|
Ma`lumotlar bazasida M:M munosabat
|
bet | 7/18 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 50,82 Kb. | | #138706 |
Bog'liq Sql tilining create operatori va u yordamida soârovlar yaratish -fayllar.orgMa`lumotlar bazasida M:M munosabat.
Javobi:Ko’pga – ko’p (m:n) munosabat. A va B ob’ektlar orasida shunday munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga B ob’ektni bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha.
SQL so’rovlar tili - vazifasi, operatorlarni yozilishi.
Javob:SQL (Structured Query Language) tili strukturalashgan so‘rov tili deyilib, u ma’lumotlar bazasi bilan aloqa o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Birinchi bo’lib SQL dan foydalanish Oracle MBBTda ishlatildi.
SQL quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi:
adminstrativ ma’lumotlar vositasi;
tranzaksiyalar bilan boshqarish vositasi;
DDL (Data Definition Language) ma’lumotlarni aniqlash operatorlari;
DML (Data Manipulation Language) ma’lumotlar ustida manipulyatsiya qilish (murakkab harakatlar bajarish) operatorlari;
DQL (Data Query Language) ma’lumotlar bazasiga so‘rovlar tili.
Adminstrativ ma’lumotlar — ma’lumotlar bazasini yaratish, unga kirishga ruxsat berish va parollarni o‘zgartirishda kerak bo‘ladi.
Tranzaksiya — bu ma’lumotlar bilan manipulyatsiya qilib ketma-ket operatsiyalar yordamida MBBTga ta’sir etishdir. Tranzaksiya to‘liq bajariladi va ma’lumotlar bazasini bir butun holatdan ikkinchi bir butun holatga o‘tkazadi, biror xatolik yuz bersa, ma’lumotlar bazasi boshlang‘ich holatiga qaytadi.
Ma’lumotlarni aniqlash operatorlari — ma’lumotlar bazasi jadvalini tuzish, o‘zgartirish yoki o‘chirish, indeks tashkil qilish (ma’lumotlarni tez izlab topish vositasi), har xil foydalanuvchilar bilan ishni tashkil qilish va boshqalarni amalga oshiradi.
Ma’lumotlar ustida manipulyatsiya qilish operatorlari — ma’lumotlar bazasiga yozuvni
qo‘shish, o‘chirish yoki yangilash imkonini beradi.
SQL tili operatorlarni erkin formatda yozishini ta’minlaydi. Buning ma’nosi, operatorlar elementlarini yozilishi ekrandan fiksirlangan joylarga bog‘liq emas.
Komanda strukturasi bir qancha kalit xizmatchi so‘zlar bilan beriladi, masalan:
|
| |