|
Startaplarning moliyalashtirishning aqsh tajribasi reja: Startap to‘g‘risida umumiy tushuncha va startaplarni moliyalashtirish usullariBog'liq 18-mavzu. Startaplarni moliyalashtirish Reja“Nomoliyaviy bonus”. Loyihaga pul o‘tkazgan shaxs biror moddiy buyumga
ega bo‘ladi. Masalan, kitob chop etilishi uchun mablag‘ o‘tkazgan shaxsga o‘sha
kitob bepul taqdim etilishi mumkin.
Mablag‘ yig‘ish qanday amalga oshiriladi?
Har bir kraudfanding maydonchasi loyiha, uning muuallifi va homiylarga
nisbatan o‘z talablariga ega bo‘ladi. Lekin umuman olganda bu talablar bir-biridan
unchalik farq qilmaydi.
Platformalarning talabiga ko‘ra, uning ishtirokchilari voyaga yetgan, o‘z
loyihasini taqdim etishi, loyiha qonunchilikka zid bo‘lmasligi hamda yig‘ilgan pul
o‘sha loyihani amalga oshirishga sarflanishi lozim.
Muallif loyihani, uning o‘ziga xos xususiyatlari va qanday naf keltirishini
bayon etadi. Asosiysi, pul qanday maqsadda yig‘ilayotganligi aniq ko‘rsatilishi
kerak. Muallif shuningdek, maqsadga erishish uchun qancha mablag‘ kerakligini
ham ko‘rsatadi.
Jahondagi taniqli kraudfanding maydonchalari
Kickstarter – dunyodagi eng yirik va taniqli kraudfanding maydonchasi. U
“hammasi yoki hech narsa” tamoyili asosida ishlaydi. Agarda 60 kun ichida yetarli
mablag‘ to‘planmasa, loyiha muallifiga hech qanday pul berilmaydi.
Shu bilan birga, ko‘pchilik bu maydonchaga qo‘yilgan loyihalar uchun
yig‘ilgan mablag‘ning 5 foizini o‘ziga olgani uchun tanqid qiladi. Ular sayt bu bilan
ijtimoiy yordam o‘rniga daromadli biznes keltiruvchi tijoratga aylanib qolgan deb
hisoblashadi.
Indiegogo – bu yo‘nalishdagi ikkinchi o‘rinda turuvchi sayt. Bu platformaning
ajralib turadigan xususiyati shundaki, loyiha muallifining qaysi mamlakatdan
ekanligi borasidagi talab qattiq emas. Bundan tashqari, loyiha toifasi bo‘yicha
cheklov yo‘q. Istagan shaxs o‘z g‘oyasini (hattoki g‘ayritabiiy yoki aqlga
sig‘maydigan bo‘lsa ham) joylashtirishi va mablag‘ to‘plashi mumkin.
Yevropadagi kraudfanding maydonchalari
Shveysariya. 2015 yil oxirida 30ta kraudfanding platformasi bo‘lgan bo‘lsa,
2017 yil aprelida ularning soni 50tani tashkil etgan.
Yetti yil ichida kraudfanding orqali 193,8 mln shveysariya franki yig‘ilgan.
2016 yilda kraudfanding loyihalarini 100 mingdan ortiq kishi qo‘llab-quvvatlagan.
Avstriya. 2015 yilda 6ta kraudfanding platformasi 8,1 mln yevro to‘plagan.
2017 yilda bu yerda 20ta platforma faoliyat ko‘rsatgan. Ayrim banklar o‘z
kraudfanding platformasiga ega.
Buyuk Britaniya. 2017 yil oxirida Buyuk Britaniyadagi platformalar soni
65tani tashkil qilgan. Maydonchalarning 60 foizi biznes-moliyalashtirish
yo‘nalishida. Ikkichi o‘rinda ijtimoiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan
plaftormalar turadi 37 foiz.
2014 yilda turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 10 mlrddan 16 mlrd dollargacha
mablag‘ to‘plangan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Startaplarning moliyalashtirishning aqsh tajribasi reja: Startap to‘g‘risida umumiy tushuncha va startaplarni moliyalashtirish usullari
|