|
Sport menejmenti va marketingi
|
bet | 2/79 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #150322 |
Bog'liq Мажмуа Спорт менежменти ва маркетинги 2022 2023 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
SPORT MENEJMENTI VA MARKETINGI
MA’RUZA MATNLARI
Bilim sohasi:
|
100000 – Gumanitar
|
Ta`lim sohasi:
|
110000 – Pedagogika
|
Magistratura mutaxassisligi:
|
5A112001 –Jismoniy tarbiya va sport o’yinlari nazariyasi va uslubiyoti
|
Namangan – 2022
M: Sport menejmenti va marketingi predmetining maqsad va vazifalari
Jismoniy tarbiya va sport tizimining o’ziga xos xususiyatlari.
Jismoniy tarbiya va sport tizimida sport menejmenti va marketing fanining mohiyati va tamoyillari.
Jismoniy tarbiya va sport tizimida sport menejmenti va marketingining asosiy va aniq funktsiyalari.
Jismoniy tarbiya va sport tizimida sport menejmenti va marketingining funktsional tarmoqlari.
Menejerlikning soha faoliyati bo’yicha alohida ko’rsatkichlariga mos rahbarlik uslublari.
Sport menejmenti faoliyatida asosan quyidagi tamoillar va vazifalar(funksiyalar) amalga oshiriladi:
1.Amaliy natijalarning so‘ngi yutug‘iga qaratilishi;
2.Uzoq muddat davomida natijalarga erishishga qaratish;
3.Bozor muvozanatlari talablariga strategik vataktik jixatdan moslashishda o‘zaro hamkorlik va aloqadorlikni oshirish.
Menejmenti an’anaviy funksiyalari (vazifalari):
Atrof-muhit va bozor tadqiqotining taxlili.
Talabgorlarni taxlil qilish
Maxsulotlarni rejalashtirish
Bor maxsulotlarni taxlillash
Xarakatlarni yuritishni rejalash
Narx-navoni rejalashtirrish
Ijtimoiy ma’suliyat, uni boshqarishni ta’minlash v.x.k.
Qayd etilgan maqsadlar va vazifalarni O‘zbekistonda amalga oshiralayotgan bozor iqtisodiyoti munosobatlari, tijorat va tadbirkorlik soxasidagi faoliyatiga qiyoslash, ularni muxit sharoitiga qarab taxlil qilish xamda qo‘llash yo‘llarini o‘rganish zarur bo‘ladi. SHular asosida futbol, kurash, tennis, sharqona yakka kurashlar xamda boshqa sport turlari bo‘yicha sport slublari, komandalarda menejment faoliyatlarini shaklantirish zarur bo‘ladi bunda albatta, teleradio, matbuot va sport inshootlarida reklama usullaridan keng foydalanishga to‘g‘ri keladi.
CHet mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan sport menejmentida sport mollari tovarlar, xizmat qilish, tashkilotlar, shaxslar, xududlar va g‘oyalar kabi turlarga bo‘linadi. Ma’lumki ularning negizida ishlab chiqarilgan sport jixozlari, buyumlari asbob uskunalar xamda ularni bozor talablari asosida o‘tkazish tushunchalari yotadi. SHuningdek, ishlab chiqarish, o‘tkazish va ular bilan bog‘lik bo‘lgan xizmatlar xam e’tiborda bo‘ladi. Sport menejmenti faoliyatini yuritishda aloqador xaridor tashkilotlar, jamiyatlar, shaxslar bilan ishlash, ayniqsa, sport mollariga extiyoj sezgan xududlar bilan ishlash avvaldan ko‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ko‘l keladi. SHuni xam e’tirof etish kerakki, sport moolllarni ishlab chiqarish industriyasi eng muxim axamiyat kasb etadi ma’lumotlarga karaganda 1988 yilda YAponiyada ishlab chiqarilgan tovarlar bozorda 1596 mlrd. Ien bilan baholangan. Ularning taxmin qilishicha 2000 yilda bu raqam 3970 mlrd. ienni tashkil qilishi lozim edi.
Sportchilarni oziq-ovkat bilan boshqa masalalri sport menejmentini muxim tarmog‘i sifatida mavjud. Turli xil yirik sport musobaqalarini tashkil qilishda avvalo qatnashchilar uchun oziq ovqat turli tuman ichimliklar sonini ko‘paytimrish menejment faoliyatining asosiy vazifasi xisoblanadi shu o‘rinda Germaniya misolida ba’zi bir dalillarni keltirish maqsadga muvoqdir. Aniq bozorning sportchilar ozuqasida 4,6 million sportchi ishtirok etadi. Ularning taxminicha, bozor narxi 1990-1995 yilda 20%, sportchilar ichimligininng xajmi 40%, ya’ni ular 1995 yilda 120 million markani tashkil etgan ekan.
Sportda tijorat va tijorat bo‘lmagan menejment mavjud. Buni kuyidagi javdalda ko‘rish mumkin.
|
| |