• A.A.Abduqodirov
  • Soxibaxon ped texnologiya doc




    Download 5,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/122
    Sana05.07.2024
    Hajmi5,19 Mb.
    #266712
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   122
    Bog'liq
    Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

    3-vaziyat
    6
    . Ahmad bolalar bog’chasida yana bir yil qolib, boshqa guruhda to’rt
    yil mobaynida tarbiyalangan tarbiyachisini sog’inmoqda. Ahmad ko’pincha o’zining
    avvalgi guruhiga mehmonga keladi: tarbiyachilar bilan muloqotda bo’ladi, bolalar bilan
    o’ynaydi, konstruktordan foydalanib, turli qurilmalarni yasashni o’rganadi va hokazo.
    6
    A.A.Abduqodirov
    «Pedagogika» va «Psixologiya» fanlaridan keyslar va ulardan foydalanish uslubiyoti .-T.: «Fan va
    texnologiyalar», 2015. 38-bet


    190
    Tarbiyachilar doimo Ahmadni yaxshi qabul qiladilar, uning onasiga ham
    o’g’lining bunday tashrifi yoqadi – tarbiyachilar bilan uning aloqasi yaxshi, ijobiy
    munosabatda. Kunlarning birida, Ahmadni bog’chadan olib keta turib, Marg’uba opa
    (onasi) uning qo’lida begona kichik mashinacha borligini payqab qoldi.
    Keysga savol- vazifa:
    Nima qilish kerak?
    Yechim variantlari:
    1-variant
    . Boladan quyidagilarni so’rash:
    - Ahmad, bu kimning mashinachasi? Uni egasiga berish kerak.
    - Men Muqaddas opaning (tarbiyachi) oldiga mehmonga bordim, bolalarga garaj
    qurishni o’rgatdim va bilmasdan cho’ntagimga solibman, - deb, Ahmad onasiga ayyorlik
    qildi.
    - Bolalar oldiga borib, mashinachani qaytarib bergin.
    - Yo’q, u menga yoqadi, menda bunday mashinacha yo’q, - deb Ahmad
    qaysarlik qildi.
    - Ahmad, bu mashinachani bolalardan biri uyidan olib kelgandir va hozir
    yig’layotgandir, izlayotgandir, - deb ona ta’kidlaydi.
    - Yo’q, bormayman. Tarbiyachi Muqaddas opaning jahli chiqadi va menga
    mashinachani o’g’irlagansan, deb aytadi, men uyalaman, - deb javob qaytaradi Ahmad.
    - Ahmad, kel ertaga birgalikda Muqaddas opaning oldiga boramiz va
    mashinachani beramiz.
    2-variant
    . Vaziyatni oldindan Muqaddas opa bilan muhokama qilgan holda
    bolani mashinachani qaytarib berishga ko’ndirish.
    Kechqurun, Ahmadni olib ketishdan oldin, Marg’uba opa Muqaddas opaning
    oldiga kirib, bo’lgan voqeani aytib beradi va bolasi bilan kelishganligini ogohlantirib
    qo’yadi. Muqaddas opa onaning yondashuvini qo’llab-quvvatlaydi va bolaga
    mashinachani qaytarish vaqtida xursand bo’lib shunday deydi:
    - Ahmad, Ravshanning mashinachasini topib olibsan-ku! Biz esa kun bo’yi uni
    izlayapmiz. Ravshan yig’layapti, tezroq kel, uni Ravshanga bergin, senga katta rahmat
    deydi.


    191
    3-variant
    . Marg’uba opaning o’zi mashinachani oladi va Muqad-das opaga olib
    borib beradi. Vaziyatni tushuntiradi. Lekin, begona narsalarni olish yaxshi emasligi
    haqida oldindan o’g’li bilan suhbatlashadi.

    Download 5,19 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   122




    Download 5,19 Mb.
    Pdf ko'rish