|
Ma`lumotlar bazasida 1:M munosabat
|
bet | 10/18 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 50,82 Kb. | | #138706 |
Bog'liq Sql tilining create operatori va u yordamida soârovlar yaratish -fayllar.orgMa`lumotlar bazasida 1:M munosabat
Javobi:Birga – ko‘p (1:n) munosabat. A va B ob’ektlar to‘plamida A ob’ektning har bir nusxasiga B ob’ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga B ob’ektning har bir nusxasiga A ob’ektning bittadan ko‘p bo‘lmagan nusxasi mos kelsa shunday munosabat hosil bo‘ladi.
Ma`lumotlar bazasi va banki haqida tushuncha bering
Javobi: Ma’lumotlar bazasi – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan ma’lumotlarning nomlangan to‘plami bo‘lib, kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir tuzilmaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’yektning xususiyatini, holatini yoki ob’yektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashgan ma’lumotlarni
saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi.
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi bilan ma’lumotlar banki tushunchasi ham mavjud. Ma’lumotlar banki (MBn) tushunchasi ikki xil talqin etiladi.
1. Hozirgi kunda ma’lumotlar markazlashmagan holda (ishchi o‘rinlarda) ShK yordamida qayta ishlanadi. Ilgari ular alohida xonalarda joylashgan hisoblash markazlarida markazlashgan holda qayta ishlangan. Hisoblash markazlariga axborotlar tashqi qurilmalar orqali kеlib to‘plangan. Ma’lumotlar bazasi
markazlashgani hisobiga ularni ma’lumotlar banki dеb atashgan. Bunda ma’lumotlarga murojat etish ishchi stansiyalardan markazlashgan holda tashkil etilgan va shuning uchun ma’lumotlar banki bilan ma’lumotlar bazasi tushunchalari o‘rtasida farq qilingan.
Hozirgi kunda ko‘p hollarda ma’lumotlar bazasi markazlashmagan holda tashkil qilinmoqda. Shuning uchun ma’lumotlar banki va ma’lumotlar bazasi sinonim so‘zlar sifatida ham ishlatiladi.
2. Boshqacha talqinda, ma’lumotlar banki dеyilganda ma’lumotlar bazasi uni boshqarish tizimi(MBBT) tushuniladi. Ma’lumot bazasi bilan ishlaydigan dasturni ilova dеb ataladi. Bitta ma’lumot bazasi bilan juda ko‘p ishlashi mumkin.
MB ni ishlatish afzalliklari:
ixchamligi;
axborotlarni qayta ishlash tеzligini oshishi;
kam mеhnat sarfi;
har doim yangi axborot olish imkoniyati;
ma’lumotlarni ortiqchaligini kamayishi.
|
| |