|
Asosiy imkoniyatlarning o‘sish yo‘nalishi
|
bet | 31/79 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #150322 |
Bog'liq Мажмуа Спорт менежменти ва маркетинги 2022 2023 Asosiy imkoniyatlarning o‘sish yo‘nalishi
Intensiv o‘sish
|
Integratsion o‘sish
|
Diversifikatsion o‘sish
|
Bozorda mustahkam o‘rnashish
|
Regresiv integratsiya
|
Jarima diversifikatsiyasi
|
Bozorning chegaralarini kengaytirish
|
Progressiv integratsiya
|
Gorizontal diversifikatsiya
|
Tovarni mukammallashtirish
|
Gorizontal integratsiya
|
Kengaytirilgan diversifikatsiya
|
I. Intensiv o‘sish. Bu holat firmaning xaridori butun imkoniyatlarini ishlatmaganda vujudga keladi. Bu imkoniyatlarning intensiv o‘sish uchun N.Ansofor quyidagi metodikani taklif etgan. Bu jarayon 3 xil yo‘nalishda bo‘ladi.
Bozorga chuqur mustahkamlanib olish. Bu bozorda firmaning o‘z mahsulot sotuvini hajmini oshirish va agressiv marketing yo‘llarini qo‘llash bilan olib boriladigan jarayonni quyidagi holatlarda ishlatish mumkin:
a) Jurnal obunachilarining sonini oshirish, ya’ni sovg‘a tariqasida bir obunachining o‘rtog‘ini bepul obuna qilish;
b) Raqobatchi matbuot nashrlarning obunachilarini o‘ziga jalb etish, buning uchun obuna narxining arzonligi va jurnalning sifatliligini taklif qilish;
v) YAngi potensial obunachilarning jurnalni sog‘liqqa foydalanish jihatidan taklif etish va shu tariqa jurnal obunachilarining sonini ko‘paytirish;
g) Bozor chegarasini kengaytirish.
Bu jarayonda firmaning yangi bozorni egallash yo‘li bilan ifoda etadi. SHuning uchun «Moderen pablishing» kompaniyasi quyidagi yo‘nalishda o‘z faoliyatini kengaytirishi va amalga oshirish mumkin:
a) Firma o‘zining jurnalini yangi ochilgan bozorlarga olib borishi va sotishi mumkin;
b) Jurnalning sotuvini yangi segmentlarda, masalan sog‘liq korporatsiyalarida, kasalxonalarda, sog‘liq klublarida tarqatiladi.
III. Tovarni mukamallashtirish.
Mavjud bo‘lgan bozorda firma o‘z tovarini mukammallashtirish jarayoni:
a) Eski jurnallarga ko‘ra yangi texnologiyalar bilan ishlab chiqarilgan chiroyli, rang-barang jurnallarni chop etish va ularni sotish.
b) Regionlarda, viloyatlarda va shahar tumanlarida jurnalning turli xil bo‘limlarini ochish.
v) Jurnalni boshqa xil variantlardan, masalan: kassetali variantini ham ishlab chiqarish va o‘qishni xohlamagan, balki eshitishni xohlagan obunachilarga firma bu variantli ishlab chiqarishni taklif qilish.
Marketing rejalashtirish bo‘limlari - oddiy marketing rejalashtirish quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lib, bunda oddiy mahsulotlarni ishlab chiqarish rejasi ham e’tiborga loyiq, ular quyidagi bo‘laklarga egadir:
a) nazorat ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumot;
b) marketing vaziyati haqidagi ma’lumot;
v) imkoniyati va xavfsizligi haqidagi ro‘yxat;
g) vazifalar va muammolar ro‘yxati;
d) marketing strategiyasi;
e) harakat dasturi;
yo) byudjet;
j) nazorat tartibi.
Marketingni rejalashtirish tartibi.
I. Nazorat ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumot. Rejalashti-rishning maqsad va vazifalar haqida qisqacha ma’lumot bo‘lishi kerak, ya’ni bu ma’lumot, reja asosi bo‘lib xizmat qiladi.
II. Marketing vaziyati haqidagi ma’lumot. Marketing vaziyati haqidagi ma’lumotlarda firmaning bozordagi vaziyati va o‘rnini belgilaydi. Reja tuzuvchining nuqtai nazaridan bozorning hajmi asosiy segmentlari iste’molchining ehtiyojlari va asosiy mahsulotlari haqidagi nazariyalarni raqobatchilarga tarqatish kanallari o‘rnatiladi.
|
| |