Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari




Download 37,19 Kb.
bet3/5
Sana09.12.2023
Hajmi37,19 Kb.
#114788
1   2   3   4   5
Bog'liq
Soliq

2. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari

Soliqlarning yuzaga kelinishini qadimiy manbalardan ham kuzatish mumkin. Ammo soliqlardan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda davlat ulardan qurol sifatida foydalanganligini faqat yuzaga kelgan soliq turlari orqali bilish mumkin.


Agarda ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarga bir nazar tashlasak, unda davlat soliqlaridan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda muntazam foydalanganligidan xulosa chiqarib olishimiz mumkin bo‘ladi. Hatto davlatchilikning shakllanishida ham soliqlar yetakchilik qilishgan. Chunki davlatning paydo bo‘lishi mukammal barqarorlashmagan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tayangan. Shuning uchun ham davlatning paydo bo‘lishining dastlabki bosqichida moliyaviy va iqtisodiy ishlarni jonlantirishda davlat hukmdorlari har xil soliq to‘lovlaridan foydalanishgan va o‘z oldilarida turgan muammolarni yechishga harakat qilishgan. Lekin shuni ham ta'kidlab o‘tish kerakki, o‘rta asrning barcha moliya fani namoyandalari davlatning o‘z vazifalarini bajarishda soliqlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish muhim, deb fikr bildirishgan. Bunday fikr hatto hozirgi taraqqiyot bosqichimizda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuni ham ta'kidlab o‘tish joizki, soliqlarni mohiyatini ochishda, ulardan davlat oldida turgan vazifalarni bajarishda o‘ziga xos tushunchalarda nomayon bo‘ladigan “qurol” yoki “vosita” so‘zlariga tayanilishi soliq munosabatlarini cheklanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo “qurol” va “vosita” so‘zlari soliq munosabatlari doirasida davlatning rolini ifodalantirish bilan cheklanadi va soliqlarni aniq ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni harakatga keltirishdagi mohiyati va ahamiyatini ifodalab bera olmaydi. Buning sababi soliqlarni soliq oluvchi va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi obektiv pul munosabatlarini emas, balki yangi qiymatni yuzaga keltirishda namayon bo‘ladigan pul munosabatlarida o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham ularni majburiy to‘lovlar sifatida yuzaga kelishida daromad, foyda, mol-mulk, qiymat taqsimoti muhim manba va soliq obektlari rol o‘ynaydilar. Bu borada shuni ham izohlab o‘tish kerakki, soliqlarni majburiyligi ham ularning mohiyatini emas, balki ularga xos bo‘lgan demokratik xususiyatni aks etiradi, xolos. Buni soliqlarga xos majburiylik xususiyatlari huquqiy me'yorlarga asoslanadi. Bunday huquqiy me'yorlar davlatlarning parlamentlari tomonidan o‘rganiladi va jamiyat manfaatlariga molik darajada yetkazilishi orqali qabul qilinishi mumkin.
Shunday qilib soliqlar o‘z mohiyatidan kelib chiqib yangi qiymatni yuzaga keltirishi bilan bog‘liq pul munosabatlarini ifodalaydi.
Demak, soliqlar mohiyatida yangi qiymatni yuzaga keltirishi bilan bog‘liq pul munosabatlari yotadi. Shuningdek, ular moliyaning tarkibiy qismi bo‘lib, uzoq muddatlarni mo‘ljallangan huquqiy me'yorlar bilan mustahkamlangan. Lekin qonunlar bilan mustahkamlangan soliqlar turli omillar ta'sirida ko‘zda tutilgan natijalarni qo‘lga kiritishiga xizmat qilmasligi ham mumkin. Shu bois ham soliqlar samarali natijalarni qo‘lga kiritilishini ta'minlashi va uzoq muddatlarga xizmat qilishi uchun soliq munosabatlarini to‘liq ifodalaydigan, ilmiy asoslangan soliq siyosatiga va Respublikamiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlariga bevosita asoslanishi shart.
Soliqlar yangi qiymatni yuzaga keltirishi bilan bog‘liq pul munosabatlarini ifoda etganligini e'tiborga olgan holda ularning mohiyatini to‘liq yoritilishi soliq munosabatlarini ifodalovchi bir tomondan davlat va ikkinchi tomondan ularni to‘lovchilari, ya'ni huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi yuzaga keladigan majburiy to‘lovlar, shuningdek, soliqlar funksiyalari bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham soliqlar mohiyatini soliq to‘lovlari bilan bog‘liq munosabatlar va soliq funksiyalari orqali ifodalab borish zarur.
Soliqlar obektiv taqsimlash munosabatlari orqali kengaytirilgan ishlab chiqarishning hamma bosqichlarida ishtirok etadi va ishlab chiqarish munosabatlarida o‘z aksini topadi. Soliqlarning jamiyat iqtisodiy bazasini ifodalashi tufayli ishlab chiqarishni qiziqtirishda, tovar ishlab chiqarish orqali iste'molni tartibga solishda va markazlashtirilgan pul jamg‘armalarini yuzaga keltirishda, ijtimoiy himoya va boshqa ijtimoiy zaruriy maqsadlar yo‘lida ulardan keng foydalanib kelinmoqda.
Yuqoridagidan kelib chiqqan holda shuni ham ta'kidlab o‘tish joizki, amaliy jihatdan soliqlarning qonuniy harakatlari orqali ularning mohiyatini ifodalash mumkin:

