C&C08 tizimining konfiguratsiyasi




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/103
Sana29.05.2024
Hajmi3 Mb.
#257044
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
Bog'liq
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

 
6.2. C&C08 tizimining konfiguratsiyasi 
 
SM moduli AM/CM bilan ikkita juft uchlamchi guruh optik kabeli, E1 
interfeysi yoki SDH uzatish tizimi orqali ulanadi. SPM moduli esa 
AM/CM ning bir qismi hisoblanadi. SM va SPM modullari blokli rejimda 
kerakli sig‘imgacha ravon kengayishi mumkin. Faqat kommutatsiya 
modullari bilan tizim konfiguratsiyasi 6.1- jadvalda keltirilgan. 

6.1- jadval 
Kommutatsiya modullari bilan tizim konfiguratsiyasi 
Liniya turi 
AAL soni 
RUL soni 
Stativlar soni 
Faqat AL 
6688 
-

Faqat UL 
-
1440 

A va UL 
4864 
480 



168 
SM modulidan 128 ta bo‘lishi mumkin. AL va UL xohlagan nisbatda 
bo‘lishi mumkin. AL va UL interfeyslarini bir - biri bilan o‘rin almashishi 
mumkin. Ular nisbati 304 AAL ga 60 RUL ekvivalentdir. AAL platasi 
ASL 16 yoki 32 ta AAL ulanadi. RAL platasi DSL 8 ta 2B+D interfeysni 
ta’minlashi mumkin.
RUL platasi DTF, ko‘p protokolli ishlov berish (LAP) boshqa platalari 
bilan birgalikda PRI, V5.2, PH1 va 7- sonli UKS bazasidagi UL 
interfeysini ta’minlaydi. MFC platasi bilan birga R2, R1.5, SS5 
signalizatsiyasi tizimi asosida ajratilgan kanal bo‘yicha signalizatsiyani 
ta’minlaydi. Tushayotgan yuklamaga asosan modullararo aloqani nutq 
kanallarining umumiy soni 512 yoki 1024 ga teng konfiguratsiyalanishi 
mumkin.
Katta bo‘lmagan kengaytirishda, SM qo‘shmasdan, faqat AL 
javonlarini qo‘shish kerak. AL javonlarini bosh tugun va kommutatsiya 
maydon HW magistral liniyalari bilan rezervlashtirilgan aloqa liniyalariga 
ulash kerak. SM qo‘shish kerak bo‘lganda, boshqa SM larga tegmay, uni 
alohida o‘rnatish mumkin. Buning uchun AM/CM ga juft optik interfeys 
platasi qo‘shiladi va qo‘shilgan modulni optik kanallarga ulanadi.
Faqat SPM modullari bilan tizim konfiguratsiyasini ko‘ramiz. SPM 
AM/CM ichiga joylashtirilgan bo‘lib, AM/CM moduli ta’minlaydigan E1 
interfeyslari, yoki SDH optik interfeyslari orqali hamma turdagi 
xizmatlarni beradi. SPM katta sig‘imli xalqaro, shaharlararo, tranzit 
stansiya sifatida ishlatishga, hamda tarmoqlararo interfeyslari bilan 
shlyuzli stansiyada ishlatishga mos keladi. SPM faqat AM/CM bilan birga 
ishlay oladi. Uni tarmoq tashkil qilishda alohida SM sifatida ishlatish 
mumkin emas. SPM bilan tizim konfiguratsiyasi 6.2- jadvalda 
ko‘rsatilgan. Bitta SPM 4096 gacha UL xizmat ko‘rsata oladi.

6.2- jadval
SPM bilan tizim konfiguratsiyasi 
 
UL soni SPM soni 
Stativ soni 
307- 20 


61440 
16 
7-
92160 
24 


Download 3 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish