218
yilning yozida Network World jurnali tomonidan o‘tkazilgan so‘rov
natijasi bo‘yicha 40 foiz qatnashchilar tarmoqning
unumdorligi bilan
bog‘liq muammo sababli yangi ilovalarni tadbiq etishni keyinga
qoldirilishi, tahminan 65 foizi mavjud bo‘lgan
tarmoqli va hisoblash
resurslaridan qoniqmaganligi to‘g‘risida xabar berdi.
Oxirgi 2 - 3 yilda ko‘pgina kompaniyalarda (xorijiy, Rossiya, shu
jumladan MHD mamlakatlari) korporativ uskuna va dasturiy ta’minotning
miqdori muhim massaga etdi va murakkab boshqariladigan ob’ektga
o‘zgardi. Shu bilan birga, kompaniyalarning biznesi to‘xtamasligi
kerak
bo‘lgan muhim ilovalardan foydalanish bilan bog‘liqdir. Tashqi muhit
biznes uchun negativ oqibatlarga olib kelish
imkoniyati bilan tahdidni
keltirib chiqaruvchi agressiya bo‘ldi.
Bunday sharoitlarda muhim aktuallikka infratuzilmani adaptiv
boshqarish konsepsiyasi ega bo‘ladi. Forrester
Research bashorotiga
asosan yaqin vaqtlarda IT rivojlanishining shu yo‘nalishi umumiy
konsepsiyani rivojlantiruvchi kompaniyalar uchun bo‘lgani kabi, ularning
elementlarini rivojlantiradigan kompaniyalar
uchun ham belgilovchi
bo‘ladi, adaptiv boshqarish texnologiyasiga 2006 yildan keyin o‘tiladi.
Axborot tizimning adatipligi, xususan
uning infratuzilma qismiga
qo‘yiladigan asosiy talablarni bir nechta tamoyillar ko‘rinishida
shakllantirish mumkin.
Maksimal samarali foydalanish tamoyili
sifatli
va miqdoriy
masshtablash imkoniyati (faqat oshish tomoniga emas,
balki kamayish
tomoniga), barcha resurslar va servislardan to‘liq foydalanish, ishonchlilik,
qulaylik, xavfsizlik nazarda tutiladi.