So’z boshi




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/103
Sana29.05.2024
Hajmi3 Mb.
#257039
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
Bog'liq
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev




.


108 
IKM - 30 tizimida (2048 Kbit/s) o‘n oltinchi kanal intervalining 0, 1 
bitlari 1÷15 so‘zlashuv kanallari uchun, 4, 5 bitlari esa 17÷31 so‘zlashuv 
kanallari uchun signal axborotlarini uzatish mumkin. 
Chastotali ajratilgan kanalli uzatish tizimlarida so‘zlashuv spektridan 
tashqaridagi chastotada, masalan 3825 Gs yoki 4000 Gs chastotada, bitta 
ASK tashkil etish imkoni bor. Ikkinchi ASK ni so‘zlashuv spektridagi 
chastotada, masalan 2000 Gs chastotada tashkil qilish mumkin. ASK 
bo‘yicha signalizasiya tizimiga quyidagi bayonnomalar tashkil etiladi:
- ikki tomonlama ishlatiladigan universal ulash liniyalari (UL) uchun 
1ASK signalizasiyali (induktiv kod);
- UL va UL shaharlararo bog‘lamlari bilan tashkil etilgan bir 
tomonlama UL uchun 1ASK signalizasiyasi (“Norka” kodi);
- UL va UL shaharlararo aloqali bog‘lamlari bilan bir tomonlama UL 
uchun 2ASK signalizasiyasi; 
- ikki tomonlama ishlatiladigan universal UL uchun 2ASK.
Induktiv kod qishloq tarmoqlarida ishlatiladi. Bu tarmoqning OS - TS 
va OS - MS qismlarida liniyaviy qurilmalarning juda qimmat bo‘lganligi 
tufayli ikki tomonlama rejimda mahalliy va shaharlararo UL larning 
(universal UL) umumiy bog‘lamlarini ishlatish tavsiya etiladi. 1ASK 
signalizasiya (“Norka” kodi) shahar telefon tarmog‘i, hamda qishloq 
telefon tarmoqlarining OS - TS, OS - MS, TS - MS, MSS - ShATS 
qismlarida ulash o‘rnatishda ishlatiladi. Ikki tomonlama ishlatiladigan 
universal UL lar uchun 2ASK signalizasiyasi qishloq telefon tarmog‘ining 
OS - TS, TS - MS qismlarida ishlatiladi. UL larning stansiya komplektlari 
turiga qarab, bu bayonnoma ikkita usulda amalga oshiriladi:
Birinchi usul. 1ASK yo analog uzatish tizimlarida so‘zlashuv 
spektridan tashqaridagi chastotada yoki raqamli uzatish tizimining 
no‘linchi yoki birinchi kanal intervalida, 2ASK esa so‘zlashuv kanalining 
2600 Gs chastotasida tashkil etiladi;
Ikkinchi usul. Ikkala signal kanal raqamli uzatish tizimining no‘linchi 
yoki o‘n oltinchi kanalli intervalida tashkil etiladi. UL va ShUL 
bog‘lamlarining bir tomonlama UL uchun 2 ASK signalizasiyasi ShTT 
larida, DQ ATS va ATS, hamda raqamli ATS va elektromexanik ATS lar 
orasida aloqa tashkil etishda ishlatiladi.
2ASK signalizasiyaning mantiqi 4.5- rasmda keltirilgan ko‘rinishda 
batafsil tasvirlangan, qavslarda har bir signal va holat uchun ikkala 
signalizasiya kanallaridagi bitlar qiymatlari keltirilgan. 


109 
T1 - band etishning tasdiqlash signalini kuzatish vaqti, 1s;
T2 - signal qabul qilingandan keyingi nomerni translasiya boshlanguncha 
vaqti, 400 ms; 
T3 - impulsni uzatish vaqti, 50 ms;
T4 - pauzani uzatish vaqti, 50 ms;
T5 - seriyalar orasidagi intervalni uzatish vaqti, 700 ms. 
4.5 – rasm. Signallar bilan almashinuvi 
4.5- rasmdagi ko‘rinishda UL ga chiquvchi ATS tomonidan 
“Dastlabki holat” (11) signali uzatiladi, kiruvchi ATS tomonidan 
chiquvchi - “Dastlabki holatni nazoratlash” (01) signal uzatiladi. 
Chiquvchi ATS ulash o‘rnatish boshlaganda “Dastlabki holat” signali 
“Band etish” signali bilan almashtiriladi, bunga javoban kiruvchi ATS dan 
“Band etishni tasdiqlash” (11) signali keladi, so‘ngra tizim “Javob oldi 
holatiga” o‘tadi, bu holatda ikkala signal mavjud bo‘lib turadi. Agar 
chaqirayotgan abonentning nomeri dekadali usulda uzatilsa, unda “Band 
etish” (10) signali navbatma - navbat “Impuls” (00) va “Pauza” (10), yoki 

Download 3 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish