• 4. KOMMUTASIYA TIZIMIDA SIGNALIZASIYA 4.1. Umumiy tushuncha
  • So’z boshi




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/103
    Sana29.05.2024
    Hajmi3 Mb.
    #257039
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103
    Bog'liq
    Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

     
     
    Nazorat savollari 
     
    1.
     
    Signal deganda nimani tushunasiz?
    2. Qanday signal turlari mavjud va ular haqida ma’lumot bering?
    3. Modulyasiyaning analogli usullarini tushuntiring? 
    4. Impuls- kodli modulyasiya haqida ma’lumot bering? 
    5. AIM signalning hosil qilinishini tushuntiring? 
    6. Kvantlash tadbiri va kvantlash shovqinini hosil bo‘lishini tushuntiring? 
    7. Liniyaviy kvantlashda kodlashni tushuntiring? 
    8. Nochiziqli koder va nochiziqli dekoder haqida ma’lumot bering?
    9. Delta - modulyasiya tamoyilini tushuntiring? 
    10. IKM li birlamchi uzatish tizimining tuzilishini tushuntiring? 
    11. IKM – 24- tizimining uzatish davrining vaqt tuzilmasini tushuntiring? 
    12. IKM – 30- tizimining davr va o‘tadavr vaqt tuzilmasini tushuntiring? 
    13. Liniyaviy kodlar haqida ma’lumot bering?


    97 
    4. KOMMUTASIYA TIZIMIDA SIGNALIZASIYA 
     
    4.1. Umumiy tushuncha 
     
    Signalizasiya – bu tarmoqdagi foydalanuvchilar orasidagi ulashni 
    hosil qilish, qo‘llash va uzishni boshqarish uchun kerak bo‘lgan axborotlar 
    bilan ikkita tarmoq elementlari orasidagi axborot almashinuvidir. 
    To‘g‘ri va teskari yo‘nalishda abonent va ulash liniyalari bo‘yicha 
    uzatila- digan signallar uchta guruhga bo‘linadi: liniyaviy, boshqarish 
    (registrli), ma’lumot (akustik). 
    Liniyaviy signallar
    aloqa o‘rnatishning turli bosqichlarini (egallash, 
    ozod qilish, uzatish va h.k.), kanal va liniyalarning holatini (bo‘sh, band) 
    belgilash uchun ishlatiladi. Bu signallar aloqa o‘rnatishni boshidan to 
    oxiragacha bo‘lgan bosqichlarda uzatilishi mumkin. 
    Boshqarish (registrli) signallariga
    faqat aloqa o‘rnatish jarayonida 
    abonent terminali bilan boshqarish qurilmasi, hamda stansiya va tugunlar 
    boshqarish qurilmalari orasida uzatiladigan signallar kiradi. Bunday
    signallar yordamida aloqa yo‘li, chaqiralayotgan abonent liniyasi 
    aniqlanadi va abonentlar orasida ulash trakti hosil qilinadi. Boshqarish 
    signallari asosini manzilgoh (adres) ma’lumoti tashkil qiladi. Bundan 
    tashqari, boshqarish signallariga tarmoqni ekspluatasiya qilish va 
    boshqarish, hamda boshqarish qurilmalari o‘rtasidagi signallar ham kiradi.
    Ma’lumot (akustik) signallar
    abonent va operatorlarni aloqa 
    bog‘lanish bosqichlarida xabardor qilish uchun ishlatiladi. Bunday 
    signallar liniya va boshqarish signallaridan farqli o‘laroq ATS 
    qurilmalariga ta’sir etmay, faqat abonent va telefonistkalarning eshitish 
    (va ko‘rish a’zolari) orqali qabul qilingani uchun akustik signallar deb 
    ataladi. 
    Abonent 
    va 
    stansiyalararo 
    signalizasiya 
    mavjud. 
    Abonent 
    signalizasiyasi oddiy mulojamalardan iborat: bularga “men aloqa olishni 
    xohlayman” bildiruvchi harakat mikrotelefon go‘shagini ko‘tardi yoki 
    tugmani bosdi; akustik signallarni uzatish; abonent nomer terdi; u tergan 
    nomerga xizmat ko‘rsatmaydi yoki o‘zgarganligi, ISDN signalizasiyasi va 
    xokazolarni bildiruvchi e’lonlarni abonent eshitishi kiradi. Buni User- 
    Networq Interface (UNI) interfeysida, ya’ni abonentni ulash tarmog‘ida 
    signalizasiya desa ham bo‘ladi. UNI interfeysidagi keng tarqalgan 
    signalizasiya nomer impulsli terish va ko‘p chastotali terish DTMF deb 
    atasa bo‘ladi. Bu interfeysni zamonaviy misoli ISDN ni asosiy ulash 


