Stabilitron xarakteristikalari va parametrlarini tadbiq etish




Download 21.82 Kb.
Sana06.06.2023
Hajmi21.82 Kb.
#70092
Bog'liq
Ibragimova. Glossary


Stabilitron xarakteristikalari va parametrlarini tadbiq etish
GLOSSARY
Ibragimova Gavharoy Shuxratovna



Stabilitron

 Yarim o‘tkazgichli diod bo‘lib, uning ishlash prinsipi r-n o‘tishga teskari kuchlanish berilganda elektr teshilish sohasida tokning keskin ortishi kuchlanishning uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishiga olib kelishiga asoslangan.

Diod

Elektr tokini bir tomonlama o'tkazish xususiyati­ga ega bo'lgan elektron asbobdir. Diodlar ikki xil: vakuumli (shisha ballonga joylashtirilgan ikki elektrodli elektron lampa) va yarim o'tkazgichli (asosi — germaniy va kremniy kristallari) bo'ladi.

Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (PCh diodlar)

Sanoat chastotasidagi (50 Gs) o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmasga o‘girishda qo‘llaniladi. PCh diodlariga qo‘yiladigan asosiy talab – bu katta qiymatga ega bo‘lgan to‘g‘rilangan toklar olish. To‘g‘rilovchi diodlar odatda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha va 10 A dan yuqori bo‘lgan to‘g‘rilangan toklarga mo‘ljallangan kichik, o‘rta va katta quvvatli diodlarga bo‘linadi. PCh diodlari katta r-n o‘tish bilan xarakterlanadilar.

Yuqori chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (YuCh diodlar)



O‘n va yuz megagers chastotagacha bo‘lgan signallarni nochiziqli elektr o‘zgartirishga mo‘ljallangan. YuCh diodlari yuqori chastota signallari detektorlari, aralashtirgichlar, chastota o‘zgartirgich sxemalar va boshqalarda qo‘llaniladi. Yuqori chastota diodlari kichik inersiyaga ega, chunki kichik yuzaga ega bo‘lgan nuqtaviy r-n o‘tishga ega va shu sababli ularning to‘siq sig‘imi pikofaradning bir qismini tashkil etadi.

Shottki to‘sig‘ili diodlar

Kuchlanish manbai qayta ulagichlarida keng tarqalgan, chunki ular qayta ulanish ishchi chastotasini 100 kGs va undan yuqoriga orttirishga, radioelektron apparatura og‘irligi, o‘lchamlarini kichraytirishga va kuchlanish manbai FIK oshirishga imkon yaratadilar. Shottki to‘sig‘i metallni yarim o‘tkazgich bilan kontakti natijasida hosil qilinadi.

Tunnel diodlar



Tunnel diodi deb qo‘zg‘otilgan yarim o‘tkazgich asosida loyihalangan yarim o‘tkazgichli asbobga aytiladi. Unda teskari va uncha katta bo‘lmagan to‘g‘ri kuchlanishda tunnel effekti yuzaga keladi.



Generator diodlar





Generator diodlaridan biri bo‘lib ko‘chkili–uchma diodlar (KUD) hisoblanadi. Uning VAXsida r-n o‘tishdagi ko‘chkisimon teshilishda yuqori chastotalarda manfiy qarshilikka ega bo‘lgan soha yuzaga keladi. Agar KUD rezonatorga joylashtirilsa, unda chastotasi 100 GGsgacha bo‘lgan so‘nmaydigan tebranishlar yuzaga keladi.
Tebranishlarning chiqish quvvati (f=1 GGs bo‘lganda) 10 Vtgacha yetishi mumkin. KUDning FIK 30-50 %ga yetadi.

Optoelektronika diodlari

Elektronikaning bir bo‘limi bo‘lib, axborotni qabul qilish, uzatish va qayta ishlash jarayonlari yorug‘lik signallarini elektr signallarga aylantirish va aksinchaga asoslangan qurilmlarni nazariyasi va amaliyotini o‘rganadi. Optoelektronika elementlari bo‘lib fotodiod va yorug‘lik diodi hisoblanadilar.

Fotodiod


Deb bitta r-n o‘tishga ega bo‘lgan foto-elektr asbobga aytiladi. Fotodiod tashqi kuchlanish manbaili (fotodiodli rejim), hamda tashqi kuchlanish manbaisiz sxemalarga ulanishi mumkin. Tashqi kuchlanish manbai shunday ulanadiki, r-n o‘tish teskari siljigan bo‘lsin. Yorug‘lik tushurilmaganda diod orqali juda kichik “qorong‘ulik” ekstraksiya toki I0 oqib o‘tadi va u berilayotgan kuchlanishga bog‘liq bo‘lmaydi.

Yorug‘lik diodi



Bu elektr energiyasini nokogerent yorug‘lik nuriga aylantiradigan, bitta p-n o‘tishga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichli asbob. Yorug‘lik nuri elektron – kovak juftlarining rekombinatsiyasi natijasida yuzaga keladi. Rekombinatsiya, p-n o‘tish to‘g‘ri ulanganda kuzatiladi. Rekombinatsiya doim ham nurlatuvchi bo‘lavermaydi va to‘g‘ri zonali yarim o‘tkazgichlarda, jumladan galliy arsenidida sodir bo‘ladi. Bunday yarim o‘tkazgichlar spesifik xona diagrammasiga ega bo‘ladilar.

Optronlar



Kirish elektr signali ta’sirida yorug‘lik diodi yorug‘lik nurlatadi, foto qabul qilgich (fotodiod, fotorezistor va x.z.) esa yorug‘lik ta’sirida tok generatsiyalaydi.



Download 21.82 Kb.




Download 21.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Stabilitron xarakteristikalari va parametrlarini tadbiq etish

Download 21.82 Kb.