• UXBIR TASVIR ORTIDA
  • TASVIRDA INTERVYU: MUXBIR TASVIR ORTIDA
  • Muallif: Odiljon Tursunov Tasvirchi: Baxtovar Tursunov. TITR UCHUN
  • Ustozlar milliy forumi




    Download 18.88 Kb.
    Sana21.09.2023
    Hajmi18.88 Kb.
    #83229
    Bog'liq
    2-USTOZLAR MILLIY FORUMI
    Fuqarolik jamiyati - Vikipediya, Multimedia texnologiyalari, 23.12.2021, ВЫФРВЫФАГВГФЙГД, 315-316-гурух амалиёт, Boshlsng\'ich sinf. axbor.tex, amaliy - 11 6- semestr, 1-MAVZU, Tursunov Ozodbek, disserCat, Hisobot.doc 1-semestr, ХУРРАМОВ.Р 1-ИЛОВАВА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТ ИШЛАРИ, Bog\'lovchi va uning grammatik xususiyatlari, maqollar, Elmira Mamaziyayava Orol fojiasi

    Sariosiyo tumanida o`tkazilgan “2-USTOZLAR MILLIY FORUMI”dan
    olingan lavha SSENARIYSI.
    BOSHLOVCHI:
    Yangi o`quv yili oldidan har yili o`tkazilishi an`anaga aylangan “Avgust kengashi” mana ikki yildirki yangi nom, yangi tizim asosida “USTOZLAR MILLIY FORUMI” sifatida o`tkazilmoqda. 2023-2024-o`quv yili oldidan tashkil etilgan tadbirlar esa bu yil "Sifatli ta’lim – kuchli jamiyat" shiori ostida tashkil etilmoqda. Kuni –kecha Sariosiyo tuman maktabgacha maktab ta`limi bo`limi tasarrufidagi ta`lim muassasalari ustoz-murabbiylari ishtirokida 80-umumta`lim maktabida “2-USTOZLAR MILLIY FORUMI” bo‘lib o‘tdi.
    Mavzu haqidagi to`liq tavfsilotlar muxbirimiz lavhasida.
    MUXBIR TASVIR ORTIDA:
    Dastlab tajriba sifatida tanlab olingan 80-umumiy o`rta ta`lim maktabi haqida:-
    Ta`lim muassasi 600 o`ringa mo`ljallangan bo`lib yangi o`quv yilida 800 nafar o`quvchi yoshlar ikki navbatda 60 nafar pedagog xodimlardan ta`lim-tarbiya oladilar. Zamonaviy tarzda qurilgan o`quv binosi, keng va yorug` sinfxonalar yangi o`quv yiliga shay holga keltirib qo`yilgan.
    Bu ham forumga tashrif buyurgan o`qituvchilarga juda katta qiziqish uyg`otdi albatta .
    Tadbirni kirish so‘zi bilan Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev ochib berdi:
    — Bugungi kunda o‘qituvchilarning nufuzini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shunga mos tarzda ta’lim sifatini oshirish, chet tillarini puxta o‘rganish, moliyaviy savodxonlikni oshirishi hamda amaliyotga bog‘lagan holda dars o‘tish zamon talabiga aylanib bormoqda. Umid qilamanki, bugungi forum yangi o‘quv yili oldidan barchamizni oldimizda turgan dolzarb vazifalarni belgilab olish uchun o‘ziga xos maydon vazifasini bajaradi ,-dedi tuman hokimi o`z so`zida.
    Shundan so`ng tumandagi ko`p yillik tajribaga ega bo`lgan pedagog –murabbiylar tomonidan tashkil etilgan mahorat darslarini ham kuzatildi. Forumda ishtirok etayotgan o`qituvchilar bilan ta`lim tizimida joriy etilayotgan yangiliklar va o`zgarishlar borasida suhbat olib borildi.
    Tajribali murabbiylar tomonidan bоshlang`ich sinflarda yangi avlod darsliklarini o`tish metodikasi yuzasidan amaliy va nazariy tushunchalar berildi.
    TASVIRDA INTERVYU:
    MUXBIR TASVIR ORTIDA:
    Yana shuni ta`kidlash mumkinki yaratilayotgan yangi avlod darsliklarida o`quvchi yoshlarning ilk sinflardanoq chet tillarni o`rganishlari, kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlari va albatta axborot texnologiyalari bo`yicha savodxonliklariga alohida e`tibor qaratilgan.
    TASVIRDA INTERVYU:
    MUXBIR TASVIR ORTIDA:
    — Maktabni o‘zgartirmasdan turib jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu — bog‘cha va maktabdir. Ularni muqaddas dargoh qiladigan kuch esa pedagoglarimiz hisoblanadi. Ustozlar milliy forumi doirasida tumandagi 9-MTT ta tashkil etilgan seminarda ham aynan yuqoridagi fikr va mulohazalar bildirildi.
    Seminar davomida maktabgacha ta`lim tashkilotida bugungi kunda amalga oshirilishi kerak bo`lgan vazifalar, yangi texnologiyalar asosidagi tarbiya yuzasidan tajribalar almashildi.
    Tumandagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabida tashkil etilgan tadbirda esa maktabgacha va maktab ta`lim tizimida faoliyat ko`rsatayotgan psixologlar “Ta`lim muassasalarida psixologik xizmatning asosiy yo`nalishalri va innovatsion yondashuvlar” mavzusida Respublika maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan ZOOM dasturi orqali o`quv-seminar tashkil etildi.
    Shuningdek matematika va informatika o`qituvchilari ishtirokida tajribali pedagoglar tomonidan trening darslari tashkil etilib fanga doir yangiliklar xususida fikr almashildi.
    Bu esa tizimda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilarimizning kelajak taraqqiyoti poydevorini yaratishlari bilan bir qatorda o`zaro tajriba almashish va yangi bilimlarni egallashlariga ko‘mak berishi bilan ahamiyatlidir .
    Muallif: Odiljon Tursunov
    Tasvirchi: Baxtovar Tursunov.
    TITR UCHUN: USTOZALR MILLIY FORUMI O`TKAZILMOQDA.
    TA`LIM TIZIMIDA AMALGA OSHIRILISHI ZARUR BO`LGAN VAZIFALAR BELGILAB OLINDI.
    Download 18.88 Kb.




    Download 18.88 Kb.