  • birinchidan, soliq to‘lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga to‘lar ekan, buning evaziga tovar yoki xizmat olmaydi. Soliq miqdori bilan u iste'mol qilgan ijtimoiy ne'mat o‘rtasida bog‘liqlik yuzaga kelmaydi. Shu xususiyatga ko‘ra soliq to‘lovchi ko‘rsatgan foydasini yoki manfaatini to‘lagan soliqlar bilan solishtirsa, unda bunday holat daromadlarni yemirilishiga, soliq to‘lashdan bosh tortishga sabab bo‘lishi mumkin. Davlat o‘z fuqarolaridan yig‘ib olgan soliqlarni samarali va oshkora tarzda ishlatsa, hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlatning iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa dasturlarini o‘z mablag‘lari hisobidan oqilona va ixtiyoriy ravishda ta'minlashga rozi bo‘lgan taqdirdagina davlat miqyosida yuksak soliq axloq tamoyillari yuzaga keltirilishi uchun zamin yaratiladi;

  • ikkinchidan, soliqlar to‘la o‘z vaqtida to‘lash uchun javobgarligi soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan ekan, u ixtiyoriy emas, balki majburiy xususiyatga ega bo‘lishi muqarrarligi;

  • uchinchidan, davlat foydasiga amalda yuzaga keltirilgan daromadning avvaldan qonun doirasida belgilab qo‘yilgan qismini undirib olinishi bilan.

