190
Tarbiyachilar doimo
Ahmadni yaxshi qabul qiladilar, uning onasiga ham
o’g’lining bunday tashrifi yoqadi – tarbiyachilar
bilan uning aloqasi yaxshi, ijobiy
munosabatda.
Kunlarning birida, Ahmadni bog’chadan olib keta turib, Marg’uba opa
(onasi) uning qo’lida begona kichik mashinacha borligini payqab qoldi.
Keysga savol- vazifa:
Nima qilish kerak?
Yechim variantlari:
1-variant
. Boladan quyidagilarni so’rash:
- Ahmad, bu kimning mashinachasi? Uni egasiga berish kerak.
- Men Muqaddas opaning (tarbiyachi) oldiga mehmonga bordim, bolalarga garaj
qurishni o’rgatdim va bilmasdan cho’ntagimga solibman, - deb, Ahmad onasiga ayyorlik
qildi.
- Bolalar oldiga borib, mashinachani qaytarib bergin.
- Yo’q,
u menga yoqadi, menda bunday mashinacha yo’q, - deb Ahmad
qaysarlik qildi.
- Ahmad, bu mashinachani bolalardan biri uyidan olib kelgandir va hozir
yig’layotgandir, izlayotgandir, - deb ona ta’kidlaydi.
- Yo’q, bormayman. Tarbiyachi Muqaddas opaning
jahli chiqadi va menga
mashinachani o’g’irlagansan, deb aytadi, men uyalaman, - deb javob qaytaradi Ahmad.
- Ahmad, kel ertaga birgalikda Muqaddas opaning oldiga boramiz va
mashinachani beramiz.
2-variant
. Vaziyatni oldindan Muqaddas opa
bilan muhokama qilgan holda
bolani mashinachani qaytarib berishga ko’ndirish.
Kechqurun, Ahmadni olib ketishdan oldin, Marg’uba
opa Muqaddas opaning
oldiga kirib, bo’lgan voqeani aytib beradi va bolasi bilan kelishganligini ogohlantirib
qo’yadi. Muqaddas opa onaning yondashuvini qo’llab-quvvatlaydi
va bolaga
mashinachani qaytarish vaqtida xursand bo’lib shunday deydi:
- Ahmad, Ravshanning mashinachasini topib olibsan-ku! Biz esa kun bo’yi uni
izlayapmiz. Ravshan yig’layapti, tezroq kel, uni Ravshanga bergin, senga katta rahmat
deydi.
191
3-variant
. Marg’uba opaning o’zi mashinachani oladi va Muqad-das opaga olib
borib beradi. Vaziyatni tushuntiradi. Lekin, begona narsalarni
olish yaxshi emasligi
haqida oldindan o’g’li bilan suhbatlashadi.