jurnali muharriri Jeff Xau maqolalaridan birida internet foydalanuvchilari orasidagi
ko‘ngilli pul beruvchilarni nazarda tutib kraudfanding so‘zini qo‘llagandi.
Bu termin yaqinda paydo bo‘lganiga qaramasdan, aslida, bu usul qadimdan
qo‘llanib kelinadi. Masalan, Moskvada Minin va Pojarskiy haykalini o‘rnatish
g‘oyasini imperator Aleksandr I dastlab qo‘llab-quvvatlamagan.
U bu ish uchun
yetarlicha mablag‘ to‘planmaydi degan fikrda bo‘lgan. Ammo xalq tashabbusi bilan
butun mamlakatda haykalni o‘rnatish uchun pul yig‘ish boshlangan va pul
berganlarning ism-shariflari gazetalarda e’lon qilib borilgan. Shu tarzda yig‘ilgan
pul evaziga tayyorlangan haykal 1818 yilda ochilgan.
AQShga Fransiya tomonidan tuhfa etilgan va 1886
yilda ochilgan Ozodlik
haykali ham ommaviy pul yig‘ish yo‘li bilan tayyorlangan. Fransiyada turli tadbir
va lotereyalar o‘tkazilgan, Jozef Pulitser o‘zining World gazetasida xayriya qilish
chaqirig‘i bilan chiqqan, AQShda teatr tomoshalari, auksionlar, badiiy ko‘rgazmalar
tashkil qilingan.
O‘zbek xalqi ham kraudfanding so‘zi bilan tanishganiga ko‘p bo‘lmagan
bo‘lsa-da, xayr-ehson masalasida azal-azaldan hech bir xalqdan qolishmaydi.
Respublika hududida hashar va xayriya yo‘li bilan ko‘plab bino, inshoot, yo‘l va
kanallar, muhtojlar uchun uylar bunyod etilgan. Masjid va qabristonlarda o‘rnatilgan
xayr-ehson qutilarini, bemorlarning davolanishi uchun
turli saytlar va ijtimoiy
tarmoqlardagi guruhlar tomonidan mablag‘ yig‘ilishini ham kraudfandingning
milliy ko‘rinishi deb aytish mumkin.