|
Ma’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari
|
bet | 15/18 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 50,82 Kb. | | #138706 |
Bog'liq Sql tilining create operatori va u yordamida soârovlar yaratish -fayllar.orgMa’lumotlar bazasining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari
Javob: Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi, axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tuzilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
Tuzilmalashtirish – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi. Tuzilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin.
Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushuniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
Ma’lumot – bu uni ma’nosiga e’tibor bеrmay qaraladigan ixtiyoriy simvollar to‘plamidir. O‘zaro bog‘langan ma’lumotlar ma’lumotlar tizimi dеyiladi.
Ma‘lumotlar bazasi – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan (strukturalashtirilgan) ma’lumotlarning nomlangan to‘plamidir. Ma’lumotlar bazasi - axborot tizimlarining eng asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini yengillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir.
|
| |