• Foydalanilagan adabiyotlar
  • O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar




    Download 37.19 Kb.
    bet5/5
    Sana09.12.2023
    Hajmi37.19 Kb.
    #114788
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Soliq
    postmodirizm
    4.O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
    Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi soliq tizimini tashkil etadi. Bu ta'rif soliq tizimini keng ma'noda tushunishdir. Soliq qonunchiligida soliq tizimi tor ma'noda talqin qilinib, bir xil mohiyatga ega bo‘lgan va markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq, yig‘im, boj va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘indisi soliq tizimi deb ataladi. Soliq tizimiga nisbatan bunday yondashuv ayrim adabiyotlarda ham keltirilganligini ta'kidlash o‘rinli. Qayd etilgan ta'rifda soliq va yig‘imlar yagona mohiyat, ya'ni “majburiy xarakterga ega bo‘lgan munosabat” va ularning bir-biri bilan bog‘liqligini hamda uning byudjetga kelib tushishini ko‘rsatadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yerda bahsli masala ham mavjud, ya'ni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga to‘lovlarni ham majburiylik nuqtayi nazaridan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud. Bu borada soliqlarni tartibga solish muhim ahamiyatga ega.
    Soliqlarni tartibga solish – milliy iqtisodiyotning rivojlanish sur'atlariga mos ravishda soliq yukini o‘zgartirish maqsadida soliq siyosati doirasida davlat tomonidan amalga oshiriladigan jarayonlarni bir me'yorga keltirish maqsad qilingan normativ-huquqiy hujjatlar yig‘indisidir.
    Soliqlarni tartibga solishning maqsadi iqtisodiyotni rivojining barcha darajalarida barqaror iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy rivojlantirish sharoitlarini yaratish maqsadida kompleks choralar, mexanizmlar, vositalar va harakatlarni shakllantirish hisoblanadi.
    Demak, soliq siyosati, soliq ma'murchiligi, soliq mexanizmi, soliq nazorati kabi toifalar zamirida soliqlarni tartibga solish yotadi. Soliqlarni tartibga solish ushbu tushunchalarni bir qator vositalar orqali amalga oshiradi.
    Soliqlar bo‘yicha izlanishlar olib borgan ayrim mualliflarning soliq tizimiga yondashuvi boshqacha. Soliq tizimiga, xususan, soliqlar yoki ularga tenglashtirilgan to‘lovlar tizimi (majmui) sifatida qarash mumkin emas. Soliq solishning muhim shart-sharoitlariga quyidagilar: soliqlarni belgilash va amalga kiritish tartibi, soliqlarning turlari, ularni byudjet darajalari o‘rtasida taqsimlash tartibi, soliq nazoratini amalga oshirish shakllari va uslublari, soliq to‘lovchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular manfaatlarini himoya qilish usullari, soliq munosabatlari ishtirokchilarining javobgarligi kiradi va shu bilan birga ushbu elementlar soliq tizimining tarkibiy unsurlari ekanligini ta'kidlaydi. Soliq tizimini ana shu elementlarning majmuasidan iborat bo‘lgan va ular o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidan kelib chiqqan holda ifodalash mumkin.
    Umuman olganda soliq tizimini tarkiban soliqqa tortish tamoyillari, soliq siyosati, soliqqa tortish tizimi, soliq mexanizmi kabilarga ajratish mumkin. Ushbu elementlar bevosita mamlakatda amal qilayotgan soliqlarning tarkibini belgilab beradi.
    Soliq tizimining asosi bo‘lgan soliqlar o‘ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ularning obektiga, xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy faoliyatiga ta'sir etishiga, undirilish usullari, paydo bo‘lishiga (subektiga), byudjetga yo‘naltirilishiga va boshqa belgilariga ko‘ra ularning tasniflanishidir.
    Soliqlarni bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad ularni taqsimlash tamoyillarini belgilashda, ularning soliq funksiyasi va vazifalarini qay darajada bajarayotganligini baholashda, umuman olganda davlat byudjetini doimiy ravishda va muntazam daromadlar bilan ta'minlashda, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subektlarning tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo‘ymasdan faoliyat ko‘rsatishida soliqlarning har tomonlama ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish, tahlil qilishdan iborat.
    Tarixan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha qilib aytganda undirib olish manbasiga qarab ikki guruhga to‘g‘ri va egri soliqlar guruhlariga bo‘linadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan mablag‘ni tasarruf etishiga, ya'ni byudjetga o‘tkazish nuqtayi nazaridan soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Shuningdek, soliqlar paydo bo‘lish manbaiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo‘linadi. Soliqlarning qayd etilgan guruhlarga ajratib o‘rganishni alohida savol sifatida kengroq yoritishga harakat qilamiz.
    Shu o‘rinda soliqlarni guruhlashning ayrim turlarini ko‘rib chiqamiz. Soliqlarni obekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta'sir ko‘rsatishni o‘rganishning ilmiy va amaliy uslubidir.
    Soliqlar soliqqa tortish obektiga qarab uch guruhga bo‘linadi:
    1. Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo‘jalik yurituvchi subektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig‘imlari va boshqalar kiradi.
    2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to‘lovchi subektlar tasarrufida mavjud bo‘lgan mol-mulkdan, yerdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.
    3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va boshqalar kiradi.
    Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari korxonalar xo‘jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to‘lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to‘lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo‘shiladi (yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va boshqalar). Shu o‘rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyaviy faoliyatiga ta'sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mumkin:
    1. Tovar (ish, xizmat)lar oborotidan to‘lanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga asosan egri soliqlar kiradi, ya'ni qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari.
    2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar.
    3. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar.
    4. Korxonalar foydasidan to‘lanadigan soliqlar: daromad (foyda) solig‘i va boshqalar.

