|
Sql tilining create operatori va u yordamida so’rovlar yaratish javobi
|
bet | 4/18 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 50,82 Kb. | | #138706 |
Bog'liq Sql tilining create operatori va u yordamida soârovlar yaratish -fayllar.orgMa’lumotlar bazasi modellari.
Javobi: Ma’lumotlar modeli - bu ma’lumotlar bazasini ma’lumot elementlari to‘plami orasidagi bog‘lanish tuzulmalarini tasvirlovchi umumiy sxemadir.
Hozirgi kunda klassik hisoblashlarda 3 ta ma’lumotlar modeli ko‘p ishlatiladi:
Ierarxik ma’lumotlar modeli;
Tarmoqli ma’lumotlar modeli;
Relyatsion ma’lumotlar modeli.
Ierarxik ma’lumotlar modelida yozuvlar daraxtsimon tuzilmali ko‘rinishda bo‘ladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan ba’zi birlari faqat ierarxik tuzilishga ega bo‘lganlari bilan ishlatiladi. Ierarxik tuzilmali ma’lumotlar sodda yaratiladi. Bu ko‘pincha taqdimotlarda qulay, lekin ma’lumotlarni ko‘plari daraxtsimon tuzilmali bog‘lanish tabiatiga ega emas.
1-rasm. Ma’lumotlarni ierarxik ko‘rinishi
Tarmoqli ma’lumotlar modeli. Agar munosabatdagi joriy element bir necha berilgan elementga ega bo‘lsa, bunday bog‘lanishlarni ierarxik strukturalar bilantavsiflab bo‘lmaydi. Bunday tuzilmalar tarmoqli graflar bilan tavsiflanadi. Tarmoqli strukturalarida
element ixtiyoriy boshqa element bilan bog‘lanishi mumkin. Ya’ni, tarmoqli bir necha kichkina ob’yektlardan tashkil topgan yirik ob’yekt deb qarash mumkin. 2-rasmda bog‘lanishlarni tarmoqli modelda tasvirlanishi keltirilgan. Shunday qilib, tarmoqli model ma’lumotlar elementlari orasidagi xilma-xil bog‘lanishlarni ixtiyoriy ko‘rinishdagi grafik yordamida akslantiradi. Tarmoqli model yozuvlar to‘plami va mos bog‘lanishlar to‘plamidan tashkil topadi. Bog‘lanishlarni yaratish uchun alohida cheklanishlar qo‘yilmaydi. Misol tariqasida oddiy tarmoqli ma’lumotlar bazasi sxemasi sifatida quyidagini keltirish mumkin
2-rasm. Ma’lumotlarni tarmoqli ko‘rinishi
Tarmoqli ma’lumotlar bazasi turida ma’lumotlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin.
1. ma’lumotlar bazasi yozuvlarini qidirish;
2. yangi yozuvni yaratish;
3. joriy yozuvni olib tashlash;
4. joriy yozuvni tiklash;
5. yozuvni bog‘lanishga qo‘shish;
6. yozuvni bog‘lanishdan olib tashlash;
7. bog‘lanishlarni o‘zgartirish.
|
| |