n
m
n
m
С
n
m
Shuningdek:
“5 dan 2” uchun
10
)!
2
5
(
!
2
!
5
2
5
С
6 dan 2” kodi uchun
15
)!
2
6
(
!
2
!
6
2
6
С
Har bir kombinasiya aynan bir xil sondagi chastotalardan iborat
bo‘lgani uchun kodning xalaqitbardoshligi yaxshilanadi. Bu kodlar o‘z
o‘zini tekshiruvchi kodlarga kiradi. Chunki ular unga murakkab bo‘lmagan
sxemalar yordamida qabul qiluvchi tomonda uzatish davomida vujudga
kelgan xatoliklarni aniqlash imkonini beradi (bitta chastotani bo‘lmasligi,
ikkitadan ortiq chastotalarni mavjudligi). Zaruriyat tug‘ilsa xatolik bilan
qabul qi- lingan kombinasiyani qayta uzatishni so‘rash mumkin. Bu
uzatish ishonchlili- gini oshirish imkonini beradi. Ko‘pchastotali kodda
so‘zlashuv chastotalar ishlatiladi va shuning uchun bu kod zichlashtirilgan
liniyalar bo‘yicha signallarni uzatish uchun
Гц
f
700
0
,
Ãö
f
900
1
,
Гц
f
1100
2
,
Гц
f
1300
4
,
Гц
f
1500
7
,
Гц
f
1700
11
chastotalar ishlatilgan (0, 1, 2, 4, 7 va 11
indekslar shunday tanlanadiki har bir kombinasiyadagi ularning yig‘indisi,
shu kombinasiyani bildiradigan raqamni berishi kerak bo‘ladi, 0 raqami
bundan mustasno).
4.6- rasmda ko‘rsatilgan kodli kombinasiyalarni uzatish usuli
“Impulsli moki” to‘quv mokisining to‘g‘ri va teskari xarakatlarini eslatadi
va quyidagi tarzda yuz beradi. Chaqirayotgan qurilmaga (masalan,
markerga) ulanadi va axborot uzatishga tayyor ekanligi to‘g‘risida axborot
beradi.
Marker so‘rov signalini yuboradi va unga javoban registr axborotning
ma’lum bir qismini uzatadi. So‘ngra markerdan yana so‘rov signali keladi
(yoki qabulni tasdiqlovchi signal), registr axborotning navbatdagi qismini
uzatadi va xokazo. Jami axborotni uzatib registr bushaydi.
112
4.6- rasm. " Impulsli moki" usulli registr signalizasiyasi
Bunday usulda axborot ishonchliligi oshadi, lekin uni uzatish vaqti
ham ortadi. Bu usul murakkab tuzilmali tarmoqda ishlatiladi. U registrda
yig‘ilgan axborotni turlicha uzatish imkonini beradi. So‘rovning turiga
qarab, registr nomeri- ning birinchi yoki keyingi raqamini yoki takroron
raqamni uzatish, hamda signallarni uzatishni bir usulidan ikkinchisiga
o‘tishi mumkin. 4.6- rasmdan ko‘rinib turibdiki, signallar bilan almashinuv
teskari yo‘nalishdagi signaldan boshlanadi. Teskari yo‘nalishdagi deyarli
har bir signalga to‘g‘ri yo‘nalishdagi javob signallari to‘g‘ri keladi. Signal
davomiyligi 45±5 ms ni tashkil etadi. Qabul va uzatish orasidagi interval
– 60 ms dan kam emas. Navbatdagi signalni kutish kiruvchi ATS uchun
200÷250 ms, chiquvchi esa, 3,5÷4 s. Registr signallarini uzatish uchun
“Impulsli moki” usulidan tashqari “Impulsli paket” usullari ishlatiladi.
Ular yig‘ilgan axborotni katta tezlikda uzatish zarur bo‘lganda ishlatiladi.
Bu odatda, mahalliy ATS va ShATS o‘zaro hamkorlikda talab qilinadi.
Signallarni “Impuls paketi” usuli bilan uzatishda, yig‘ilgan kodli
kombinasiyalar bitta buyruq bo‘yicha birin ketin, qabul qilish qurilmasi
navbatdagi kombinasiyani qabul qilishga to‘g‘rilanishga zarur bo‘lgan
interval bilan uzatiladi. Signallar bilan almashinuvda quyidagi vaqt
oraliqlari ishlatiladi:
T1=50±5 ms – uzatilayotgan paketdagi impuls va pauzalar, ular
o‘rtasidagi davomiylik;
T2=10s – “Band etishning tasdiqlash” signali olingandan keyin
ShATS dan so‘rovni ATS da kutish vaqti;
T3=3s – paketni uzatilgandan so‘ng, teskari signalni kutish vaqti.
