|
Soliqlarning funksiyalari va tamoyillari
|
bet | 4/5 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 37,19 Kb. | | #114788 |
Bog'liq Soliq3. Soliqlarning funksiyalari va tamoyillari
Har qanday iqtisodiy toifaning mohiyati va iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida tutgan o‘rni, uning bajaradigan funksiyalariga bog‘liqdir, shu jumladan soliqlarning funksiyasi yo‘q bo‘lgan iqtisodiy toifaning o‘zi yo‘q. Soliq va uning mohiyati unga mansub funksiyalarda toifaning amaliyotdagi harakatida namoyon bo‘ladi.
Funksiya deganda toifaning hayotda ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlari tushuniladi. Xoʻsh, shunday ekan unda savol tug‘iladi: soliqlarning mohiyati qanday funksiyalar orqali yoritiladi?
Bu to‘g‘risida iqtisodiy adabiyotlarda yagona yondashuvlar bo‘lmaganligi soliqlar mohiyatini yoritishdagi munozaralar kengayib bormoqda. Ko‘pchilik iqtisodchilar va amaliyotchilar soliqlarga xazina va ishlab chiqarishni qiziqtirish hamda nazorat funksiyalari mansub deb hisoblashsa, ba'zilar esa soliqlarga iqtisodni boshqarish funksiyalari ham mansub degan fikrni bildiradilar va ularning xususiyatlarini atroflicha izohlab o‘tishga harakat qiladilar.
Soliq tizimida uning uchta, beshta yoki sakkizta funksiyalarini ajratib ko‘rsatadilar. Agar ular tomonidan alohda ajratilib ko‘rsatilayotgan funksiyalarni bir tartibda keltiradigan bo‘lsak, unda ular qyidagi ko‘rinishda o‘z aksini topmoqa, ya'ni:
Soliqhsobining fiskal (xazinaga oid) funksiyasi;
Taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi;
Ishlab chiqarishni qiziqtirish funksiyasi;
Tartiblashtirish funksiyasi;
Nazorat funksiyasi;
Iqtisodiyotni boshqarish funksiyasi;
Ijtimoiy funksiya;
Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta'minlash funksiyasi.
Ushbu funksiyalar iqtisodchi olimlarimiz tomonidan quyidagicha tavsiflanib kelinmoqda. Misol uchun, soliqlarning asosiy funksiyasi sifatida fiskal funksiya alohida ajratib ko‘rsatilmoqda. Buning sababi shuki, soliqlar yordamida pul resurslarining markazlashtirilgan jamg‘armasi tashkil etiladi. Davlat hokimiyati davlat mudofaasi, boshqaruv organlari, sud organlari va boshqalarni ana shu markazlashtirilgan va xazina funksiyasini boshqaruvchi mablag‘ hisobidan saqlanadi. Shunday ekan, umumdavlat, xalq xo‘jaligi vazifalarini bajarish korxona va fuqarolarning olgan daromadlarini bir qismini soliq to‘lovlari ko‘rinishida va shu orqali davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish soliqlarning fiskal funksiyasining eng muhim elementi bo‘lib hisoblanadi, deb bashorat etilmoqda.
Darhaqiqat, ishlab chiqarishning rivojlanishi soliqlar funksiyasining ahamiyatini oshib borilishidan dalolat beradi. Ishlab chiqarishni rivojlantirilishi munosabati bilan soliqlar tushumidan tashkil etiladigan moliyaviy resurslarning oqimini ham ko‘paytirilishi uchun real zaruriyat yuzaga keladi. Ammo davlatning iqtisodiy-ijtimoiy tadbirlarga borgan sari ko‘p moliyaviy resurslarni sarflashi, soliqlarning fiskal funksiyasi bilan emas, balki taqsimot funksiyasi orqali ta'minlanadi. Ammo bunday jarayonni soliqlarning fiskal funksiyasi orqali amalga oshiriladi, degan fikr-mulohazalarga tayanish taqsimot jarayoniga ta'sir etishi mumkin va oxir-oqibatda ishlab chiqarish sohalarida kutilmagan deformatsiyalarga yoʻl qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuni ham ta'kidlab o‘tish joizki, ayrim iqtisodchilar tomonidan, iqtisodni tartiblashtirish soliqlarning muhim funksiyasi deb bashorat etilmoqda. Ammo ushbu fikrga qo‘shilish funksiyasini tartiblashtirishdan farqi yo‘q degan tushunchani yuzaga keltirib chiqargan bo‘lar edi. Iqtisodiyotni tartiblashtirish funksiya sifatida emas, balki soliqlarni iqtisodiy taraqqiyotda tutgan rolini ifodalovchi amaliy tushunchadir. Chunki davlat soliqlar yordamida tovar sotilishini, mahsulotlar ishlab chiqarishni, xizmatlarni (ishlarni) amalga oshirishning iqtisodiy shart-sharoitini yuzaga keltiradi. Bu bilan xalq xo‘jaligi tarmoqlarining moddiy faoliyati muayyan soliq turi orqali tartibga keltiriladi. Natijada muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur'atlarini rag‘batlantirish imkoniyati yaratiladi. Soliqlar orqali iqtisodiyotni tartibga keltirish sarmoyaning bir tarmoqdan soliqlar ta'sirida maqbul bo‘lgan boshqa tarmoqda qo‘yilishi kuchaytiriladi yoki pasaytiriladi. Soliqlarning iqtisodiyotda tutgan rolini davlatning bajarayotgan vazifalarini samaradorligi darajasi orqali kuzatish mumkin, ya'ni davlat oqilona soliq siyosatini yurgizish orqali soliq yukini kuchaytirmasdan turib samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratiladi. Shunday ekan soliqlarda iqtisodiyotni tartiblashtiruvchi funksiya emas, balki ta'sir etuvchi xususiyat mavjudligi va bunday xususiyat faqat taqsimot jarayonida yuzaga kelishi mumkin.