    O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq uning hududida bir qator soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar amal qiladi, ya'ni ularga:


    Umumbelgilangan soliqlar:


    1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i;


    2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i;


    3. Qo'shilgan qiymat solig'i;


    4. Aktsiz solig'i;


    5. Er qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlar;


    6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;


    7. Mol-mulk solig'i;


    8. Er solig'i;


    9. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i;


    10. Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg'isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.


    Boshqa majburiy to'lovlar:

    1. Yagona ijtimoiy to'lov;


    2. Fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga sug'urta badallari;


    3. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratmalar;


    4. Respublika yo'l jamg'armasiga majburiy ajratmalar;


    5. Respublika yo'l jamg'armasiga yig'imlar;


    6. Davlat boji;


    7. Bojxona to'lovlari;


    8. Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko'rsatish huquqi uchun yig'im.


    Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to'lanadigan soliqlar:


    1. Yagona soliq to'lovi;


    2. Yagona er solig'i


    3. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qat'iy belgilangan soliq




    Xulosa:
    Mening bu “Soliqlar va Soliqqa Tortish” faniga kirish mavzusidan xulosam shuki: soliq turlari, vazifalari, maqsadi, to’lovchilari, va O’zbekistonda soliq to’g’risidagi qonun qoidalarni tushunib yetdim.
    Bu soliq mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirishga yordam beradi. Shuning uchun ham hozirda bizdek talaba-yoshlarga soliq haqida kengroq tushunchaga ega bo’lishimiz uchun soliq to’g’risida yanada takomillashgan dasturlar ishlab chiqish kengroq yo’lga qo’yilgan. Bu mavzu yuzasidan O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar haqida batafsil ma’lumotlar qidirdim va o’zim mustaqil tarzda o’rganib chiqdim.
    Foydalanilagan adabiyotlar:


    Soliqlar va soliqqa tortish: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik / A.V. Vahobov, A.S. Jo‘rayev; O‘zR oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent Moliya in-ti, — Toshkent: Sharq, 2009. — 448 b.
    Gataulin Sh. Soliqlar va soliqqa tortish. Ò.: 1996. 18-bet.
    Yahyoyev Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. T.: «G‘afur G‘ulom», 2000-y. 10-bet.

    Download 37.19 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 37.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar

    Download 37.19 Kb.