|
Tovarlar va nufuz reklamasi
|
bet | 26/79 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #150322 |
Bog'liq Мажмуа Спорт менежменти ва маркетинги 2022 2023 Tovarlar va nufuz reklamasi. Tovarlarga yo‘naltirilgan reklamaning asosiy maqsadi xaridorlarga ayrim tovarlarga nisbatan talabni shakllantirish va uni sotib olishga ishontirish va rag‘batlantirishdir. Bunday reklama ma’lum tovarni har tomonlama xaridorlarga tanishtiradi va targ‘ib qiladi. Tovarning barcha xossalari, hususiyatlari, ko‘rinishi, sifat ko‘rsatkichlari haqidagi iste’molchilarga chuqur, har tomonlama va to‘liq ma’lumot beradi. Bu bilan u xaridorda tovarga nisbatan qiziqish o‘yg‘otadi. Asosan, Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan «Neksiya» engil avtomobilini qanchalik tejamkorligi, uning tezligi, qulayligi va boshqa shu toifadagi engil avtomashinalardan ustun tomonlariga televidenie, radio, matbuotda urg‘u berilishi, bu mashinaga havas va qiziqish uyg‘otdi. Bu xabarni bir necha bor qaytarilishi, uning atrofida shov-shuv tug‘dirish, «Neksiya»ga bo‘lgan qiziqishni talabga aylantira boshladi.
Oqibatda iste’molchi mashinani ishlab chiqaruvchi Asaka «Neksiya» avtozavodiga va uning joylardagi vositachi va maxsus do‘konlariga har xil savollar bilan murojaat qila boshladi va nihoyat, xaridor bo‘lish ehtimolligidan real xaridorga aylandilar.
Nufuzli reklama firmaning raqobatchilarga nisbatan ustunliklarini barchaga targ‘ib qilib, ko‘rsatuvchi reklama bo‘lib, uning asosiy maqsadi ham barcha xaridor bo‘lishi mumkin bo‘lgan xaridorlar va keng jamoatchilik orasida firmaning yaxshi nomini-imidjini yaratish va firmaga nisbatan xaridorlarni ishontirishdir. Tabiiyki, bunda firmaning tovari doimo a’lo, kafolatli sifatga ega degan fikrni xaridor ongiga singdirishga harakat qilinadi. Masalan, «Neksiya» mashinasini reklama qilish bir vaqtning o‘zida, uni ishlab chiqaruvchi zavodni Janubiy Koreyadagi «ona» zavodni texnika va texnologiyasi, ishchi va xodimlari, mutaxassislari, ularni turmush tarzi, yashashi, bilimdon mutaxassislar ishlayotgan, yaxshi asbob-uskunalar bilan qurollangan, avtomat-lashgan texnologiyaga ega bo‘lgan zavod sifatsiz mashina chiqarishi mumkin emasli-gi haqidagi fikrni uyg‘otadi va mustahkamlaydi.
Nufuzli reklama firmani iste’molchining g‘amxo‘ri, tashqi muhitni e’zozlab saqlovchi, jonkuyar, barcha xatti-harakati faqat yaxshilikka yo‘naltirilgan farishta qilib ko‘rsatishga intiladi. Bu bilan firma tovarlariga yangidan-yangi xaridorlarni jalb qilishga va kelajakda ham uning tovarlari uchun bo‘lajak xaridor yaratishga intiladi. Bunday reklama har xil yo‘llar va usullar bilan amalga oshiriladi. Masalan, «Neksiya» ishlab chiqaruvchi zavod respublika miqyosida xayriyalar o‘tkazdi, 1100 ta engil avtomashinani xalqimizga sovg‘a qildi. O‘z ishchilarini turmush darajasini oshirish maqsadida uy-joy bilan ta’minladi, ko‘pgina xodimlariga bepul mashina i’nom qildi va hokazolar. Bunday sa’yi-harakatlar zavodning obro‘sini o‘z ishchi xodimlari, aholi o‘rtasida ortishiga olib keldi.
|
| |