Keyingi avlod tarmog‘i tamoyillari




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/103
Sana29.05.2024
Hajmi3 Mb.
#257044
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103
Bog'liq
Kommutatsiya-tizimlari.A.M.EshmurodovA.F.Xaytbayev

 
 7.1.3. Keyingi avlod tarmog‘i tamoyillari 
 
Zamonaviy aloqa vositalarini rivojlantirish tendensiyasi shuni 
ko‘rsatadiki, keyingi avlod aloqa tarmog‘i integratsiyalangan tarmoq 
bo‘ladi, unda magistral darajada o‘tkazish yo‘laksining kengligiga, 
foydalanish darajasida esa, xizmatlarning har xilligiga asosiy ahamiyat 
beriladi. 
Tarmoqni 
qurishda 
darajaga 
bo‘lish konsepsiyasidan 
foydalanishning zaruriyati aniq bo‘lib turibdi. Shu sababli, bu bilan tarmoq 
bir nechta darajalarga bo‘linadi va yuqori turuvchi daraja quyi daraja 
tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. 
Keyingi avlod tarmog‘i tarmoqli ilovalar darajasi, tarmoqni 
boshqarish darajasi, magistral kompyuterlar darajasi va kira olishning 
chegaraviy darajasini o‘z ichiga oladi.
Har qanday faoliyat sohasida ishlaydigan zamonaviy kompaniya 
biznesi uning axborot tuzilmasiga o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Axborot 
tizimi bugungi kunda korxonaning faoliyatiga ta’sir etibgina qolmasdan, 
bisnes - jarayonni tezlashtirib va optimallashtiradi. Ushbu jarayonlarning 
ajralmas qismi bo‘lib bormoqda. Axborot texnologiyalar, parallel amalga 
oshiraligan: boshqacha aytganda, biznes - jarayonlar va AT- tranzaksiya 
biznesni rivojlantirish va infratuzilmani takomillashtirish uchun ularga 
sarflangan mablag‘larni maksimal qaytarish uchun maksimal ravishda 
sinxronlangan bo‘lishi kerak. 
Biroq amaliyotda biznes jarayonlar, odatda, tuzilish konsepsiyasini 
qayta qurish sust amalga oshiriladigan axborot tizimiga qaraganda, tez 
o‘zgaruvchan bo‘ladi. Axborot tizimlarining muhim masalalarga 
moslashish darajasi bugungi kunda biznesning real ehtiyoji bilan emas, 
balki texnologiya rivojlanishining erishgan darajasi bilan belgilanadi. 
Buning natijasi bo‘lib nooptimal investitsiyalar, axborot tizimlarining 
samarasiz foydalaniladigan resurslari, yangi talablarga muvofiq tizimni 
masshtablash va qayta sozlash murakkabligi va boshqalar hisoblanadi. 

Download 3 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103




Download 3 Mb.
Pdf ko'rish