4.2- jadvalda “Impulsli paket” usuli keltirilgan.
Teskari
yo`nalish
To`g`ri
yo`nalish
113
4.2- jadval
“Impulsli paket” usuli. ShATS dan uzatilayotgan signallar
№ Chastotali signal, Gs
Mazmuni
Izoh
1
700+1100
Axborotni
uzatishni so‘rovi
Davomiyligi 70- 100
ms. Tanish vaqti 30 ms.
2.
700+1700
Nomer to‘g‘ri
qabul qilindi
3.
1100+1300
Nomer noto‘g‘ri
qabul qilindi
Har xil turdagi chaqiriqlarda paket tarkibi 4.3- jadvalda keltirilgan.
4.3- jadval
Chaqiruvlar turi va impuls paketi tarkibi
Shaharlararo chaqiruv
AVS avs xxxx Ka def xxxx “11” (19
raqam)
Ichki mintaqaviy chaqiruv
“2” avs xxxx Ka def xxxx “11” (17 raqam)
Xalqaro chaqiruv
“8” “0” n1…ni Ka def xxxx “11” (19- 26
raqam)
Xalqaro kommutator
chaqiruv
“8”- “9” L Ka def xxxx “11” (12 raqam)
Chaqirayotgan
abonent
nomeri-
ni indentifikasiyasi bilan
shaharlararo
kommutatordan chaqiruv
“8” S Ka def xxxx “11” (11 raqam)
Chaqirayotgan
abonent
nomeri-
ni
indentifikasiyasiz
shaharlararo
kommutatordan chaqiruv
“8” S “11” (9 raqam)
“Intervalsiz impuls paketi” usuli mahalliy stansiyadagi abonent liniya
avtomatik nomerlarni aniqlaydigan apparatura (ANAA) ish jara- yonida
ishlatiladi (4.3- jadval). Bunda ATS va ShATS o‘rtasida chaqirayotgan
abonent liniya nomeri va yig‘ilgan signal axboroti ANAA yordamida
“Intervalsiz impuls paketi” usulida uzatiladi. Bu esa uzatish vaqtini
114
sezilarli
darajada
kamaytiradi.
Qabul
qilish
tomonida
kod
kombinasiyalarini ajratish, tashkil etuvchi chastotalarni o‘zgarishini
topishga asoslanadi. Agar uzatilayotgan raqamlar ketma - ketligida ikkita
yoki bir necha raqamlar ketma - ket bir hil bo‘lsa, bir hil raqamlarning
juftlari “Takroran” signali bilan almashtiriladi. Umumiy foydalanishdagi
telefon tarmoqlarining istalgan ATS, birinchidan o‘ziga ulangan
chaqirilayotgan abonent liniya nomerini va kategoriyasini aniqlashni
bilishi kerak. Bu chaqirayotgan tomon so‘rovi bo‘- yicha bu axborotni
uzatish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun qilinadi va ikkin- chidan qarama
qarshi stansiyadan ShATS dan yoki maxsus xizmat tugunidan (MXT),
yoki chaqiriqni taqsimlash bosqichidan (ChTB) shunga o‘xshash axborotni
so‘rash va qabul qilishni “bilish” kerak. MXT va ChTB olgan axboroti
asosida xizmat to‘lovlarini yozadi, hamda shu xizmatdan foydalanishga
abonentning xuquqini aniqlaydi. ATS ANAA dan pastdan qilingan
chaqiruv manbasini aniqlash uchun foydalaniladi. ATS da bog‘lanish
o‘rnatishning har xil bosqichlarida ANAA ning so‘rovini qabul qilish va
axborotni uzatishi imkoniyati ko‘zda tutilgan. Ularga quyidagi bosqichlar
kiradi:
ulash liniya band etilgan so‘ng (ShATS ga aloqa o‘rnatilayotganda);
javob kutilganda;
chaqirilayotgan abonent javobida;
so‘zlashuv vaqtida.