    98 
    imkoni, ya’ni 2V+D=144 Kbit/s bo‘lishi mumkin. Bunda V ikkita axborot 
    kanal va umumiy bo‘lgan D signal kanal xizmat ko‘rsatadi.
    Stansiyalararo signalizasiya, ya’ni Netvork - to – Networq Interface 
    (NNI) interfeysida signalizasiyaga misol bo‘lib, ikkita ajratilgan kanal 
    bo‘yicha signalizasiyasi 2AKS, “6 dan 2” kodli ko‘p chastotali 
    signalizasiyasi, 7 sonli signalizasiya tizimi UKS va boshqalar hisoblanadi. 
    Kanallar kommutasiyasi bilan tarmoqda ulash o‘rnatishga misol 4.1- 
    rasmda soddalashtirib ko‘rsatilgan.
    4.1- rasm. Ulash o‘rnatishni soddalashtirilgan ko‘rinishi 
    Stansiyalararo signalizasiya tarmog‘dagi bir necha tugun va 
    stansiyalarni ulash uchun kerak bo‘ladi. Bunda bitta ulashni tashkil etishda 
    ko‘pincha turli signalizasiya tizimlari ishlatiladi. Chaqiriqqa xizmat 
    ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan signalizasiya axboroti xalqaro va milliy 
    tarmoqlarning turli tugunlar va stansiyalari o‘rtasida yuzlab signalizasiya 
    axborotlarini uzatadi.Umumiy holda stansiyalararo signalizasiya ulanishni 
    tasvirlab berishning quyidagi aspektlari bilan bog‘langan: birinchidan, 
    stansiya telefon nomerni, yoki juda bo‘lmaganda kerakli qismini qabul 
    qilishi lozim, shu nomer yordamida yoki ulash o‘tishi kerak bo‘lgan 
    kommutasiya tugunlari va stan- siyalari zanjiridan keyingi ATS ga adres 
    axborotini o‘tkazadi; ikkinchidan stansiya uchun kerakli aloqa kanalini 
    tanlash kerak va zanjirdagi ke- yingi stansiyaga aynan qanday kanalni 
    tanlagan xabarlashi kerak; uchinchidan stansiyalar davriy ravishda, bu 
    ishlatilayotgan aloqa kanalini tekshirib turishi va nihoyat to‘rtinchidan 
    aloqa tugashi bilan kanalni bo‘shatish kerak. Barcha bosqichlarda 
    stansiyaning (tugunlarning) ishini qo‘llab turish uchun ular o‘rtasida mos 
    axborot almashuvi zarur bo‘ladi. Bu almashinuv 
    stansiyalararo 
    signalizasiya 
    deyiladi.
    Ulash 
    Abonent А 
    АТSА 
    АТS B 
    AbonentB 
    AL bo`yicha 
    signalizatsiya 
    AL bo`yicha 
    signalizatsiya 
    UL bo`yicha 
    signalizatsiya 
    UL bo`yicha 
    signalizatsiya 


