|
Sof fe’l, ikkinchi o’g’lining ismi Harakat nomi, uchinchisiniki Sifatdosh
|
Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #141727 |
Bog'liq ONA TILI SILAYT Bir bor ekan, bir yo’q ekan. Qadim zamonda Fe’l ismli boy bo’lgan ekan. Uning to’rt nafar o’g’li bor ekan. Katta o’glining ismi Sof fe’l, ikkinchi o’g’lining ismi Harakat nomi, uchinchisiniki Sifatdosh va kenjasining ismi Ravishdosh ekan. - @YILLIK_KONSPEKT kanali uchun
Bir kuni Fe’l-Boy o’z o’gillarini dunyo kezishga jo’natib yuboribdi.Barcha o’gillarining qilgan ishlarini Sof fe’l boshqarib,nazorat qilar, u inilariga doim hamroh bo’lar ekan. Nihoyat, o’g’illar safardan qaytib kelishibdi, ular ko’rgan-kechirganlarini birma-bir so’zlab beribdilar. Birinchi bo’lib Harakat nomi so’zlabdi: -Men Ot degan joyga bordim. U yerdagi odamlar Kim?, Nima? degan so’roqlarga javob berar ekan.Bu odamlar –v, -uv, -ish, -sh, -moq degan liboslarda yurar ekan. Men o’sha joydan sizga o’qish, uquv, bilmoq, olg’a bormoq, o’qimoq, kabi sovg’alarni olib keldim. - Navbat Sifatdoshga kelibdi:
- -Men yo’l yurib, yo’l yursam ham mo’l yurib Sifat degan go’zal bir vodiyga borib qoldim.Bu vodiyda ochilgan gullarni, sharqiragan tez oqar suvlarni, sevib yeydigan mevalarni, yoqimli sayrayotgan bulbullarni ko’rib lol qoldim.
Oxirida Ravishdosh ko’rganlari so’zlay boshladi: -Men yo’lda bir nuroniy boboga duch keldim. Bu boboning ismi Ravish bobo ekan. Ravish bobo men bilan kulib-kulib suhbatlashdi. Bu suhbatlarimiz tong otguncha davom etardi. Vaqt bo’lgach, yo’lga tushdim, bu ko’rganlarimni sizga aytgani shoshdim. Fe’l-Boyning Harakat nomi, Sifatdosh, Ravishdosh o’g’illariga hamma havas bilan qarar edi.Bu o’g’illarining ahilligida Sof fe’lning xizmati katta ekan. Ularni bir dam bo’lsa-da bo’sh qo’ymas, doim biror foydali yumush bilan band bo’lishlarini,doim aniq maqsad sari faqat olg’a intilishlarini buyurar ekan. Boyning ismi nima ekan? - Boyning ismi nima ekan?
- Uning nechta o’g’li bor ekan?
- O’gillarining ismini ayting-chi?
- Harakat nomi nimalar olib keldi?
- Sifatdosh qanday joylarda bo’libdi va nimalarni ko’ribdi?
- Ravishdosh kim bilan suhbatlashibdi?
- Sof fe’l qanday vazifa bajarar ekan?
Intilish va amal insonga fayz-kamol baxsh etadi, ulug’ darajaga yetkazadi. - Intilish va amal insonga fayz-kamol baxsh etadi, ulug’ darajaga yetkazadi.
- Donolardan o’rganish va o’rgangan narsalarni boshqalarga o’rgatish eng buyuk insoniy belgilardandir.
- Ilm o’rganishdan murod mansab emas, xalq va Vatan oldidagi burchni oqlash uchundir.
Bu usuldan kutilgan natijalar: - 1.Mavzudan kelib chiqib savol va topshiriqlar yordamida o’z fikrini og’zaki ,aniq,tushunarli bayon qila olish, mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob berishda o’quvchilarning yoshi va qiziqishlari hisobga olinadi.
- 2.Ertak usuli o’quvchilarda diqqatni bir joyga jamlash va komunikativ kompetensiyaning suhbatdosh fikrini diqqat bilan tinglash komponentini shakllantirishga yordam beradi.
3.Axborot bilan ishlash kompetensiyasining ma’lumotlar ichidan zarur axborotlarni izlab topish va ular ichidan eng zarurlarini tanlab olish elementini shakllantirishga yordam beradi. - 3.Axborot bilan ishlash kompetensiyasining ma’lumotlar ichidan zarur axborotlarni izlab topish va ular ichidan eng zarurlarini tanlab olish elementini shakllantirishga yordam beradi.
- 4.Ertak voqealari asosida umummadaniy, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasining bir qator komponentlarini shakllantirishga erishish mumkin.
- 5.Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasining olgan bilimlarini kundalik faoliyatida qo’llay olish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lash ,tizimlar, voqealar va hodisalar,vaziyatlar o’rtasidagi bog’liqlikni tushunish va farqlash ko’nikmasini shakllantirish mumkin.
- E'tiboringiz uchun
- rahmat!
- @YILLIK_KONSPEKT kanali uchun
|
| |