216
xizmat ko‘rsatish uchun bo‘lgani kabi ma’lumotlarni uzatish tarmog‘idan
foydalanadi.
Masala asosan, ikkita zarur bo‘lgan yaqinlashuv - ma’lumotlarni
uzatish hajmining keyinchalik oshishini qo‘llab - quvvatlash va an’anaviy
xizmatlardan tushadigan foydasini kafolatlash to‘g‘risida so‘z boradi.
Ushbu tezisga asosan konvergensiya yagona tarmoqda turli xizmatlarni
birlashtirish vazifasini o‘z oldiga qo‘yadi. Next Generation Network –
NGN nomini olgan konvergent tarmoqlari bitta xizmat - aloqa xizmati
uchun qulay bo‘la oladi. Ushbu tarmoq operatorlarining boshqaruvchi
uskunasi uni qaysi abonent qurilmasi (IP- telefoniya terminali, mobil
telefon, Internet tarmog‘ining ishchi stansiyasi) bilan o‘zaro ishlashini
belgilab beradi va shunga muvofiq aniq xizmatlarni hamda ular uchun
talab etiladigan resurslarni taqdim etadi. Foydalanuvchi NGN tarmoqni
«qora quti»1 kabi ko‘rib chiqiladi, unga qanday protokollar oqimidan
foydalanilishi, qanday transport muhiti taqdim etilishining farqi yo‘qdir.
Uning uchun oxirgi qurilmaning tegishli imkoniyatlari bo‘lgan xizmatlarni
taqdim etish fakti ahamiyatli bo‘lib kelmoqda.
Bunday
masalani
hal etish uchun standart protokollaridan
foydalaniladi. SoftSwitch bog‘lanishlari bilan boshqaruv qurilmalari
H.248/MEGACO protokollari yordamida shlyuzlar bilan aloqada bo‘lish
va ko‘rsatiladigan xizmatlarni boshqarish holatida bo‘ladi. Turli
SoftSwitch o‘rtasidagi kommutatsiya SIP, Q.1901/BICC protokollarini
qo‘llashda amaga oshiriladi, bir nechta serverlar funksiyalaridan
foydalanish yordamida amalga oshiriladigan xizmatlarni ko‘rsatish ilovalar
(API) ochiq standart dasturiy interfeyslarni qo‘llash uchun asoslanadi.
Shunday qilib, - nutq uzatish texnologiyasining rivojlanishidagi
keyingi qadam paketli texnologiyaga o‘tadi. Nutq paket ko‘rinishda
uzatiladi, u real vaqt xizmatlari uchun sifatning barcha talab etiladigan
parametrlarini saqlagan holda yuklamaning turli xillarini optimal va
ixtiyoriy siljishini ta’minlaydi. Real vaqtda taqdim etiladigan xizmatlar
(yoki soddaroq aytganda – real vaqtdagi xizmatlar, jumladan telefoniya)
sifat parametrlariga juda sezgirdir, ulardan biri kechikish va uning
variatsiyasi (jitter) hisoblanadi. Katta kechikish to‘g‘risida so‘z borganda,
aks - sadoni (echo cancellation) bartaraf etish zarurligi yuzaga keladi.
Nutqni paketli tarmoq orqali uzatishda yuzaga keladigan yuqorida
keltirilgan kamchiliklar bilan kurashish uskuna narxida va uning
murakkabligida
hisoblanadi.
Paketli
texnologiyaga
asoslangan
konvergensiya bir qator afzalliklarga ega. Masalan, resurslarni dinamik
taqsimlash resurslarning nutqini uzutish uchun oldindan ajratilgan «turib
217
qolish» vaziyatdan (ajratilgan doimiy o‘tkazish yo‘laksi samarasiz
foydalaniladi) yoki ma’lumotlarni uzatish uchun taqdim etilgan resurs
ma’lumotlar trafigining cho‘qqili oshgan vaziyatda halos qiladi.