|
M: Jismoniy tarbiya va sport marketingi strategiyasi va ma`naviy masuliyat
|
bet | 29/79 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #150322 |
Bog'liq Мажмуа Спорт менежменти ва маркетинги 2022 2023 M: Jismoniy tarbiya va sport marketingi strategiyasi va ma`naviy masuliyat
Sport marketingida chakana savdo. CHakana savdo istemolchining o’rganishda mustahkamlikni tekshirishning so’ngi tekshiruvi.
CHakana savdoda xizmat bo’yicha o’sish. Holat tasiri. Holat omillari. Kommunikatsiya holatlari.
Xarid holatlari. Foydalanish holatlari. Holatning behosdan tasir etishi.
Ko‘pgina firmalar o‘z faoliyatlarini o‘ylamasdan, rasmiy rejalarsiz olib boradi. Firma boshqaruvchilari shunchalik band bo‘lishadiki, ularning reja bilan shug‘ullanishga vaqtlari ham bo‘lmaydi, hattoki bu haqda o‘ylab ham ko‘rmaydi.
YOzma ravishda rejani tayyorlash uchun ular vaqt ajratishni xohlashmaydi. Ularning o‘ylashlaricha bozordagi vaziyat juda ham tez o‘zgaradi va shuning uchun ko‘pgina firmalar rasmiy rejalarni qabul qilishmaydi va rasmiy rejalarsiz faoliyat olib boradi. Ammo tuzilgan rasmiy rejalarning ko‘pgina foydali tomonlari bordir. Melvil Brang bu rejalarni quyidagicha ifoda etadi:
1. Rejalashtirish firmada boshqaruvchilarni har doim kelajak haqida o‘ylashga majbur etadi.
2. Rejalashtirish-firmaning faoliyat yo‘nalishiga aniqlik kiritadi.
3. Rejalashtirish-nazorat uchun ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.
4. Kelajak asosida firma aniq maqsadini va siyosatini aniqlaydi va o‘zining dasturini tuzadi.
5. Firmani kelajakda favqulotdagi vaziyatlarga tayyorlaydi.
6. Firma xodimlarini ziyraklikka chaqiradi va o‘z majburiyatlarini his etishga majbur etadi.
SHunday ekan, strategik rejalashtirishni quyidagi shakllarda ifodalash mumkin:
Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy bayonoti bo‘lib, maqsadlar asosida yordamchi va asosiy vazifalarni mo‘ljallashga, xo‘jalik portfelini rivojlantirish rejasi va o‘sish strategiyasini ishlab chiqaradi, uni hayotda va amalda qo‘llaydi.
Strategik rejalashtirish-bu firmaning imkoniyati va sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv jarayonidir.
1-jadval
|
| |