Xo‘jalik subektlarining byudjet bilan moliyaviy munosabatlarini bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichlarida takomillashtirish iqtisodiy islohotning eng muhim va qiyin muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki iqtisodiy islohotlarni barqarorlashuvi soliqlar orqali davlat byudjet daromadlarini to‘liqligini ta'minlash darajalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ilmiy-texnika taraqqiyotini rag‘batlantirish, narx o‘sishi va inflyasiyani cheklashning asosiy omili bo‘lib ham soliqlar hisoblanmoqda.
Bozor iqtisodiy munosabatlarini evolyusion yo‘llar orqali amaliyotga joriy etilishi soliqlarni davlat byudjeti va mahalliy byudjetlarni to‘ldirishning asosiy manbai sifatida xizmat qilishni kuchaytiradi. Soliqlar xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini qamrab olishi bilan birga har bir soliq to‘lovchiga nisbatan alohida yondashuvni, soliq yengilliklarini yaratib berilishi orqali kuchaytirilishiga ilk zamin yaratib beradi.
Natijada soliqlar davlat byudjet daromadlarini shakllantirishning asosiy manbai sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Soliqlardan tashqari davlat byudjet daromadlari davlat sektoridagi korxona va tashkilotlarning foydasi, davlat mulkini ijaraga berish va davlat qimmatli qog‘ozlaridan daromad olish xususiy tadbirkorlikda davlatning hissaviy qatnashuvidan tushumlar orqali ham tashkil etish imkoniyati yaratib berildi.
Soliqlarning funksiyalari to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o‘rtasida soliqlar ikki funksiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko‘ra eng asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki usiz nazorat funksiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas.
G‘arb iqtisodchilarining ko‘pchiligini nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi. By konsepsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta'minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.
Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L.Xarrot, N.Kaldor, A.Xansen va P.Samuelsonlarning fikriga ko‘ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli imtiyozlar berish yo‘li bilan bu funksiyani bajarish mumkin deb hisoblaydilar.
Soliqlarning daromadlarni boshqarish funksiyasini yuzaga kelishiga fransuz iqtisodchisi Emil de Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra, soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a'zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib, amerikalik iqtisodchilar A.Ilersik, G.Koul, fransuz iqtisodchilari M.Klyudo, J.Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra, davlat soliqlardan va transfert to‘lovlaridan foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funksiyasi mavjud, degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funksiyani bajaradi, ya'ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish. Uning fikriga ko‘ra birinchi funksiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog‘liq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funksiyasi turli imtiyozlar va yengilliklar berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, G‘arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funksiyasi I.Malmiginda taqsimlash funksiyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy rivojlanishi bosqichlarida ushbu rivojlanish jarayonlarini ta'minlash maqsadiga bo‘ysunuvchi vazifalarni bajaradi. Soliqlarning funksiyalari esa ana shu vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Soliqlar bajaradigan vazifalar ko‘pchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida umumiy o‘xshashliklarga ega. Ana shunday an'anaviy soliq vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatni zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta'minlab berish. Soliqlarning fiskallik funksiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, soliqlarning fiskallik funksiyasi shunchalik faol bo‘ladi. Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmasdan, balki davlatning noishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishi bilan ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi.
Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga ko‘maklashish. O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifani bajarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotganligidadir va bu albatta, tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirishning qudratli vositasi bo‘lishi kerak.
