aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal




Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/123
Sana10.06.2024
Hajmi5,19 Mb.
#262306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal
shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir.
Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda
texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan
ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik nashrlarda
«texnologiya» atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: «o’qitish
texnologiyasi», «o’quv jarayoni texnologiyasi», «ma’lumot texnologiyasi» va
hokazo.
O’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash
ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq
o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U
ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir.
PT esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «Ta`lim
beruvchi– moddiy muhit – ta`lim oluvchi (talaba)» funksional tizim qonuniyatlariga
tegishli bilimlar asosida quriladi.
Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata
olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalarni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika
o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat.
Metodikadan ko’zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq
hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini
shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr
bo’limida qo’llash metodikasi va h.k.
PT o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga
keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud
imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta’minlay-di.
Yoxud PT o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani
kafolatlaydigan muolajalar yig’in-disidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi,
natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan


7
metodikadan farqlanib turadi. SHu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida PT
o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi.
Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati
yangicha talqin etila boshlandi. YApon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish
texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan
bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e’tirof etiladi.
Obyektiv borliqni o’rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng
ko’lamda qo’llanilgach, uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham
aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o’quv
maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi.
Shuningdek, olima zamonaviy o’qitish texnologiya-si haqida fikr yuritib, uni alohida
fan sifatida qarash lozimligini o’qtiradi: «O’qitish texnologiyasi – bu o’quv
jarayonini nima real tavsiflasa o’sha, o’qituvchiga o’rnatilgan maqsadlarga erishish
uchun nimaga tayanish zarur bo’lsa o’sha» Bu alohida fan .

Download 5,19 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal

Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish