122
etishi, nazariy jihatdan mazkur kommutatsiya tizimining parametrlarini
belgilaydi. Raqamli kommutatsiya tizimlarida dupleks bog‘lanish
xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli, raqamli traktlar kommutatsiya
bloklariga ikki xil: bir tomonlama va ikki tomonlama bog‘lanishi mumkin.
5.2 – rasm. Raqamli kanallarni to‘liq dupleks bog‘lanishi
Birinchi usulda kanallarning uzatuvchi va qabul qiluvchi qismi
raqamli kommutatsiya maydonning kirishiga ulanadi (5.3a- rasm).
Ikkinchi usulda kanallarning uzatuvchi qismi raqamli kommutatsiya
may- donning kirishiga, chiqishi esa qabul qilish qismiga ulanadi (5.3b-
rasm).
5.3- rasm. Raqamli traktning RKM ga ulanishi usullari
Raqamli kommutatsiya tizimning tuzilmasiga batafsil to‘xtalmay,
raqamli kommutatsiya maydonining bir necha muhim alomatlarini
aniqlash mumkin. Kommutatsiyada uzatishning ikkala yo‘nalishi alohida
raqamli traktlarning ishlatilishini hisobga olish kerak. Shu boisdan
kommutatsiyani yoki ikkita ikkisimlik, yoki bitta to‘rtsimlik liniyalar
bo‘yicha amalga oshirish mumkin. Birinchi holda uzatishning har bir
yo‘nalishi alohida kommutatsiyalanadi, ikkinchi holda esa uzatishning
ikkala yo‘nalishi umumiy trakt bo‘yicha o‘tadi.
Raqamli ATS larning kommutatsiya maydonlarida quyidagi
kommutatsiya turlari ishlatilishi mumkin:
а). Bir tomonlama
б). Ikki tomonlama