|
Solved problems
|
bet | 9/23 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 2,03 Mb. | | #140347 |
Bog'liq Book practise for Semicon (2)
1. Germaniy namunasiga kuchlanganliklari Е = 10, 100 и 1000 V/cm bo’lgan tashqi elektr maydoni qo’yilsa, 300 K haroratda germaniyda elektronlar va kovaklarning o’rtacha dreyf tezligini aniqlang.
(Javob: elektronlarning o’rtacha tezligi 390, 39×102 и 39×103 m/s; kovaklarniki 190, 19×102 va 19×103 m/s)
2. Elektronning xususiy yarimo'tkazgich germaniydagi 10 kV/m elektr maydoni ta’siridagi dreyf tezligini aniqlang. Xuddi shu elektr maydon ta’sirida 10 mm masofaga vakuumdagi tezligini aniqlang. Germaniydagi elektronlar va kovaklarning harakatchanligi mos ravishda: 0,39 и 0,19 m2/(V·s)
(Javob: 3.9 × 103 va 5.93 × 106 m/s)
3. Germaniy namunasining 1 m3 hajmida 1020 ta donor atomlari va 7·1019 ta akseptor atomlari mavjud. Xona haroratida xususiy germaniyning solishtirma qarshiligi 0.6 Ohm·m. Agar namunaga maydon kuchlanganligi 200 V/m bo’lgan elektr maydoni tushirilsa, to’la dreyf toki oqimi zichligini aniqlang. Elektronning harakatchanligi μn = 0.38 m2/(V·s), kovaklarning harakatchanligi μp = 0.18 m2/(V·s). (Javob: 524 A/m2)
4. Uchlariga 6 V potentsial farqi berilgan, uzunligi 5 cm va ko’ndalang kesimi 0,5 ×0,5 cm2 bo’lgan kremniy bo’lakchasi orqali oqib o’tadigan dreyf tokining qiymatini aniqlang. Kremniy n–tipli o’tkazuvchanlikka ega. O’tkazuvchanligi bo’lgan elektronlarning kontsentratsiyasi 1022 m-3, xususiy tok tashuvchilarining kontsentratsiyasi 2,05·1016 m-3. Harorat T = 300 K. Bu haroratda elektronlar va kovaklarning diffuziya koeffitsiyentlari mos ravishda 0,31·10-2 va 0,065·10-2 m2/s. (Javob: 0.576)
5. Solishtirma qarshiligi 5 Ohm·cm bo’lgan kremniy p–tipli kristali orqali kattaligi 10 mA/cm2 bo'lgan dreyf toki oqib o’tadi. Kovaklar va elektronlarning o’rtacha dreyf tezligini toping. (Javob: 25 va 70 cm/s)
6. Xona haroratida (T = 300 K) kremniy monokristalidagi elektronlar va kovaklarning harakatchanliklari mos ravishda μn =1400 va μp =500 cm2/(V·s) ni tashkil qiladi. Shu haroratda elektronlar va kovaklarning diffuziya koeffitsiyentlarini aniqlang. (Javob: 36,1 va 12,9 cm2/s)
7. Germaniyning n–tipli namunasida xona haroratida donor kirishmalar kontsentratsiyasi (T = 300 K) Nd = 1017 cm-3 ga teng. Agar ularning yashash vaqti τn = 50 μs bo’lsa, pn qiymatini va Ln elektronlarining diffuziya uzunligini aniqlang. (Javob: pn = 6.25 · 1017 cm-3; Ln = 7.1 · 10-2 cm)
8. Agar Ge germaniyda elektronlarning diffuziya uzunligi Ln = 0,15 cm va diffuziya koeffitsiyenti Dn = 93 cm2/s bo’lsa, T=300 K haroratda elektronlarning yashash vaqti τn va harakatchanligini aniqlang.
(Javob: τn = 242 μs; μn = 3600 cm2/V·s)
9. Agar kremniyda kovaklar uchun diffuziya uzunligi Lp = 0.07 cm va kirishma akseptorlar konsentratsiyasi Na= l · 1016 cm-3 bo’lsa, xona haroratida p–tipidagi kremniyda kovaklarning yashash vaqti τp va harakatchanligini aniqlang.
(Javob: 400 μs; 462 cm2/V·s)
10. Agar Germaniyda elektronlarning yashash vaqti τn = 500 μs va harakatchanligi μn = 3600 cm2/(V·s) bo’lsa, xona haroratida germaniyda Ln elektronlarining diffuziya uzunligini va Dn germaniyning diffuziya koeffitsiyentini aniqlang.
(Javob: Ln = 21·10-2 cm; Dn = 93 cm2/s)
11. Agar kremniyda elektronlarning diffuziya koeffitsiyenti Dn = 31 cm2/s bo'lsa, T = 300 K haroratda elektronlarning harakatchanligini aniqlang.
(Javob: μn = 1200 cm2/V·s)
|
| |