Soliqlar iqtisodiy faollikni tartibga solish orqali takror ishlab chiqarish jaryoniga ta'sir ko‘rsatadi. Davlat foydaga solinadigan soliqlardan foydalanib, sarmoyani jamg‘arish jarayonlariga ta'sir ko‘rsatadi, masalan: jadallashtirilgan amortizatsiya ajratmalari orqali.
Jadallashtirilgan amortizatsiya usuli iqtisodiyotining korporativ sektorida kapital qo‘yilmalarni ko‘paytirishning muhim omili hisoblanadi, chunki uni qo‘llash orqali fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirish, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, rivojlantirish imkoniyatlari yaratilishi mumkin.
Soliqlar orqali to‘lovchilar va byudjet o‘rtasida daromadlar taqsimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini, albatta e'tiborga olish zarur. Soliq to‘lovchilar daromadini davlat oʻz xohishicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga olishning ma'lum chegarasi mavjud. Shu bilan birga, soliq to‘lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyati hisobiga olinib, soliq belgilanadi.
Shuning uchun ham, Davlat soliqlardan makroiqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini yaratish va boshqa umumdavlat maqsadlari uchun yetarli moliyaviy resurslar to‘plashda keng foydalanishi lozim.
Shu o‘rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta'riflarni keltirib o‘tish o‘rinlidir. “Soliqlar, - deb yozadi D.Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan yer resursi va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to‘lanadi”. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, D.Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z navbatida A.Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma'lum darajada rivojlanishiga o‘zining hissasini qo‘shgan.
Soliqlar bo‘yicha yana bir ta'rif S.G. Pepelyaev tomonidan berilgan: “Soliq – ommaviy hokimiyat subektlarining to‘lov qobiliyatini ta'minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda xolisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta'minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan.
Hozirgi paytda iqtisodiy adabiyotlarda soliqlarning iqtisodiy mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan qator ilmiy ishlar chop etilgan. Masalan, “Siyosiy iqtisod” izohli lug‘atida so­liqlar “… korxona, tashkilot va aholini, mamlakat moliyaviy resurslarini tashkil etishdagi ishtirokini xarakterlovchi majburiy to‘lovlar tizimi”, deb izohlanadi.
Professor D.G. Chernikning fikricha, “Soliqlar – davlat tomonidan xo‘jalik subektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi”.
Professor B.G. Boldirev boshchiligida yozilgan “Kapitalizm moliyasi” o‘quv qo‘llanmasida soliqlarga quyidagicha ta'rif berilgan: “Soliqlar – davlat tomonidan undirib olinadigan, jismo­niy va huquqiy shaxslarning majburiy to‘lovlari” haqiqatan ham yuqorida keltirilgan ta'riflar eng sodda va keng omma uchun qulay va tushunarli bo‘lishi mumkin. Lekin bu ta'riflar o‘zida soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini to‘laligicha aks ettira olmaydi. Bundan tashqari, ushbu to‘lovlar nima maqsadda undirib olinishi hamda qachon undirib olinishi to‘g‘risida yetarli ma'lumotlar bera olmaydi.
Soliqlar davlat byudjeti daromadlarini tashkil etuvchi asosiy manba va iqtisodiyotni boshqaruvchi muhim qurol hisoblanadi. Biroq bu ta'rif soliqlarning mohiyatini to‘laligicha yorita olmaydi hamda soliqlarning tashkiliy-huquqiy tomonlarini o‘zida aks ettira olmaydi. Bundan tashqari iqtisodiy munosabat sifatida, bu munosabatlar obekti bo‘lib nima hisoblanadi, degan savollarga javob bera olmaydi.
Soliqlarni ta'riflashda iqtisodiy adabiyotda umumiylik va xususiylik mavjud. Umuman, soliqlar davlatning mavjud bo‘lishi uchun zaruriyat bo‘lib, davlat va mahalliy hokimiyat tuzilmalarini moliyaviy jihatdan ta'minlash, davlat o‘z zimmasiga olgan vazifalarni bajarishi uchun o‘rnatilgan stavkalarda majburiy tarzda undiriladigan hamda uni to‘lovchilarga yakka tartibdagi ekvivalent huquqini bermaydigan to‘lovlar hisoblanadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, prof. O. Olimjonovning fikriga ko‘ra, soliqlar quyidagicha ta'riflansa, soliqlarning mohiyati kengroq yoritiladi va maqsadga muvofiq bo‘ladi: “Soliqlar – davlat va jamiyatning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan hajmda va o‘rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to‘lovlardir”.
Bozor iqtisodiy munosabatlariga o‘tish va zamonaviy tuzilmalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi soliq tizimini qayta ko‘rilishini taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasini mustaqil deb e'lon qilinishi huquqiy jihatdan ta'minlangan munosabatlarni, shu jumladan soliq munosabatlarini qayta ko‘rish zaruriyatini keltirib chiqardi. Avvalo 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning soliqlari to‘g‘risida”gi qonun 1997-yil 24-aprelida O‘zbekiston Respublikasining “Soliq kodeksi”ni qabul qilinishini, o‘tish davrigacha amal qilingan aksariyat soliqlarni bekor qilinishi hamda yangi soliq xillarini amalyotga joriy etilishiga imkoniyat tug‘dirib berdi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga javob beradigan soliqlarni amal qilishi, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlanishiga va uni rivojlantirilishiga sabab bo‘ldi. O‘tish davrining nobarqarorlik jarayonlari yuzaga kelganda, ularni bir tomondan davlat oqilona soliqlardan foydalangan holda tartibga solishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan davlat soliqlar orqali o‘z oldida turgan vazifalarini va funksiyalarini bajarishda yetarli darajada markazlashtirilgan pul mablag‘larini tashkil etishga zamin yaratib beradi. Demak soliqlarning obektiv zarurligi nafaqat zamonaviy munosabatlarni, iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmalarni yuzaga kelishi, balkim ana shunday tuzilma va munosabatlarni tartibga keltirish, davlatni boshqarish bilan bog‘liq davlatning funksiya va vazifalarini mablag‘ bilan ta'minlanishning zarurligidan kelib chiqadi.
Shunday qilib soliqlarning obektiv zarurligi quyidagilar bilan bog‘liq bo‘ldi:

  • Bozor iqtisodiy munosabatlarini aks ettiruvchi qonunlarni qabul qilish bilan;

  • Turli mulk shaklidagi xo‘jalik subektlarini va erkin narxlarni amal qilishi aholi bilan xo‘jalik subektlari o‘rtasida faqat qonuniy, huquqiy, demokratik munosabatlarini shakllanishi bilan;

  • Markazlashgan ma'muriy taqsimotdan o‘z-o‘zini moliyalashtirishga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni xo‘jalik subektlarida mustaqil taqsimotini va rejalashtirilishini amalga oshirilishi bilan;

  • Bozor iqtisodiy munosabatlariga o‘tish bosqichlarida xo‘jalik subektlari faoliyatida yuz berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar, ishlab chiqarish hajmini pasayishi yoki faoliyatni to‘xtatilib qo‘yilishi byudjet daromadlarini pasayishi va ularni qoplash uchun salmoqli daromadlar bo‘lishini ta'minlash faqat egri soliqlar orqali hal etilishi bilan.

Ammo yuqorida keltirilgan dalillar nafaqat zamonaviy soliq munosabatlariga amal qilishni, shuningdek, soliq tizimini qayta ko‘rishning zarurligi bilan ham bog‘liq bo‘ldi.
Yangi soliq xillarini ularni yuzaga keltiruvchi manbalar va obektlarini qonunlar doirasida tashkil etilishiga asos yaratilishi, shular orqali ko‘p-mulkchilikni amal qilishiga va rivojlanishiga sharoit yaratilishi, erkin faoliyat

Download 37,19 Kb.
1   2   3   4   5




Download 37,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va xususiyatlari

Download 37,19 Kb.