'ri ifodalaydi
V. Ushinskiy
Tez gapirgandan ko'ra o'ylab gapirish afzal. O'ylamay gapirish - mo'ljal olmay otish bilan baravar.
M Servantes
Agar sen bir gapirishdan avval, ikki bor o'ylasang, ikki karra yaxshi gapirasan.
T.Pen
Kimki ko'p fikrlasa, oz gapiradi, chunki u oz so'zga ko'p ma'no singdirishga harakat qiladi.
U.Irvinch
Ushbu qoidaga doimo amal qil: so'zlarga - ixchamlik, fikrlarga esa kenglik kerak.
N.Nekrasov
Qalam - eng yaxshi muallim, qalamdan chiqqan nutq hozirgina o'ylaganidan ko'ra yaxshiroqdir.
Sitseron
Aytadigan gap bo'lmagan chog'da doimo yomon gapiradilar. F. Volter
Masalaning mohiyati avval o'ylab olinsa, gap quyilib kelaveradi. Javohir singari to'yinib nafas olguvchi fikrlarga so'zlar bo'yin egib keladi.
M.Lermontov
Fikr qancha go'zal bo'lsa, ibora ham shu qadar jarangdor. G. Flober
Notiqlik - fikr naqqoshligi. B.Paskal
Chiroyli gapirishdan ko'ra, o'rinli gapirish yaxshiroq. B.Grasman
Ishonch bilan gapir, ana shunda so'z ham, tinglovchilarni mahliyo etish ham o'z-o'zidan kela qoladi.
I.Gyote
Gap so'zda emas, ohangda, qaysi so'zning qanday talaffuz etilishida.
V.Belinskiy
So'zlovchining gapirish ohangi, ko'z qarashlari, butun qiyofasida ham notiqlik aks etadi, bu - so'z saralashdan kam narsa emas.
F.Laroshfuko
Go'zal ish - go'zal so'zdan a'lo. S.Smayh
Aytilayotgan har bir so'z zamirida notiqning ruhiyati lfodalansagina ma'ruza nishonga tegadi; o'sha ruhiyatni uyg'otgan kuch, o'sha ma'naviy holat sezilib turadi.
N.Shelgunov
Zehn tili, agar u yurakdan chiqsa o'z nishoniga tegadi. J.Russo
Qalbdan chiqqan so'z qalbga yo'l soladi. Nizomiy
Ruhiyat kuchi va ehtiros odamlarni notiqqa aylantiradi. Kvintillian
Yaxshi notiq bo'laman degan odam dangalini aytadi. Samimiy nutq, may va muhabbat singari, ayni shunday samimiyat tug'diradi.
M.Monten
Ma'ruzachining odobi so'ziga qaraganda ko'p ishontiradi. P. Sir
Isnodli ishlarni qiladiganlarning ko'pchiligi chiroyli gapiradi. Demokrit
Vijdonsiz notiqlar yomonni yaxshi deb tushuntirishga harakat qiladilar. Aflotun
So'zdan halol foydalanish kerak. N.Gogol
Notiq odam sofdil bo'lmog'i zarur. U o'z notiqligini suiste'mol qilmasligi kerak. P. Ramus
Odam tili bilan hayvondan ustun, ammo tildan nojoiz foydalansa hayvondan battar.
Sa 'diy
O'zgalarga biron narsa deyishdan avval, o'zingga aytib ko'r. Seneka
Miyangga kelganini gapiraverishing shart emas, bu nodonlik bo'lur edi, lekin nimaniki gapirsang, bari dilingdagi fikringga mos tushmog'i lozim, aks holda ashaddiy yolg'onchilik qilgan bo'lasan.
M.Monten
Ma'ruza - ayollar ko'ylagi kabi hayoni saqlash uchun yetarlicha uzun va kishi diqqatini jalb qilar darajada qisqa bo'lgani yaxshi.
Ye. Tareev
Qani endi o'zini ziyoli deb hisoblagan har bir odam tilimizga kerakli bir so'z olib kirsa, unutilgan biror so'zimizni tiriltirib, lug'atlarimizga qo'shsa.
Erkin Vohidov
So'z so'zlashda va undan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. Abdulla Qodiriy
Til boyligi tafakkur boyligidir. Abdulla Qahhor
|