ANAA axborotni uzatishi 500 Gs chastotali signal bilan uzatilayotgan
“Javob” signali so‘rovini qabul qilinganda uzatilishi kerak. So‘rov
bog‘lanishning istalgan bosqichida ko‘pkarra tushishi mumkin. Har bir
so‘rov ikkinchidan boshlab, “Javobni olib tashlash” signali uzatiladi. Bu
bo‘yicha bog‘lanish javob oldi holatiga o‘tkaziladi.
500 Gs signal ATS ga “Javob” signalidan 10÷400 ms dan keyin
tushishi mumkin. Ikkita so‘rov orasidagi minimal vaqt 0,3±0,05s tashkil
etadi; maksimal vaqt chegaralanmagan, lekin ShATS bilan aloqada u
1,2±0,1s dan oshmaydi. ShATS ni chaqirilganda so‘rovlarning maksimal
soni 3 tadan ortmaydi (ShATS nomerni aniqlashni noto‘g‘ri bajarilgandan
so‘ng so‘rov takrorlanadi), mahalliy ATS ni chaqirilayotganda 2 tadan
ortmaydi, buyurtmali va ekstrenli xizmatlarda esa chegaralanmagan.
Uzatiluvchi axborot davri, chaqirilayotgan abonent nomerining yettita
raqami va uning kategoriyasini ko‘rsatuvchi bitta raqamni, hamda
axborotning boshi (oxirini) belgilovchi bitta belgini o‘z ichiga oladi. Bitta
“Intervalsiz paket”da (“ANAA kodogrammasi”) kamida 13 ta belgidan
iborat bo‘lishi kerak.
115
Paket ichida raqamlarni kelish ketma - ketligi quyidagicha bo‘lishi
kerak:
uzatish boshi (13- kombinasiya);
abonent kategoriyaning raqami;
nomerni birlik raqami;
nomerni o‘nlik raqami;
nomerni yuzlik raqami;
nomerni minglik raqami;
o‘n minglik raqami (stansiya indeksini uchinchi raqami);
yuz minglik raqami (stansiya indeksini ikkinchi raqami);
million raqamlari (stansiya indeksini birinchi raqami);
Uzatishning boshi (13 - konbinasiya).
Mahalliy telefon tarmog‘ida numerasiya qanday bo‘lishidan qat’iy
nazar (5,6 raqamli) ATS har doim ANAA ga axborotni mintaqaviy yetti
raqamli ko‘rinishida berishi kerak. Stansiya yetti raqamligacha to‘ldiruvchi
raqam sifatida 2 yoki 0, yoki tarmoq tizim indeksi “av” ishlatilishi
mumkin.
Shunday qilib, “Intervalsiz paket” usulida uzatilayotgan ANAA
axboroti “6 dan 2” ikki chastotali kodli kombinasiyalarning orasida pauza
mavjud bo‘lmagan ketma - ketligidan iborat. Har bir kombinasiyani
uzatish davomiyligi 40±1 ms teng. ANAA dan moslikda uzatilayotgan
chastota va axborotlar 4.4- jadvalda keltirilgan.
4.4- jadval
“Intervalsiz impuls paketi” signalizasiyasi
Signal № Chastotali konbinasiyasi, Gs
Axborot
1
700 va 900
“1” raqami
2.
700 va 1100
“2” raqami
3.
900 va 1100
“3” raqami
4.
700 va 1300
“4” raqami
5.
900 va 1300
“5” raqami
6.
1100 va 1300
“6” raqami
7.
700 va 1500
“7” raqami
8.
900 va 1500
“8” raqami
9.
1100 va 1500
“9” raqami
10.
1300 va 1500
“0” raqami
13.
1100 va 1700
Boshi
14.
1300 va 1700
Takrorlash
116
Yuqorida dekadali terish kamchiliklari va ko‘p chastotoli
signalizasiyani afzalliklari belgilangan edi, ammo ko‘p chastotali
signalizasiya ham bir qancha kamchiliklarga ega: signallar axborot
mazmuni chegaralangan, tezkorligi, xalaqitbardoshligi chegaralanganligi,
so‘zlashuv spektridagi shunga o‘hshash chastotalarni signal axborotidek
qabul qilish imkoniyati borligi kabi ichki yo‘lakli signalizasiyaga mansub
bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rish mumkin. Bu kamchiliklar esa tarmoq
ishini, ANAA ishini buzishga yoki ope- ratorni aldashga olib keladi.
|