|
Son Toshkent
|
bet | 2/7 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 95,45 Kb. | | #139980 |
Bog'liq 172-буйруқAxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi (B.Xasanov), Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi (X.Yarqulov), “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MChJ (S.Tajiboyev) O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda 2023-yil 1-noyabrga qadar elektron platformaga kiritilgan ma’lumotlar avtomatik tarzda “Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo” dasturiy-apparat kompleksiga yuborilishini ta’minlash uchun tizimlarni o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
Inson resurslarni rivojlantirish va boshqarish bo‘limi (N.Kadirov), Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi (B.Xasanov), Moliya-iqtisod boshqarmasi (S.Maksudov), Moliya-hisobot bo‘limi (J.Tashmatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari boshliqlari hamda tasarrufiy tashkilot rahbarlari:
2023-yil 1-oktabrga qadar vazirlik markaziy apparati, tasarrufi tuzilmalar hamda hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarni elektron platformaga ulash;
2023-yil 1-dekabrga qadar elektron platformaga ulanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “Uzinfocom” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ - elektron platforma operatori bilan shartnomalar tuzish choralarini ko‘rsin.
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: IA22431934
Belgilab qo‘yilsinki, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi markaziy apparatida “hrm.argos.uz” elektron platformasida ishlash bo‘yicha Inson resurslarni rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i (N.Kadirov) mas’ul hisoblanadi.
Inson resurslarni rivojlantirish va boshqarish bo‘limi (N.Kadirov), Ichki audit boshqarmasi (F.Azizov) vazirlik tizimidagi tashkilot va muassasalarda “hrm.argos.uz” elektron platformasini joriy qilish va ma’lumotlarni o‘z vaqtida hamda sifatli kiritilishini ta’minlash bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazib, rahbariyatga ma’lumot kiritib borsin.
Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir o‘rinbosari R.Turdiboyeva zimmasiga yuklansin.
|
| |