54
So‘zlashuv spektri kengligi 0,3 ÷ 3,4 KGs bo‘lgan analog signal
uchun
uzatish liniyasini qabul qilish oxirida AIM signalni tiklashni ta’minlovchi
o‘zgartirishning kerakli sharti
8
,
6
Д
f
KGs bo‘ladi. Telefoniya va telegraf
bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining (TTXMQ) tavsiyasiga asosan fg
= 8 KGs deb qabul qilingan. Buni hisobga
olganda modulyasiyalangan
impulslarni ketma- ketlik davri Td = 1/fd = 1/8 = 125 mks teng. Impuls
kengligi τ
u
uzatuvchi signal energiyasini aniqlaydi.
AIMning birinchi va ikkinchi turi mavjud. AIM birinchi turida signal
cho‘qqisi turli shaklli impulslarga ega. AIM ikkinchi turida impuls
cho‘qqisi tekis qoladi.
Kvantlash tadbirida har bir diskret AIM signal amplitudasining
qiymatini aniqlashga olib keladi. Buning uchun kvantlash shkala tanlanadi.
Bu shkala uzunligi modulyasiyalangan
analog signalning pastki va
yuqoridagi daraja qiymatlari bilan aniqlanadi. Shkala darajalar soni IKM
o‘zgartirishning uchinchi tadbiridagi bajarish uchun qabul qilingan kod
tizimiga bog‘liq. Uchinchi tadbirda AIM signallar diskretlarining
amplitudasi qiymatlari joylashgan shkala raqami kodlanadi. Kodlash
uchun ikkilangan kod (natural va simmetrik) ishlatish qulay.
Bunda
kvantlash darajasi soni 2
n
tarzida aniqlanadi, bu yerda n=1,2… kod
elementlari soni. Kvantlash darajasi soniga IKM signal ko‘rinishida aloqa
liniyasi bo‘yicha uzatilayotgan nutq sifatiga bog‘liq. Kod elementlari soni
n qancha katta bo‘lsa, shuncha nutq sifati yaxshi bo‘ladi. Xalqaro Elektr
Aloqa Ittifoqi ITU - T tavsiyasi asosida n = 8 olingan, bunda kvantlash
darajasi soni 2
n
= 2
8
=256 bo‘ladi. Misol tariqasida uch elementli
ikkilangan kod, ya’ni n = 3 olingan, bunda kvantlash shkalasi 2
n
= 2
3
= 8
darajaga ega bo‘ladi. 3.6- rasmda kvantlash tadbiri keltirilgan.
Kvantlashda diskretning qiymati joylashgan chegara intervali aniqlanadi.
3.6- rasmda ikkilangan kodning ikki turi (natural, simmetrik) uchun
kvantlash tadbiri ko‘rsatilgan. Natural ikkilangan kod asosida kvantlash
bajarilganda signalning dinamik diapazonining qoq yarmiga teng
o‘zgarmas son qo‘shiladi. Bu holda signalning hamma diskretlari nusbat
bo‘ladi (3.6- rasm). Simmetrik ikkilamchi
kodi asosida kvantlash
bajarilganda o‘zgarmas son qo‘shilmaydi, kod kombinasiyasidan birinchi
element diskretni qiymati nusbat (bir) yoki manfiy (no‘l) ligini ko‘rsatadi,
qolgan elementlar diskretni absolyut kattaligini ko‘rsatuvchi axborotni
bildiradi.
55
a) Natural ikkilangan kod asosida
b) Simmetrik ikkilangan kod asosida
3.6- rasm
.
Kvantlash tadbiri
Diskretning o‘zini aniq qiymati aniqlanmaydi.
Shuning uchun qabul
qilgichda diskretni tiklash xatolik bilan amalga oshiriladi. Tiklanayotgan
diskret qiymat, interval o‘rtasida joylashishi mumkin bo‘lgan maksimal
xatolik
2
а
dan oshmaydi. Bu yerda a - kvantlash qadami. Diskretni
tiklangan va haqiqiy qiymati orasidagi farq kvantlash shovqini deb ataladi
(3.7- rasm).
Signal
amplitudasi kamaysa, signal/kvantlash shovqini nisbati
kamayadi. Signal/kvantlash shovqinini nisbati signal amplitudasiga bog‘liq
bo‘lmasdan, taxminan bir xil bo‘lishi uchun, o‘zgaruvchan kvantlash
qadami kengligidan foydalaniladi, ya’ni
kichik signallar uchun kichik,
katta signallarga katta qadam ishlatiladi.
56
3.7- rasm
.
Kvantlash shovqinini hosil bo‘lishi
Bu yerda: A – uzatilayotgan (haqiqiy) signal egrilidagi nuqta;
V – tiklanayotgan signal egrilidagi nuqta;
x = A – V – kvantlash shovqinining qiymati.
Demak, kvantlashni ikki ko‘rinishi mavjud: chiziqli va nochiziqli.
Chiziqli kvantlashda signal/shovqin nisbatni signaldan bog‘liqligi ravon
oshib boradi. Lekin bu kodlashtirishni murakkablashtiradi. Buni
osonlashtirish uchun ishlatilayotgan diapazonning hammasi teng kenglikka
ega 2
n
intervalga bo‘linadi. Koderga kiruvchi diskretlar zichlashtiriladi,
so‘ngra kodlashtiriladi. Bu kvantlash qadamini har xil bo‘lishiga olib
keladi. Nochiziqlida signal/shovqin nisbat signal qiymatidan bog‘liq
bo‘lmay qoladi. Modulyasiyalangan signal
amplituda qiymatini X harfi
bilan belgilaymiz. Zichlash (kompressor) tavsifini Y = f(x) tanlab olish
bilan, moslik bilan ba’zi bir Y qiymatini keltiramiz. Y qiymatlari
diapozoni, o‘z navbatida N intervallarga bo‘linadi. Y o‘qidagi har bir
intervalga X o‘qida S (X) interval mos keladi (3.8- rasm).
)
/
(
)
/
1
(
)
(