    99 
    Zamonaviy 
    stansiyalararo 
    bayonnomalari 
    oddiy 
    signalizasiya 
    tizimidan hanuzgacha mamlakatimiz umumiy foydalanishdagi telefon 
    tarmog‘larida (UFTT) samarali ishlab kelmoqdalar.
    Stansiyalararo signalizasiya tizimining evolyusiyasida quyidagi uchta 
    bosqichni ajratish mumkin:
    - impulsli signalizasiya;
    - ko‘p chastotali signalizasiya;
    - umumkanal signalizasiya.
    Stansiyalararo signalizasiya evolyusiyasining oxirgi uchinchi bosqichi 
    kommutasiya tuguni dasturiy boshqarish kiritilishi bilan bir vaqtda 
    boshlandi. 
    Elektr signallari ketma - ketligidan tashkil topgan signalizasiya, ko‘p 
    sonli telefon kanallariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarning maxsus kanali 
    bo‘yicha uzatish bayonnomasiga aylandi, xususan olganda shundan 
    “umum kanal signalizasiyasi” nomi yuzaga keldi. 7- sonli umumkanal 
    signalizasiya tizimi, XX- asrning telekommunikasiya o‘n yilligida to‘la 
    ravishda o‘sha istiqloldagi o‘zgarishlarga mos kelar edi. Ularga ISDN 
    tarmog‘ining yuzaga kelishi, intellektual tarmoqning xizmatlarini kiritish, 
    mobil aloqa xizmat- lari va xokazolar kiradi. Yuqorida aytilganlarga 
    asoslanib, quyidagi ta’riflarni berish mumkin. 
    Signalizasiya
    - bu tarmoq 
    elementlari o‘rtasida xizmat axboroti bilan almashinuv bo‘lib, uning 
    asosida tarmoq o‘zining abonentlariga ko‘rsatadigan xizmatlariga 
    ishlatiladigan ulanishlarni yaratish, kuzatish va buzishni ta’minlaydi. Shu 
    bilan ta’kidlash kerakki, kanallar kommutasiyasi tarmog‘ida (xususan 
    telefon tarmog‘i shunday tarmoqdir) ulash tashkil etishda ishtirok etgan 
    tarmoq resurslari, aloqa xizmatidan foyda- lanishning hamma vaqtida 
    ularga biriktirilib qo‘yiladi va boshqa ulanish- larda ishlatilishi mumkin 
    emas. Kanallar kommutasiyali tarmoqlar uchun signalizasiya tizimlarini 
    ko‘rib chiqamiz. Ma’lumotlarni uzatish 70- yillar boshida paydo bo‘lgan 
    edi va bunda “sukunat” davrlari bilan arala- shib ketadigan qisqa paketlar 
    ko‘rinishida foydalanuvchilarga axborot uzatiladi. Bitta axborot oqimining 
    paketlari orasidagi pauzalarni boshqa axborot oqimlarining paketlarini 
    uzatish uchun ishlatish mumkin bo‘lganligi sababli, aynan bitta tarmoq 
    resurslarini, biror- bir bitta oqimni mavjud bo‘lishi davrida, faqat unga 
    berib qo‘yish zaruriyati yo‘q. 4.2- rasmda signalizasiyaning mumkin 
    bo‘lgan variantlari ko‘rsatilgan:
    a) bevosita telefon kanali bo‘yicha signalizasiya;
    b) ajratilgan signalli kanal (ASK) bo‘yicha signalizasiya;
    v) 7 sonli umumkanal signalizasiyasi;


    100 
    g) N323 MG CP yoki SIP turidagi IP- telefoniya signalizasiyasi.
    a) bevosita telefon kanali bo‘yicha signalizasiya;
    b) ajratilgan signalli kanal (ASK) bo‘yicha signalizasiya.
    v) Umumkanal;
    g) IP- telefoniya.
    4.2- rasm. Signalizasiya 
    АТS А 
    Kommutatsiya va 
    boshqaruv 
    АТS А 
    АТS А 
    Shlyuz А 
    АТS B 
    АТS B 
    АТS B 
    Kommutatsiya va 
    boshqaruv 
    So`zlashuv kanali 
    Signalizatsiya 
    So`zlashuv kanali 
    Signalizatsiya 
    а) 
    Kommutatsiya 
    Kommutatsiy

    Reg/М 
    Boshqarish 
    Reg/М 
    Kommutatsiy

    Reg/М 
    So`zlashuv kanali 
    Сигнализация 
    So`zlashuv kanali 
    Signalizatsiya 

    Download 3 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103




    Download 3 Mb.
    Pdf ko'rish