Aholining mehnat faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki, ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini olishga mumkin. 70–80-yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda qo‘llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan.
Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat tamoyillari o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo‘yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o‘zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez o‘zgarmaydigan bo‘lishi kerak. Soliq tizimiga mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati susayadi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, soliqlarning byudjetga ijobiy ta'siridan tashqari, muhim iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi va hokazolar yangi paydo bo‘lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarining tabaqalashtirish yo‘li orqali hal etish mumkin.
Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o‘rta va uzoq muddatli vazifalarga bo‘linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat byudjetining tushumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga, balki davlat daromadlarini byudjetning o‘rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.
Soliqlarning funksiyasini o‘rganish ularning iqtisodiyotdagi rolini ko‘rsatib bersa, soliqqa tortish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliqqa tortish, uni undirish amaliyotining mazmunini ochib beradi. Ko‘plab iqtisodchilar soliqqa tortish iqtisodiyotning ravnaqiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tamoyillarni qayd etishgan.
Soliqqa tortish tamoyillarini A.Smit o‘zining “Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari” nomli kitobida (1776) ilk bor asoslab bergan:
1. Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o‘zlari hukumat muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim.
2. Har bir odam to‘laydigan soliq aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak, bunda o‘zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to‘lanadigan vaqti va tartibi uni to‘lovchiga ham, boshqa har qanday odamga ham birday aniq va ma'lum bo‘lishi zarur.
3. Har bir soliq to‘lovchiga har jihatdan qulay bo‘lgan vaqtda va tartibda undirilishi kerak.
4. Har bir soliq shunday tarzda tuzilishi kerakki, bunda soliq to‘lovchining hamyonidan ketadigan pul davlat byudjetiga kelib tushadigan mablag‘ga nisbatan ortiq bo‘lishiga mumkin qadar yo‘l qo‘yilmasin.
Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish samarali tizimining quyidagi tamoyillarini ta'riflab o‘tish mumkin:
1. Yetarlilik tamoyili. Mazkur tamoyilga muvofiq soliqqa tortish darajasi shunday bo‘lishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq xo‘jaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya resurslari to‘planishini ta'minlasin. Shuni ham ta'kidlab o‘tish lozimki, soliq stavkalari o‘z-ozidan soliq yuki ko‘rsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq to‘lovchi soliq to‘lar ekan, davlat tomonidan bepul xizmatlardan bahramand bo‘lgani holda, ayni choqda o‘zining ba'zi xarajatlarini qisqartiradi. Masalan, davlat umumiy foydalanish yo‘llarining holati yaxshi saqlanishini ta'minlash bilan soliq to‘lovchining transport xarajatlarini kamaytiradi, bepul maorif, sog‘liqni saqlashni ta'minlash bilan yollanma xodimlarning xarajatlarini qisqartiradi, demak, ish haqi xarajatlarini ham kamaytirgan bo‘ladi. Shunday qilib, to‘langan soliqlarning faqat xizmatlar ko‘rinishidagi talab etilmagan bir qismigina soliq yuki ko‘rsatkichi hisoblanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, yetarlilik tamoyili soliq siyosatini belgilayotganda uni davlatning qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan qat'iy ravishda uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.
2. Tadbirkorlik va investitsiyalarni rag‘batlantirish tamoyili. Soliq tizimi xo‘jalik yurituvchi subektlarni, jumladan, chet el subektlarini, ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy texnologiyalar sotib olish uchun mablag‘ yo‘naltirishni, ya'ni kapital jamg‘arish va shu yo‘l bilan texnologiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi lozim.
Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishiga to‘sqinlik qilmasligi hamda xo‘jalikni mustaqil yuritish omillarini cheklab qo‘ymasligi lozim. Agar soliqlar katta bo‘lgani uchun tadbirkorlarning ishlab chiqarishni kengaytirishdan, boshqa turdagi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdan manfaatdorligiga putur yetkazsa, mamlakat iqtisodiyoti pastga qarab ketishi xavfi tug‘iladi. Soliqlar miqdori haddan tashqari katta qilib belgilansa, ishlab chiqarish hajmlari kamayib ketadi, bu jarayon zaxiralar, banklardagi pul mablag‘larining barakasi uchishiga, ilgari to‘plangan mablag‘larning yeyilib ketishiga olib keladi.
Bugungi kunda soliq imtiyozlarining qo‘llanilishi ishlab chiqaruvchini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda, ya'ni soliq yukini kamayishidan orttiradigan foydasiga korxonani modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda shu orqali mahsulot raqobatdoshligini oshirish eng asosiy maqsad sifatida belgilangan.
|
| |