Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlariga ta’rif bering .
Javobi: Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) — bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmui bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratishi va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. MBBT o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo’lib, bu tillarga buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
MBBT asosiy xususiyatlari — bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar bazasi” deb yuritila boshlandi.
Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega:
fayllar to‘plami mantiqiy kelishuvini quvvatlaydi;
ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi;
har xil to‘xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi;
bir necha foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlaydi.
Relyatsion ma’lumotlar bazasiga ta’rif bering.
SQL tilining SELECT operatori va u yordamida murakkab so‘rovlar yaratish
javob:3 -savolda
Ma’lumotlar bazasini loyihalashda mohiyat-aloqa modeli.
Relyatsion ma’lumotlar bazasi.
Javobi: Ma’lumotlarni relyatsion modeli asosida munosabat tushunchasi yotadi. Munosabatni ikki o‘lchamli jadvallar yordamida tavsiflash qulay. Jadval tushunarli, ko’rimli va inson uchun oddiy.Jadvallarni quyidagi xususiyatlari bo’ladi.
jadvalni har bir ma’lumot elementi maydon hisoblanadi va takrorlanuvchi guruhlar bo`lmaydi;
barcha ustunlar bir jinslidir;
har bir ustunga nom tayinlangan;
jadvalda bir xil satr ikki marta uchramaydi;
bunday jadvalda satr va ustunlar ixtiyoriy tartibda qaraladi va ixtiyoriy ketma-ketlikda ishlatilishi mumkin.
Bunday xususiyatlarga jadvalli munosabat deyiladi. Bu munosabat asosida qurilgan MB relyatsion MB deyiladi.
|